III-bob. Mustaqillik yillarida yoshlarga oid davlat dasturlarining qabul
qilinishi va uning amaliy ahamiyati
3.1. O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat dasturlarini tarixiy
ahamiyati
Mustaqilligimiz tufayli fan, maorif, ta'lim-tarbiya ishlariga e'tibor
kuchaytirildi. «Ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib, ongni o'zgartirib
bo'lmaydi. Ongni, tafakkurni o'zgartirmasdan turib esa, biz ko'zlagan maqsad -
ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi» - degan edi I.A.Karimov.
Respublikamizda ta'limning yangi tizimini amalga oshirishda tariximizdagi ta'lim
jarayonlarini o'rganib chiqib, ta'limni isloh qilish dasturi tayyorlandi. 1997 yil 29
avgustda Respublikamizda ‘Ta'lim to'g'risidagi qonun”
41
va “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi”
42
qabul qilindi.
Ta'limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi:
- ta'lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi, dunyoviyligi ;
- ta'limda umuminsoniy,milliy-madaniy,ma'naviy qadriyatlarning ustivorligi;
- e'tiqodi, dinidan qat'iy nazar ta'lim olish imkoniyatlarining kengligi;
- ta'lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta'siridan holiligi.
1998 yil Avstraliyada kelgusi asr ta'limi istiqbollariga bag'ishlangan «Osiyo -
Tinch okean mintaqasida XXI asrda ta'lim muammolari» deb nomlangan xalqaro
anjumanda ta'limni rivojlantirishga qaratilgan maxsus davlat dasturi faqat ikki
davlat - AQSH va O'zbekistondagina mavjudligi ta'kidlandi.
43
Anjuman
ishtirokchilari yangi ta'lim tizimimizga katta ishonch bildirdilar.
1993 yildan Prezidentimiz farmoniga binoan talaba va aspirantlarga maxsus
stipendiyalar belgilandi. Xorijiy mamlakatlarda ta'lim olish huquqiga ega bo'ldilar.
O`zbekiston Respubliksining Konstitutsiyasi(1992 yil 8 dekabr). Konstitutsiya
barcha fuqarolar qatori yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy
41
O‘zbеkiston Rеspublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni 29.08.1997-y. N 464-I
42
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida O‘zbеkiston Rеspublikasining Qonuni 29.08.1997-y. N 463-I
43
1998 yil Avstraliyada bo’lib o’tgan «Osiyo -Tinch okean mintaqasida XXI asrda ta'lim muammolari» xalqaro
anjuman materiallari
va me’yoriy jihatlarini ham o`zida aks ettiradi. Jumladan, uning 41-moddasida:
“Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan
kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”
44
, 45-moddasida: ”Voyaga
yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg`iz keksalarning huquqlari davlat
himoyasidadir”
45
deb belgilab qo`yilgani fikrimizning dalilidir.
Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-iqtisodiy islohatlarni amalga
oshirishga jahon andazalari darajasida bilim olgan zakovatli, har tomonlama
barkamol miliy kadrlar ulkan hissa qo’shishini hisobga olib davlatimizda ko’p
sonli nodavlat-notijorat tashkilotlarni vujudga keltirdi.
Hozirda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirliga tomonidan yoshlarni qo’llab-
quvvatlovchi, ularning muammolarini o’rganuvchi 15 ga yaqin nodavlat-notijorat
tashkilotlar va jamiyatlar ro’yxatdan o’tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: