4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq
buyuk ajdodlarimizdan asrlar osha bebaho meros sifatida yetib kelgan nodir
asarlar, osori atiqalar bugungi avlodga aslidek yetkazish, ularni ilmiy asosda tadqiq
etish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Zero, Birinchi Prezidentimiz
ta’kidlaganidek: “Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi
toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda
kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda
mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot,
matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va
boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir”.
1
Ta’kidlash jaizki, o‘zbek millati qadimdan o‘z yozuviga, adabiy tiliga ega
bo‘lgan sanoqli xalqlardan biri hisoblanadi. Ming yillik yozuv tarixiga ega millat
vakillari tomonidan bitilgan qo‘lyozmalar nafaqat O‘zbekiston, balki qator horijiy
davlatlar kutubxonalarida, xususiy fondlarda saqlanmoqda. Ular ardoqlanib ilmiy
muomalaga kiritilmoqda.
IX asrning birinchi yarmi – XIV asr boshida qoraxoniylar saltanatining
hukmronlik qilishi oqibatida arablar istilosi va samoniylar davrida mavqei susayib
ketgan turkiy tilning bukik qaddi qayta rostlandi. Unda badiiy, axloqiy, ilmiy
asarlar yaratildi. Ahmad Yugnakiyning “Hibbat-ul haqoyiq”, Mahmud
Qoshg‘ariy
ning
“Devoni lug‘otit turk”, Mahmud Zamaxshariyning “Muqaddimat-
ul adab”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” kabi asarlari qatorida Nosiriddin
Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asari ham eski turkiy tilning o‘ziga xos
jihatlari, imkoniyatlari, lug‘at boyligini mujassam etgani bilan alohida ahamiyat
kasb etadi.
O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari asrlar osha bizgacha turli ko‘rinishlarda
saqlanib yetib keldi. Ulardagi xalqimizning tarixi, adabiy va falsafiy qarashlari
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. «Маънавият». Т.:2010. Б-31.
5
saqlanganligi biz uchun muhim hisoblanadi. Shu ma’noda, yurtdoshimiz
Nosiriddin Burhonuddin Rabg‘uziy va uning “Qisasi Rabg‘uziy” asarini o‘rganish,
asar tarkibi hamda tuzilishiga baho berish katta ahamiyatga ega. Shuning uchun biz
ushbu mavzuni tadqiqot obyekti qilib oldik. Shu paytgacha dunyo turkologiyasi va
O‘zbek tilshunosligida “Qisasi Rabg‘uziy” asari haqida katta tadqiqotlar olib
borilgan. Bu tadqiqotlarda asarning ko‘p qirralari qamrab olingan. Hatto, ayrim
qissalar alohida tadqiq qilinib, chop etilgan. Undagi polisemantik so‘zlarni aniqlsh
va qiyoslash esa mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: