£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Xiva xonligiga yurish. Fon Kaufman 1873 yil bahorida 12 mingdan ortiq zobit va 

askar, 56 ta to’p-zambaraklar bilan Xiva xonligiga yurish boshladi. Ayni paytda Xivaga 

qarshi Orenburg, Mang’ishloq, Krasnovodsk, shuningdek Kavkaz okrugi qo’shinlari ham 

yurishga  kirishgan  edi.  Umumiy  qo’mondonlik  Kaufman  zimmasiga  yuklatilgan  edi. 

Xiva  xoni  Muhammad  Rahimxon  bosqinchilarga  qarshi  o’z  qo’shinlarining  bir  qismini 

Muhammadmurod devonbegi boshchiligida Chorjo’y tomonga, yana bir qismini Eltuzar 

inoq  boshchiligida  Qo’ng’irot  tomonga,  yana  bir  qismini  amir  To’ra  boshchiligida 

Xazaraspga, Inoqbek boshchiligidagi qismni Xo’jayliga safarbar etdi. Xon chor Rossiyasi 

qo’shinlariga  bas  kelolmasligini  anglab  etgan  edi.  Amudaryo  bo’ylarida  qirg’inbarot 

janglar bo’ldi. 1873 yil 18 may kuni Kaufman otryadlari Amudaryodan o’tib Xazaraspni 

egalladi,  Qo’ng’irot  va  Xo’jayli  shaharlari,  Mang’it  qal’asi  zabt  etildi,  talandi.  Istilochi 

qo’shinlar Xivaga yaqinlashib qolganda Muhammad Rahimxon poytaxtni tashlab chiqadi 

va  Izmiqsho’r  tarafdagi  turkman  ovuliga  yashirinadi.  Xivalik  Otajon  to’ra  Kaufman 

huzuriga borib shaharni vayron etmaslikni so’raydi. Kaufman shaharni zabt etib, Otajon 

to’raga  xonni  topishni buyuradi  va  xon  xazinasini,  moddiy-ma’naviy  boyliklarni  qo’lga 

kiritadi.

 

1873  yil  12  avgustda  Xivaga  yaqin  Gandimiyon  qishlog’ida  Kaufman  bilan 



Rahimxon  uchrashuvi  bo’ladi  va  tarixda  Gandimiyon  shartnomasi  deb  nom  olgan 

shartnoma  imzolanadi.  Shartnomaga  muvofiq  Xiva  xonligi  Rossiyaning  vassaliga 

aylantirildi.  Amudaryo  quyi  oqimining  o’ng  tomonidagi  erlar  Rossiya  imperiyasi 

tarkibiga  kiritildi,  xonlikka  oltin  hisobida  2  million  200  ming  so’m  tovon  to’lash 

yuklatildi.  Rossiya  savdo-sanoatchilari  Xiva  xonligida  bojsiz  savdo  qilish,  xonlik 

hududida  er  olish,  sanoan  korxonalari  qurish  xuquqini  oldi.  Xon  o’zini  Rossiya 

podshohining itoatkor xizmatkori, deb tan olishga majbur bo’ldi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish