Tasviriy san‘atda Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay, Shayx Turoniy,
Abdulla Hiraviy, Ustoz Gung, Ustoz Jahongir nomlari alohida ko’zga tashlanib turadi.
Ular chizgan yorqin tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yohud jang tafsilotlari o’zining
tabiiyligi, tiniqligi va originalligi bilan kishini hayratga soladi.
Amir Temur nabirasi (Shohruh Mirzo o’g’li) Boysunqur Mirzo homiyligida
bunyod topgan o’ziga xos badiiy akademiya rolini o‘ynagan uning Nigoristonida ijod
qilgan ko’plab mo’yqalam sohiblari tomonidan mukammal tarzda ishlangan son-sanoqsiz
rangli tasvirlar, miniatyura namunalari, kitob bezaklari, chunonchi, hind xalqi eposi
«Kalila va Dimna», Sa’diyning «Guliston», Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning
«Xamsa» va boshqa asarlarga ishlangan tasviru bezaklar hanuzga qadar ham o’z
ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |