£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Toshkent shahar Dumasi. Toshkent shahrini boshqarish Nizomi ishlab chiqildi 

va u 1877 yilda Sankt-Peterburgda tasdiqlangach kuchga kirdi. Nizomga ko’ra Toshkent 

shahar  Dumasi  va  boshqarma  saylash  nazarda  tutilgan.  Toshkent  shahar  Dumasi 

noiblarining uchdan ikki qismi yangi shahardan, uchdan bir qismi eski shahar aholisidan 

saylanadi, deb belgilangan edi. Ko’chmas mulki miqdoriga qarab, saylovchilar uch 

toifaga  ajratiladi.  Mulk  tsenzi  nuqtai  nazaridan  kelib  chiqqan  holda,  ko’chmas  mulk 

qiymatining  bir  foizi  hisobidan  3000,  1000,  500  so’mdan  ziyod  ko’chmas  mulk 

egalaridan uch toifali saylovchilar ro’yxati tuziladi. Etarli mulkka ega bo’lmagan ziyolilar, 

ishchilar, dehqonlar, hunarmandlar saylov huquqidan mahrum bo’lib qoldilar.

 

1877 yilda Toshkent shahar hokimi raisligida har bir toifa bo’yicha saylovchilar 



yig’ini bo’lib o’tdi  va Dumaga  71 noib (glasniy)  saylandi.  Dumaga  Toshkentning 80 

mingdan ortiq aholi yashaydigan eski shahar qismidan, ya’ni tub erli aholidan atigi 21 

nafar noib saylandi, aksariyat ko’pchilik noiblar esa 4000 mingga yaqin kishi yashaydigan 

yangi  shahar  qismidan  saylandi.  Bu  holat  boshqaruvning  mustamlakachilik  mohiyatini 

yaqqol ochib beruvchi dalildir.

 

Toshkent shahar Dumasi farmoyish beruvchi organ bo’lib, uni shahar hokimi – 



oqsoqol boshqarardi. Turkiston general-gubernatori tomonidan Duma oqsoqoli (golova) 

etib  shahar  hokimi  polkovnik  E.P.Pukalov  tayinlanadi.  Noiblar  orasidan  ijro  etuvchi 

hokimiyat – shahar boshqarmasi (mahkamasi) tuziladi.

 

Toshkent shahar Dumasi ma’muriy va o’quv binolari, yo’l qurilishi, obodonlashtirish, suv 



ta’minoti va boshqa shahar xo’jaligi bilan bog’liq ishlar bilan shug’ullanardi. Jumladan, 

1892 yilda shaharda telefon aloqasining yo’lga qo’yilishi, 1901 yilda ot tortuvchi tramvay 

yo’lining,  1912  yilda  elektr  toki  bilan  yuruvchi  tramvay  yo’lining  barpo  etilishi, 

ko’chalarni  yorituvchi  elektr  lampochkalarining  o’rnatilishi  kabilarni  Toshkent  shahar 

Dumasining ijobiy ishlari qatoriga kiritish mumkin.

 

O’lkada  tashkil  etilgan  politsiya  va  sud  idoralari  ham  mustamlakachilik 



tartibini  mustahkamlashga,  mahalliy  aholining  har  qanday  norozilik  harakatini 

bo’g’ish va bostirishga qaratilgan edi. Chorizmning ma’muriy idora usuli o’lkani 

iqtisodiy o’zlashtirish, aholini ma’naviy jihatdan tobelikda saqlash, ruslashtirish 

siyosati bilan uyg’unlashtirilgan edi.

 

182


 



Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish