sohiblarining e’tiborini jalb qilib kelgan. Deyarli barcha ulkan ijodkorlar yaratgan asarlarda
fojeali ohanglar mavjudligini ko’p uchratishimiz mumkin. Jumladan, M. Shayxzodaning
«Jaloliddin Manguberdi» va «Mirzo Ulug’bek» asarlarida fojeali ohanglar boshdan
oxiriga qadar
sezilib turadi. Mazkur dramalar maxsus fojea asari sifatida yaratilmagan bo’lsa ham, aslida,
fojeali ohanglar ularda ustivor darajada ifodalangan. Har qanday fojea zaminida alohida fojiali
to’qnashuv yotadi va uning eng muhim tomoni ko’lamlilik va ijtimoiy ahamiyatga molikligidir.
Hyegel fojeaviylikni mohiyatli kuchlar to’qnashuvining natijasi, deb biladi. Chunki, bu
to’qnashuvlar kurashi o’zining natijasiga ko’ra insoniyat istiqboli, taqdiri bilan bog’lanib ketadi.
Bu holat fojea san’atning falsafiy jihatdan eng hajmli turiga aylantiradiki, unda ijodkorga
hayotni, insoniyatni butun tarixi davomida hayajonlantiradigan tub masalalarni o’z oldiga
qo’yib, hal qilish imkonini beradi. Fojea qahramoni ko’pincha ijobiy tusda tasvirlanadi, u o’z
davrining ijobiy orzu-umidlari, u yoki bu qirralarini o’zida mujassamlashtirgan kuchli, yorqin,
ulug’vor shaxsni namoyon etadi.
Fojeaviylik estetikaning mezoniy tushunchalari orasida ulug’vorlik tushunchasiga yaqin.
Haqiqiy ulug’vorlik fojeaviylikning davomi, desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Shu bois
estetikasida fojeaviylik kategoriyasining ulug’vorlik kategoriyasidan keyin o’rganilishi bejiz
emas. Ulug’vorlikning barcha xususiyatlari fojiaviylikning ham u yoki bu ko’rinishi orqali
namoyon bo’ladi. Fojiaviylik mezoniy tushunchasining estetikasidagi markaziyF muammosi-
insonning imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish (san’at, badiiy adabiyot, jamiyat va
tabatga nisbatan munosabatda), qahramonlik, buyuklik tushunchalarining qat’iy va o’zgarmas
chegaralarini buzib, uning mohiyatini yanada yaqinlashish, tashabbuskor va bunyodkorlikni
rag’batlantirish, hayotda umidvorlik va unga muhabbat tuyg’ularini rivojlantirishdan iboratdir.
Fojeiy qahramon kelajakka yo’l tashlaydi, u eskirgan chegaralarni daf etadi, u doimo insoniyat
kurashining oldida yuradi.
Fojeaviylikning yana bir xususiyati shundaki, u insonga borliqning mazmunini ochib
berishda yaqindan ko’mak beradi. Shaxs rivoji jamiyat va insoniyat o’rtasidagi munosabatga
bog’liq ekanligini, jamiyat taraqqiyoti inson hisobiga emas, balki inson va inson orqali
rivojlanishi zarurligi bevosita fojiaviylik tushunchasi orqali yanada konkretlashtiriladi. Bu esa
pirovardida inson va insoniyat muammolarini insonparvarlik yo’li bilan xal etishga olib keladi.
Fojiaviylikda jamiyat va insoniyatning ezguligini himoya qiluvchi xususiyat mujassam. Mahmud
Torobiy qo’zg’aloni natijasiz tugashi, uning o’zi esa fitna qurboni bo’lishi ajdodlarimiz
qismatidagi fojiadir. Mahmud Torobiy g’anim qo’lida emas, o’z qavmidan chiqqan-nurga emas,
zulmatga talpingan kaltabin johil Olovxon Yusuf qo’lida halok bo’ladi. Biroq, Torobiy
timsolidagi fojea xiyonat, sotqinlik, diyonatsizlik, zulm va zo’ravonlik boshidan kechirgan va
unga qarshi kurashgan millat, xalq va Vatan fojiasidir. Yoki istiqlol muqaddas tutgan, o’lkaning
milliy, diniy zaminidagi taraqqiyot uchun kurashgan va xalq orasidagi g’oyat katta mavqyega
ega bo’lgan jadid ma’rifatchilarining fojiasi ham jamiyatni to’qimtabiat «muhabbat»dan xalos
etishning natijasi edi.
Shunga ko’ra, estetikada fojeaviylik kategoriyasining inson va jamiyat o’rtasidagi
munosabati qo’yidagilarga ko’ra muhim ahamiyat kasb etadi:
1.
Fojeaviylik insoniy fazilatlardagi yo’qotilgan narsalarning o’rnini qoplab
bo’lmasligini ko’rsatib beradi.
2.
Qanday odamlar abadiyatga daxldor ekanligini tasdiqlaydi. Fojiaviylikda o’lim
hayotga xizmat qiladi.
3.
Bo’lib o’tgan voqyea-hodisaning yakuniga qarab fojeiy xarakterning faolligini
namoyon etadi.
4.
Dunyo xolati va inson hayotining mazmuni bo’yicha falsafiy mushohada qilishga
undaydi.
5.
Ma’n etilgan tarixiy zidditlarni fosh etadi.
6.
San’atda fojeaviylik g’am-anduh, motam tuyg’ularini paydo qiladi (qahramonning
o’limiga nisbatan), tantana va quvonch, hayotdan umidvorlik, hayotga muhabbat hislarini paydo
qiladi.
7.
Odamlarda forig’lanish (katarsis) ni namoyon etadi.