£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


>  Imomqulixon  - 1611-1642   >



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

>  Imomqulixon 

- 1611-1642

 

>  Nodir Muhammadxon  - 1642-1645 



Ashtarxoniylar 

(taxtdan haydaladi)

 

sulolasi 

Abdulazizxon 

- 1645-1681

 

(1601-1752) 

Subhonqulixon 

- 1681-1702

 

>  Ubaydullaxon 

- 1702-1711

 

(o’ldiriladi)



 

>  Abulfayzxon 

- 1711-1747

 

(o’ldiriladi)



 

>  Abdulmo’min

 

(soxta xon) 



- 1747-1751

 

(o’ldiriladi)



 

>  Ubaydulla sulton

 

(soxta xon) 



- 1751-1754

 

(o’ldiriladi)



 

Buxoro  amirligi  Buxoro  davlatining  zaiflashib  qolganligidan  foydalangan  Eron  shohi 

Nodirshoh  XVII  asrning  30-40-yillarida  Buxoro  xonligiga  yurish  qiladi.  Nodirshoh 

Buxoro  xonligida  katta  mavqega  ega  bo’lgan  mang’it  urug’idan  chiqqan  otaliq 

Muhammad Hakimbiy bilan shartnoma tuzadi va u Buxoro xonligining oliy hukmdori 

deb  tan  olinadi.  Abulfayzxon  amalda  hokimiyatdan  chetlatib  qo’yiladi,  Hakimbiy 

Buxoroning  to’la  vakolatli  hokimi  etib  tayinlanadi.  1743  yilda  Hakimbiy,  uning  o’g’li 

Muhammad  Rahim  Nodirshoh  xizmatiga  kiradi.  Nodirshoh  1747  yilda  vafot  etgach, 

Muhammad Rahim hokimiyatni o’z qo’liga olishga kirishadi.

 

Buxoro  xonligida  katta  nufuzga  ega  bo’lgan  mang’it  qabilasining  vakili 



Muhammad Rahim 1747 yilda Abulfayzxonni, so’ngra rasman xon deb (soxta xon) e’lon 

qilingan uning o’g’illari Abdulmo’min va Ubaydullo sultonlarni o’ldirib, hokimiyatni o’z 

qo’liga oladi. Muhammad Rahim 1756 yilda taxtga o’tirib, o’zini Buxoro amiri deb e’lon 

qiladi va hokimiyatni mustaqil idora qiladi, Mang‘itlar sulolasiga asos soladi. Shundan 

e’tiboran Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb atala boshlandi. Amirlikda hokimiyat 

1920 yilgacha Mang‘itlar sulolasi qo’lida bo’ldi.

 

Muhammad  Rahim  xukmronligini  beklik-viloyatlardagi  boshqa  qavmlardan 



bo’lgan  hokimlar  tan  olmadilar.  Amir  mang’itlarga  tayanib  hokimiyatni 

markazlashtirishga intildi. Barcha qabilalarning hukmdorlarini Buxoroga yig’ib, ulardan 

markaziy  hokimiyatga  bo’ysunishni  talab  qildi,  aks  holda  qattiq  jazolanishi  haqida 

ogohlantirdi.  Viloyatlardagi  ko’pgina  hokimlar,  bebosh  amaldorlar  hokimiyatdan 

chetlashtirilib,  er-mulki  tortib  olinib  boshqa  joylarga  ko’chirildi.  Ular  o’rniga  amir 

qabiladoshlaridan tayinlandi. Muhammad Rahim Buxoro minorasi yonidagi o’z

 

153


 


qarorgohini  maxsus  qurdirgan  Arkka  ko’chirdi.  O’zboshimcha  beklarni  Arkka  chaqirib 

qattiq  jazoladi.  Tarqoqlikni  bartaraf  etish  maqsadida  ko’pgina  bekliklarga  -  Samarqand, 

Jizzax,  O’ratepa,  Xisor,  Boysun,  Shahrisabzga  qarshi  qonli  urushlar  qildi,  ko’pgina 

viloyatlar vayron bo’ldi. Muhammad Rahim Nurotada istiqomat qiluvchi burgut qabilasi 

qo’zg’olonini  bostirib,  ularning  xarbiy  istehkomlarini  buzib  tashlab,  o’zlarini  Buxoro 

tumaniga  ko’chirdi.  Miyonqal’a  qipchoqlariga  hujum  qilib,  istexkomlarini  buzib 

tashlaydi, yo’lboshchilarini qatl etib, qolganlarini ko’chirib yuboradi.

 

Muhammad  Rahim  vafotidan  keyin  o’zaro  urushlar  yanada  kuchaydi.  Viloyat 



hukmdorlari mang’itlarning markaziy hokimiyatiga qarshi qo’zg’olonlar ko’tardi.

 

Kenagas,  yuz,  baxrin,  burgut,  saroy  qabilalarining  qo’zg’olonlari,  xokimiyatga 



o’tirgan  Doniyolbiyning  ularni  bostirish  uchun  qilgan  urushlari  minglab  odamlarning 

yostig’ini  quritdi.  Doniyolbiy  qo’shinlar  xarajati  uchun  qo’shimcha  soliqlar  joriy  etib 

aholi  noroziligini  oshirdi.  Buxoro  hunarmandlari  va  tijorat  ahli  1784  yilda  qo’zg’olon 

ko’tardi. Qo’zg’olonni bostirish jarayonida minglab odamlar qurbon bo’ldi.

 

Amir Ma’sum («begunoh  amir»)  deb nom olgan  Shohmurod (1785-1800  yillar) 



tarqoqlikka  qarshi  kurashni  davom  ettirdi.  Amir  Shohmurod  boshqaruv  tartibini 

o’zgartirish,  amaldorlar  tarkibini  yangilash  choralarini  ko’rdi.  Amir  ikki  yirik  davlat 

arbobi  -  Davlat  qushbegi  bilan  Nizomiddin  qozikalonni  saroy,  qo’shin  va  boshqa 

sohadagi  amaldorlar  huzurida  o’z  qo’li  bilan  o’ldirdi.  Soliqlarni  tartibga  soldi.  Buxoro 

aholisiga  tarxan  yorlig’ini  topshirdi.  Unga  binoan  aholi  savdo  daromadidan  boj 

to’lashdan,  hunarmandlar  pul  yig’imidan,  majburiy  mehnat  va  soliqlardan  ozod  etildi. 

Shuningdek, xiroj, nikoh puli, tarozi haqi va boshqa yig’imlar miqdori kamaytirildi.

 

Shohmurod davrida Buxoro amirligi nisbatan mustahkamlangan bo’lsada, o’zaro 



urushlar  to’xtamadi.  G’arbiy  chegaralarda  esa  Xiva  xoni  qo’shinlari  xujumga  o’tar, 

ekinzor  va  bog’lar  payhon  qilinar,  qishloqlar  vayron  bo’lar,  odamlar  va  chorva  mollar 

haydab ketilar edi.

 

Xiva xonligi Xorazm XV asr oxiri - XVI asr boshida temuriy Sulton Husayn Boyqaro

 

boshliq  davlatning  bir  qismi  edi.  1505  yilda  Muhammad  Shayboniyxon  qo’shinlari 



Xorazmni egalladi va qo’ng’irot urug’idan Kepakbiy Xorazmga hokim etib tayinlanadi. 

Eron  shohi  Ismoil  bilan  jangda  Muhammad  Shayboniyxon  halok  bo’lgandan  keyin 

Xorazm Ismoilshoh tomonidan zabt etiladi. Ismoilshoh Xorazmni  o’z davlati tasarrufiga 

kiritgach,  Vazir,  Urganch  va  Xiva  shaharlarini  boshqarish  uchun  3  ta  dorug’a  (hokim) 

tayinladi.

 

Xorazmda  Ismoilshoh  hukmronligi  uzoqqa  bormadi.  Xorazmda  Ismoilshoh 



hukmronligiga qarshi harakat boshlandi. Bu harakatga Vazir shahri qozisi Umar qori va 

Sayid  Hisamiddin  etakchilik  qildi.  Ular  Shaybon  avlodidan  bo’lgan  Berka  sultonning 

o’g’li  Elbarsxonga  murojaat  qilib,  xon  bo’lishni  taklif  qildilar.  Elbarsxon  1511  yilda 

qo’shin bilan kelib Vazir, Urganch, Xiva, Xazoraspni Ismoilshoh qo’shinlaridan tozaladi, 

Xorazmda  Elbarsxon  hokimiyati  o’rnatildi.  Shunday  qilib,  1511  yilda  mustaqil  Xiva 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish