Dinlari tarixi


BUDDAVIYLIKDA MUQADDAS MATNLAR



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/137
Sana07.07.2021
Hajmi2,32 Mb.
#111200
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   137
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

BUDDAVIYLIKDA MUQADDAS MATNLAR
Buddaviylikning muqaddas manbasi «Tripitaka» 
(sanskritcha «Uch savat donolik») uchta katta bo‘limdan 
iborat.  Birinchi  bo‘lim  –  «Vinaya-pitaka»  (sanskrit-
cha – «Axloqiy me’yorlar kitobi») buddaviylar jamoasi 
«sangxa» tarkibiga kirish tartibi, rohiblarning xulq-atvo-
ri hamda diniy ko‘rsatmalarga rioya qilish qonun-qoida-
lari va unga amal qilinmagan taqdirda beriladigan jazo-
lar tavsifini o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi  bo‘lim  –  «Sutta-pitaka»  (sanskritcha  – 
«Duolar kitobi») hajm jihatdan eng kattasi hisoblanadi. 
Unda, asosan, «to‘rt asl haqiqat» haqida so‘z yuritiladi. 
Budda ta’limoti shogirdlari tilidan masal, suhbat, na-
Bodxisatva,
Dalvarzintepa. 
III asr


43
sihat, afsona, hikmatli so‘z, dostonlar shaklida bayon 
etilgan. Shuningdek, ushbu bo‘limda Budda jamoa-
si («sangxa»)ning tuzilishi va uning shogirdlariga oid 
ma’lumotlar ham keltiriladi.
Uchinchi  bo‘lim  –  «Abxidxarma-pitaka»  (sanskrit-
cha  –  «Diniy-falsafiy  masalalar  kitobi»)da  diniy  ta’li-
motning asosiy qoidalari ifodalanib, buddaviylik ama-
liyotining  falsafiy  mazmun-mohiyati  ochib  berilgan. 
Matn yozilish uslubi va tili murakkabligi uchun budda-
viy rohiblar ularni faqat ustozlaridan ta’lim olish yo‘li 
bilan o‘zlashtirganlar.
«Tripitaka» matnlariga vaqt o‘tishi bilan o‘zgartish, 
tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan. Bunday o‘zgarish-
lar buddaviylikda o‘ziga xos yo‘nalishlar paydo bo‘li-
shiga zamin yaratgan.
«Tripitaka»ning ilk matni sanskrit tilida yozilgan 
bo‘lsa ham, vaqt o‘tib asl matnlar yo‘qolib ketgani 
uchun faqat tibet, xitoy va yapon tillariga tarjima qi-
lingan namunalari saqlanib qolgan. Mazmunan «veda» 
(sanskritcha  –  muqaddas  bilim)  va  brahmanlik  falsa-
fiy  qarashlaridan  xoli  bo‘lgan  buddaviylik  manbalari, 
o‘zining ommabop uslubdagi talqini bilan oddiy xalqqa 
tushunarli bo‘lgan. Masalan, «mahayana» aynan shu xu-
susiyati tufayli buddaviylikni Janubiy va Janubi-Sharqiy 
Osiyoga yoyilishini ta’minlay olgan. Milodning birinchi 
asridan boshlab buddaviylik Xitoy, Koreya, Yaponiya 
Shri-Lanka, Birma, Tayland, Vetnam, Kambodja, Laos 
sarhadlarigacha yetib borgan. 
«Nirvana» san skrit cha — «so‘lish», «o‘chish»,
«rupaloka» san skritcha — «jannat»,
«kamaloka» san skritcha — «do‘zax», «eng quyi olam»dir.
«Tripitaka» sanskritcha — «Uch savat donolik» demakdir.
Budda bilim 
orqali azob­
uqubatlardan 
qutulish 
mumkinligini 
uqtirgan. 
Buddaviy 
donishmandlar 
fikricha, har bir 
inson juda ko‘p 
ezgu va yaxshi 
ishlar qilish 
orqali Buddaga 
aylanishi 
mumkin.
Buddaviylik 
dinining ramzi 
«Dharmachakra». 
U «Qonun 
g‘ildiragi» deb 
ham nomlanadi.


44
Buddaning 84 mingta nasihati 108 jilddan iborat 
«Kangyur»da, uning talqin va tafsiri 225 jilddan iborat 
«Tengyur» kitoblarida aks etgan. Shuningdek, Budda-
ning hayotiga bag‘ishlangan va milodning II asrida yo-
zilgan «Maxavosu», milodning II–III asrlarida yozilgan 
«Lalitavistara» («Buddaning hayoti»), buddaviy faylasuf 
Ashvagxosha tomonidan milodning I–II asrlarida yaratil-
gan «Buddxacharita», milodning I asrida yozilgan «Ab-
nixishkramansutra» va «Nidanakatxa», «Dhammapada» 
(«Dharma yo‘li», «Buddaning fikr-g‘oyalari») kabi asar-
lar buddaviylikning muhim manbalaridan hisoblanadi. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish