Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarraga



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/203
Sana08.07.2021
Hajmi1,9 Mb.
#112228
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   203
Bog'liq
fizika 6

Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarraga  molekula 
deyi ladi.
Molekula (lotincha moles 
 
– 
 
massa) bitta atomdan yoki bir necha 
atomdan tashkil topishi mumkin. Masalan, suv molekulasi 3 ta atomdan 
tashkil topgan. Unda 1 ta kislorod va 2 ta vodorod atomi bor (4-rasm).
4-rasm.
Biz nafas oladigan kislorod molekulasi ikkita bir xil kislorod atomidan 
iborat. Nafas chiqarganda chiqadigan karbonat angidrid gazi esa bitta 
uglerod va ikkita kislorod atomidan tashkil topgan. Har bir atom va 
molekulani o‘ziga xos harfl ar va raqamli harf bilan belgilash qabul 
qilingan.  Masalan,  kislorod  atomini  –  O  harfi  bilan, molekulasi ikkita 
atom 
dan tashkil topganligi uchun O
2
  shaklida  belgilanadi.  Karbonat 
angidrid  molekulasi  –  CO
2
,  suvniki  –  H
2
O ko‘rinishda bel gilanadi.
Shunga ko‘ra suv molekulasini atomlarga ajratsak, ikkita vodorod va 
bitta kislorod atomi alohida holatda suv xossasini bermaydi. Juda ko‘p 
atomlardan tashkil topgan molekulalarda atomlarning o‘zaro joylashishi 


17
ham uning xossalarining o‘zgarishiga sabab bo‘lar ekan. Hatto aynan bitta 
nomdagi atomlardan ba’zilari ichki tuzilishi bilan boshqasidan farq qilishi 
mumkin ekan.
Tabiatda aynan bir xil jismlar yo‘q. Hattoki egizaklar ham nimasi 
bilandir farq qiladi. Shu farqlari bilan ota-onasi ularni ajratib oladi. Lekin 
aynan bitta moddaning molekulalari bir-biridan farq qilmaydi. Masalan, 
tarvuzdan, dengiz suvidan bug‘lantirib tozalangan suv molekulasi, buloq 
suvidan olingan molekula dan farq qilmaydi.
Atom  va  molekulalar  juda  kichik  bo‘l ganligidan  ko‘z  bilan  ko‘rib 
bo‘lmaydi. Uni hatto oddiy mikroskop tugul, eng yaxshi optik mikroskop 
(eng kichik ko‘rish o‘l 
chami 0,000002 mm) da ham ko‘rib bo‘l 
maydi. 
Unda uning o‘lchamlarini qanday qilib o‘l 
chaymiz? Bir qarashda uni 
baja rib bo‘lmaydi gandek ko‘rinadi. Shunday tajriba o‘tkazaylik. Kengroq 
idish (tarelka)ga suv solib, unga bir tomchi yog‘ tomizaylik. Shunda yog‘ 
tomchisi suyuqlik sirti bo‘ylab yoyilib ketadi. Chunki eng ustki qatlamdagi 
molekulalar «toyib» ketib yoniga, undan keyingi qatlamdagilar ham xuddi 
shunday yoniga tushib yoyiladi. Oxirida faqat bitta qatlam qoladi. Yoyilgan 
yog‘ tom chisi doira shaklida bo‘lsa, uning diametri shtan gensirkul bilan 
o‘lchanib, yuzasi S hisoblanadi (5-rasm). Bitta tomchi hajmini aniqlash 
uchun alohida kichik menzurkaga 50–100 tomchi yog‘ tomizilib, hajmi V 
belgilanadi. Shunda tomchi hajmi 
 bo‘ladi, n  –  tomchilar  soni.
Yoyilgan tomchi hajmi V
1
 = d ּ S ga teng bo‘lganli gidan yog‘ qatlamining 
qalinligi 
  bo‘ladi.  Bundan  qatlam  qalinligi  yoki  molekula  diametri 
hisoblab ko‘rilsa d 

0,0000002 mm ga teng bo‘ladi. Hozirgi zamon 
usullari bilan o‘lchangan molekulalar diametrlari 
ham shu tartibda ekanligi aniqlangan. Bu raqamning 
kichkinaligini quyidagi misolda ko‘rish mumkin. 
Bir dona vodorod molekulasini kattalashtirib, olma 
ko‘rinishiga olib kelinsa, Yer olmadan necha marta 
katta bo‘lsa, olma vodorod molekulasidan taxminan 
shuncha marta katta bo‘lar edi.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish