nazaridan va o’z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay jug’rofiy-strategik imkoniyatlarga
• Qadim zamonlarda Sharq bilan G’arbni bog’lab turgan Buyuk ipak yo’li
va Osiyoni bog’laydigai yo’llar Markaziy Osiyodan, uning o’rtasida joylashgan
• Markaziy Osiyoda jug’rofiy-siyosiy jihatdan markaziy o’rin tutgan O’zbekiston
ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta’minlash,
• Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqada etakchi
o’rida turadi.
• Tabiiy-iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral-xomashyo zahiralari va strategik
materiallarga ega, dexqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o’zini
ta’minlashga qodir.
• O’zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o’zini neft, gaz,
rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega.
• Yurtimizning jahonga mashhur boy ma’naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat
tsivilizaliyasida salmoqli o’rin egallab, dunyoning ma’naviy va siyosiy
jarayonlariga ta’sir o’tkazish salohiyatga ega.
Jug’rofiy-siyosiy jihatdan O’zbekistonda qiyinchiliklar tug’diruvchi omillar ham
mavjud. Jumladan:
• O’zbekiston o’zining jug’rofiy-siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimi
izchil yo’lga qo’yilmagan mintaqada joylashgan. O’zbekiston fors ko’rfazi, Kaspiy
dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan
yarim xalqaning strategik markazida joylashgan. Shu boisdan bu hududda butun
dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko’pgina yirik davlatlar va bizga qo’shni
davlatlarning geografik manfaatlari bir-biri bilan kelishmasligi kuzatilmoqda.
• Yana bir noqulaylik shundan iboratki, O’zbekistonni etnik, demografik, iqtisodiy va
boshqa muammolar yuki ostida qolgan mamlakatlar kurshab turibdi. Buning ustiga,
yurtimiz mintaqadagi diniy ekstrimizm, etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil
tashqi kuchlar tomonidan rag’batlantirib kelinayotgan, ichki mojaro avj olgan
Afgoniston kabi beqarorlik o’chog’i bilan chegaradosh.
• Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda kommunikatsiyalar
nomaqbul
ravishda
shakllantirilgan.
Janubiy
yo’nalishda
transport
komunikatsiyalari amalda rivoj topmagan. O’zbekiston bevosita dengizga chiqa
olmaydigan, buning ustiga dengiz bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan
mamlakat. Bu bir necha davlatlar hududidan o’tadigan olis yo’l bo’lib,
O’zbekistonning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishni qimmatlashtirib,
mahsulotlarning raqobatga bardosh berishiga salbiy ta’sir etadi.
• Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muammolar, Orol fojiasi ham
mamlakatimiz uchun noqulay omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: