davrida yurtning yanada ichki ziddiyatlaru tanazzullikka yuz tutishi pirovard oqibatda
qo’lgan olgan uning o’g’li navqiron va shijoatli
Bobur Mirzo
1
(1482-1530)ning
Temuriylar saltanatini tiklash va saqlab qolish yo’lida Muhammad Shayboniyxonga
qarshi olib borgan bir necha yillik jangu jadal harakatlari ham natijasiz tugadi. Buyuk
orzulari sarobga aylangan, vujudini umidsizlik qoplagan Bobur Mirzoning shundan so’ng
Afg’on va Hind erlari sari bosh olib ketishga majbur bo’lganligi boisi ham mana
shundandir.
Xurosonda XV asrning ikkinchi yarmida Abusaid Mirzo o’limidan so’ng (1469)
hokimiyatga kelgan
Husayn Boyqaro (1438-1506) davrida bu o’lkaning ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy hayotida ko’plab muhim o’zgarishlaru siljishlar yuz berdi. Buning
boisi shundaki, Temuriy shahzodalar ichida ja’sur va tadbirkor, salohiyatli va ma’rifatli
hukmdor bo’lgan Husayn Boyqaro o’zining salkam 40 yillik hukmronligi davrida
Xurosonda katta xayrli ishlarni amalga oshirish, saltanat qudratini ko’tarishga muvaffaq
bo’ldi. Bu ulug’vor ishlar va sa’y-harakatlarda uning maktabdosh do’sti, buyuk
donishmand siymo, o’zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hazratlari
(1441-1501)ning roli beqiyosdir.
Ulug’ Navoiyning Boyqaro saroyida birinchi vazir sifatida katta mavqe va nufuzga
ega bo’lishi, albatta, ko’plab muhim davlat masalalarini oqilona, raiyat foydasiga hal
etishda qo’l kelgan. Ayniqsa poytaxt Hirot va uning tevarak-atroflarida qanchalab
obodonchilik ishlarini ro’yobga chiqarishda, ko’plab salobatli me’morchilik obidalari,
xalq xo’jalik inshootlarini barpo etishda bu ikki ulug’ zotning bahamjihat sa’y-harakatlari
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan. Tarixchi Xondamirning ma’lumoticha, Husayn
Boyqaro davrida bunyod etilgan yirik inshootlarning soni 40 dan ortadi. Hirotda bunyod
etilgan o’nlab ko’rkam masjidu madrasalar (shu jumladan 403 gumbazi, 130 ta ravoqi va
44 ta ustuni bo’lgan ulkan jome’ masjidi), shifoxonayu hammomlar, ilm maskanlari, suv
inshootlari - bular Xuroson davlatida kechgan katta bunyodkorlik ishlaridan yaqqol
nishonadir.
Choshmag’ul mavzesida A.Navoiy tashabbusi bilan Turuqband suv omborining
qurilishi Mashhad va uning atroflarini ob-hayot bilan ta’minlashda benazir ahamiyatga
ega bo’lgan. Biroq neajib holki, Husayn Boyqaro davrida Xurosonda ham ichki
ziddiyatlarning kuchayib borishi, bek-amaldorlarning fitna-fasodi, sotqinligining avj
olishi, yosh shahzodalar o’rtasida nizolarning kelib chiqishi, gazak olib borishi davomida
XV asr oxirlariga kelib inqiroz sari yuz tutib bordi. Ayniqsa Husayn Boyqaroning sevimli
nabirasi shahzoda Mo’min Mirzoning fojiali o’limidan keyin podsho bilan uning o’g’illari
o’rtasidagi nizolar to’xtovsiz kuchayib bordiki, uni bartaraf etishning sira iloji ko’rinmay
bordi. Hatto bu ishga qo’l urib, ota-bolalar o’rtasidagi dushmanlikka nuqta qo’yish, ularni
murosaga keltirib, saltanat birligi, tinchligi va osoyishtaligini qaror toptirishga uringan
Alisher Navoiydek buyuk zotning sa’y-harakatlari ham behuda ketdi. Bu esa
Movarounnahr hududlarini egallab, Xuroson sarhadlariga ko’z tikib turgan Muhammad
Shayboniyxon beklari va amirlari uchun qo’l keldi. XVI asr boshlariga kelib, ya’ni
Husayn Boyqaro vafotidan so’ng (1506) Xuroson erlari tomon yurish boshlagan
1
U Temuriylar avlodiga mansub Sulton Abu Said Mirzoning nabirasi, Umarshayx Mirzoning o’g’li. Bobur ona
tomondan Mo’g’uliston xonlaridan bo’lgan Yunusxonning nabirasi, Qutlug’ Nigorxonimning farzandi.
142
Shayboniyxon qo’shini Badiuzamon va Muzaffar Mirzo qo’shinlarini birin-ketin engib,
tez orada butun Xuroson o’lkasini o’z qo’l ostiga kiritib oladi.
Xuddi shu o’rinda tarixiy asosga qurilgan bir ibratli jonli lavhani muhtaram
talabalarimiz e’tiboriga havola etmoqchimiz: Bu 1497 yilda sodir bo’lgan edi. Mo’min
Mirzo zanjirband holda Xirotning Ixtiyoriddin qal’asida maxbuslikda edi. U Qur’oni
Karimning «Yosin» surasini qiroat qilardi. Bobosi Husayn Boyqaroning o’z nabirasi
Mqmin Mirzoni bo’g’ib o’ldirish to’g’risida muhri bosilgan farmonni (uni shohning
sarmastligidan foydalanib Hadichabegim boshliq fitnachilar qo’lga kiritgan edilar)
ko’tarib xonaga 4 jallod yarim tunda kirib keladi.
Mo’min Mirzo bobosi farmonini o’zi o’qib ko’rishini, muhrini o’zi aniqlashini
amirona talab qiladi. Jallodlar rozilik berishadi. Shahzoda «Bobom muhri chekilgan bul
farmon men uchun tabarrukdir» deya farmonni avval ko’ziga surtadi, o’padi va keyin esa
o’qiydi. Farmonda, jumladan, shunday mudhish satrlar bor edi:
«Nishon etishi ila paysalga solmay Muhammad Mo’min Mirzoni kamon ipiga
tortib, yo’qlik chillaxonasiga jo’natilsin». Mo’min Mirzo o’zini dadil, mardona tutib,
jallodlarga bunday deydi: «ishingiz bitgach, bobomning bul farmonini o’sha kamon
ipining bir qarichi ila bog’lab o’zlariga qaytarib bering. Bul mening so’nggi vasiyatimdir.
Ularga aytingki, o’z avlodi ila murosaga kelolmay, jallod xizmatiga muhtoj podshoh
saltanati uzoq cho’zilmaydi. Bobo, ehtiyot bo’ling! Al-qasosu minal haq!». Shu so’zlarni
aytish asnosida u erdan kishan zanjirini olib boshi uzra aylantiradi, ikki jallodni yaralaydi,
biroq kuchlar nisbati teng emasdi. Qolgan ikki jallod uni yiqitib, farmonda aytilgan
kamon ipi bilan bo’g’ib o’ldiradilar.
Zotan, 1506 yilda Husayn Bayqaroning xushidan ketishi, o’ldi deb ko’milishi,
qabrda xushiga kelishi, chiqishga urinishi, ammo chiqa olmaganligi – bular aslida «Al-
qasosu minal-haq» in’ikosidir.
Shu tariqa, qariyb bir yarim asr davom etgan, o’z davrida Vatanimiz nomini shonu
shuhratga burkagan, uni ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga olib chiqqan, ulug’
ajdodlarimiz tarixida o’chmas iz qoldirgan Temuriylar saltanati hukmronligi tarix taqozasi
bilan halokatga mahkum bo’ldi. Biroq bu murakkab, ziddiyatli tarixiy jarayon keyinchalik
yangi-yangi avlodlar uchun juda ko’plab hayotiy masalalarning mag’zini chaqish,
istiqlolni tiklash yo’lida bitmas - tuganmas saboq va o’rganish manbai bo’lib xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: