O‘zbekistonning Boltiq bo‘yi
mamlakatlari bilan aloqalari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.
---------------------------------- 1 Karimovning 1995 yil 6-8 iyun kunlari Davlat
tashrifi bilan Latviya Respublikasida bo’lishi muhim
ahamiyatga ega bo’ldi. Mazkur tashrif chog’ida I.Karimov Latviya Respublikasi
Prezidenta Guntis Ulmanis bilan O‘zbekiston Respublikasi bilan Latviya Respublikasi
o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. O’zbekiston
va Latviya hukumati o’rtasida transport, havo aloqasi, sayyohlik hamda ilmiy-texnik
sohalar bo’yicha hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi.
Latviya Prezidenti Guntis Ulmanisning 1996 yil 23 mayda O’zbekistonga qilgan
davlat safari ikki mamlakat o’rtasida aloqalarni yanada chuqurlashtirdi. Ikki Prezident
O’zbekiston bilan Latviya o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va
kengaytirish to’g’risida deklaratsiya imzoladilar. Hukumatlararo fuqarolik, mehnat,
huquq-tartibot, halqaro avtomobil qatnovi, temir yo’l transporti, madaniyat, bojxona
ishida o’zaro hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi.
O’zbekiston Latviyadan elektr mashinalari, uskunalar va ularning ehtiyot qismlari,
shakar va qandolatchilik mahsulotlari, efir moyi, qora metall sotib oladi. Latviyaga esa
rangli metallar, ipak, paxta va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi. Toshkentda "Dzintars"
Latviya aktsionerlik jamiyatining O’zbekiston-Latviya qo’shma korxonasi qurilib,
"Volida", "Saodat", "Istiqbol" singari atirlar ishlab chiqarmoqda va "Dzintars" firma
do’koni orqali sotilmoqda. O’zbekiston va Latviya tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida
368
o’zaro maslahatlashuv to’g’risida Protokol imzolandi. Ikki davlat o’rtasidagi savdo-sotiq
o’sib bormoqda. 1994 yil o’zaro tovar ayirboshlash 121,8 million so’mni tashkil etdi.
I.Karimovning 1995 yil iyun oyida Litvaga tashrifi chog’ida Prezident
A.Brazauskas bilan O’zbekiston Respublikasi bilan Litva Respublikasi o’rtasidagi ikki
tomonlama hamkorlikni rivoj-lantirish va chuqurlashtirish to’g’risidagi qo’shma
Deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek O’zbekistan hukumati bilan Litva hukumati
o’rtasida ta’lim, fan va texnika, sayyohlik, madaniyat va san’at, savdo-iqtisodiy, havo
yo’li va havo transporti sohalarida hamda bojxona qonunini buzish hollariga qarshi
kurash borasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar imzolandi.
O’zbekiston Litvadan elektr uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, sut va sut
mahsulotlari, mebel sanoati mahsulotlarini sotib olib, Litvaga paxta, neft, rangli metallar
eksport qiladi. 1994 yilda o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 248,6 million so’mni tashkil
etgan bo’lsa, 2001 yilda bu ko’rsatkich uch barobarga ko’paydi. O’zbekiston Litvaning
transport-xo’jalik kommunikatsiyasi, dengiz yo’li, ayniqsa, Klayped bandargohi orqali
o’z mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarmoqda.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2002 yil 23-25 sentyabr kunlari Litva
Respublikasiga tashrif buyurishi ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga
ko’tardi. O‘zbekiston bilan Litva o‘rtasida Davlatlararo munosabatlarning asoslari,
Do'stlaringiz bilan baham: |