50
Yopiq sport suv havzalarida joylashadigan asosiy xonalar gu-
ruhi:
- sportchilar va tomoshabinlar uchun kirish xonalari (ular umu-
miy yoki alohida bo‘lishi mumkin), vestibul, garderoblar,
hojat-
xonalar.
- suzish uchun mo‘ljallangan hovuzli zal;
- sportchilarga xizmat ko‘rsatish xonalari-«quruq suzish»
mash g‘u lotlarini o‘tkazish zali, kiyim almashtirish, dush, hojatxo-
na va massaj xonalari, tibbiyot xonasi, anjomlar, isitkich-quritkich,
ko‘rsatma
berish xonasi, uslubiy va boshqalar;
- tomoshabinlarga xizmat ko‘rsatish xonalari-kuluarlar, bufet-
lar, kiosklar, hojatxonalar;
- ma’muriy xo‘jalik xonalari-direktor xonasi, xo‘jalik bo‘limi,
o‘quv bo‘limi, ro‘yxat bo‘limi, kasallar va boshqalar;
- yordamchi qo‘shimcha
xonalar-fi ltrlar, xlorator, dezinfeksiya,
laboratoriya, ustaxona, omborxonalar va boshqalar.
Sport suv havzalarini loyihalashda, suzish maqsadida poy-
abzalsiz, sport kiyimidagi sportchilarga alohida yo‘laklar e’tiborda
tutilishi zarur.
Sportchilarning hovuzli zalgacha harakatlanish ketma-ketligi:
vestibul va garderob, ro‘yxat bo‘limi, kiyim almashtirish, o‘quv
mashg‘ulot zali (quruq suzish),
hovuzli zal, kiraverishidagi dush
moslamalari, hovuzli zal. Zaldan chiqish ketma-ketligi teskari tar-
tibda amalga oshadi.
Shahar qurilish sharoitlaridan kelib chiqqan holda suv havzala-
rining maqsadli binolar shaharning alohida qismida, stadion hudu-
dida, kompleksning (majmuaning) boshqa sport binolarida, shahar
yoki tuman oromgohida joylashishi mumkin.
Оdatdagi suv havzali binolar hovuzning o‘lchamlariga bog‘liq
ravishda to‘g‘ri to‘rtburchakli shaklda bo‘ladi.
Moskvadagi MVО va (Dinamo)
sport suv havzasi binolari
simmetrik ko‘rinishda bo‘lib to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida; asosiy
kirish qismi binolarning qisqa yon tomonida joylashgan, shu-
ningdek, ichki maydonga (MVО) yoki magistralga (Dinamo) ori-
yentirlangan.
Respublikamizdagi sport suv havzalarini loyihalash va qurish
amaliyotida o‘quv-mashg‘ulot ishlari va musobaqalar o‘tkazishga
mo‘ljallangan suv havzalari keng tarqalgan. Bu turdagi binolar-
51
ning kirish qismi yon tomonda joylashgan. Toshkent shahri Uchte-
pa tumanidagi Talabalar shaharchasidagi «Suv sport saroyi» 2007-
yilda ishga tushirildi.
Kirish qismining bunday loyihalanishi zalning bo‘ylama uzun-
ligi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xonalarni ratsional joylashtirish
imkonini berib, ayollar va erkaklarning ikki alohida yo‘nalishida
harakatlanishiga erishiladi. Bu kompozitsion
usul albatta shahar
qurilishi talablariga va qo‘shimcha xonalarni joylashtirish shart-
lariga bog‘liq holda frontal yoki boshqa qurilmalarni inkor etmay-
di.
Qurilish harakatlarini kamaytirish maqsadida sport suv
havzalarini alohida binolarda yoki boshqa binolar (hammomlar,
oliy o‘quv yurtlari, maktablar va boshqalar) ichkarisida joylashti-
rish mumkin.
Katta universal 50x20 m hovuzi, sakrash qurilmasi va trampli-
ni hamda 1000 o‘rinli tribunasi bo‘lgan
suv havzasining iqtisodiy
ko‘rsatkichlari quyidagicha; qayta qurish maydoni taxminan 3000
m², bino hajmi 40 000 m³ atrofi da, kichik suv havzasining hovuzi
bilan qurilish maydoni 25x12 m va taxminan 1000 m², bino hajmi
esa 15000 m³ atrofi da.
Suv havzasi zalining yopmasida asosan turli yig‘ma balkali
yoki arkali temir-konstruksiyalar qo‘llaniladi; shuningdek, plas-
tik temir-beton qoplamalar va egri chiziqli, yupqa yig‘ma armose-
ment konstruksiyalaridan ham foydalaniladi.
Zamonaviy sharoit-
larda sun’iy materiallar konstruksiyalaridan foydalanish imkoni-
yatlarini inobatga olish tavsiya etiladi.
Suv havzasining zalida joylashgan suzish, suv o‘yinlari uchun
mo‘ljallangan hovuz va tomoshabinlar uchun tribunalar bino aso-
siy kompozitsiyasining yadrosi hisoblanadi. Zalni loyihalashda
suv sporti qoidalariga asosan turli texnologik talablar qo‘yiladi.
Hovuz turli moslamalar bilan jihozlanadi: start tumbalari, tram-
plinlar, turli balandliklardan sakrash qurilmalari,
suvga tushish zi-
napoyalari suzish yo‘lkasini ko‘rsatuvchi cho‘kmaydigan chega-
ra moslamalari, turli belgilar va boshqalar. Sport suv havzalari
maqsadli belgilanishiga qarab hovuzlar bir necha turga bo‘linadi:
o‘zining o‘lchamlari bilan ajralib turuvchi, hovuzning jihozlanishi
va moslanish sohasiga ko‘ra hamda uning konstruktiv xususiyat-
lari asosida.