SPORT ARENALARIDAGI MINBARLAR TURLARI
Ikki qavatli tribunalar arena tarafi dan qaralganda, qavatlar
quyuq soyalik tufayli boy plastik ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Sport
arenasining g‘arbiy tomonida joylashgan to‘g‘ri bir tomonli tribuna
optimal ko‘rinish sharoitida rejada turli shaklda bo‘lishi mumkin.
U asosan 18-20 ming o‘rinli stadionlarda keng qo‘llanilmoqda.
Ko‘p sonli tomoshabinlarni joylashtirish maqsadida to‘g‘ri tra-
petsiya yoki egri chiziqli shakldagi tribunalar qo‘llanilmoqda.
Bunday tribunalar 35-40 ming va undan ko‘p o‘rin sig‘imiga ega.
Ko‘p hollarda uch tomonli to‘g‘riburchakli, taqasimon yoki egri
chiziqli (oval shakliga yaqinlashuvchi) sport arenasining yon to-
monidan bo‘lingan tribunalar keng tarqalmoqda.
Dyusseldorf (Germaniya), Vankuver (Kanada), Pasandene
(Rouzboul, Kaliforniya) shaharlaridagi stadionlar bunga misol
bo‘la oladi.
44
Uch tomonli tribunalarning yana bir turida sport arenasining
g‘arbiy tomonida ko‘p sonli tomoshabinlar joylashtirilgan bo‘lib,
asosan kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan musobaqalar
vaqtida sport arenasi ko‘rinishiga ijobiy ta’sir etadi.
Bunday turdagi tribunalarga Izmaylovkadagi (Moskva), Mes-
sindagi hamda Minsk va boshqa shaharlardagi stadionlar misol
bo‘la oladi.
Zamonaviy 100 ming va undan ko‘p o‘rinli stadionlarda ikki-
uch qavatli, yopiq ko‘rinishli tribunalar qo‘llanilmoqda. Bundan
turdagi tribunalarning rejadagi shakllari turlicha: to‘g‘ri, yon to-
monlari qavariq, oval, doiraviy va boshqalar.
Оptimal ko‘rinish diagrammasida katta o‘lchamli tribunalar-
dagi futbol maydonidan eng uzoq nuqtada (190 metr) turgan to-
moshabinlar chiqib ketishlarining maksimal qulayligi ko‘rsatilgan.
Ammo zamonaviy Оlimpia stadionlarida chiqish uzoqligi 240-250
metrga yetib arenani tomosha qilishni faqat qurollangan ko‘z bi-
lan amalga oshirish mumkin. Bunday o‘lchamlarga rejada turlicha
shaklga ega bo‘lgan tribunalarni kiritish mumkin.
Mexiko stadioni kabi doira ko‘rinishidagi tribunalarning sig‘i-
mi 40-50 ming bo‘lib, qo‘shimcha tik turib tomosha qilish uchun
katta miqdorda joy ajratilgan.
Ellips va S ko‘rinishli zamindagi tribunalar yangi tribunalar
bo‘lib, Gannoverda loyihalangan zamindagi stadionda zamonaviy
yechimi aks etdi. Bunda ellips ko‘rinishli stadion qismi yer sirti-
dan chuqurda joylashtirildi, o‘roqsimon qismi esa (tuproq) to‘qma
tepalik ko‘rinishga ega bo‘lib, tribunaning bu qismi sport arena-
sining g‘arbida joylashgan. Ellipssimon tribuna 25 ming o‘ringa
mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘riksimon qismi esa 50 ming tomoshabin-
ning tik turishi uchun mo‘ljallangan.
Budapeshtdagi sport arenasi bo‘ylama joylashgan stadion tri-
bunasi taqasimon ko‘rinishga ega. Tribunaning konstruksiyasi
qorishiq-temir-beton va tuproqdan tashkil topgan. Bunday shakl
ommaviy sport harakatlari kechayotgan maydon atrofi ga ko‘p
sonli tomoshabinlarni (100 ming) joylashtirish ehtiyojidan kelib
chiqqan. Tribunaning tashqi o‘lchamlari ko‘rish chegarasidan (190
m) tashqariga chiqib ketgan, 240 metr va undan ko‘p masofani
qurollangan ko‘z bilangina tomosha qilish imkoni mavjud.
45
Tribunalarni rejada loyihalashtirish bevosita qirqim qurilishiga
bog‘langan bo‘lib, ular birgalikda tribunaning konstruktiv tuzi-
lishini va arxitekturaviy kompozitsiyasini aniqlaydi.
Quyida tribuna qirqimlari uchun xarakterli sxemalari ko‘rib
chiqiladi: bir quvvatli, zaminda, temir-betondan bunyod etilgan
bir qavatli yopmali va yopmasiz, bir qavatli va ikki qavatli qo-
rishiq, tuproqli va temir-betonli-yopmali va yopmasiz, ikki qavatli
temirbeton va bir qavatli hamda ikki qavatli metall konstruksiya.
Zamindagi tribunalar profi lining bir necha turlari mavjud:
- yer ustiga to‘kma (tuproq) tribuna, orqa tomonida qiyaligi
bilan yoki to‘siq devorli;
- yer sathidan pastda joylashgan tribuna;
- yer ustiga qisman to‘kma (tuproq) tribuna, orqa tomonida
qiyaligi bilan yoki to‘siq devorli nisbatan bir qismi yer sathidan
pastda;
- tribunaning katta qismi yer sathidan pastda, tribunaning ki-
chik qism-to‘kma (tuproq) orqa tomonidan ikki qiyaligi yoki to‘siq
devorli terrasalari bilan;
Tomoshabinlar qatorlarining zamindagi tribunalardagi kon-
struktiv yechimlari 17-rasmda ko‘rsatilgan.
Stadion tribunalarning takomillashish jarayonida ularning yan-
gi turlari-temir-beton va zamin qorishiq tribunalari yaratilmoq-
da. Birinchi marta Los-Anjeles shahridagi Оlimpia stadionida bu
turdagi tribunalar qurilgan (AQSh, 1932-yil). Bunda tribunaning
pastki qavati zamindagi qiyalikda, yuqori qavat esa temir-beton
qurilmalardan tomoshabinlar uchun 25 qator o‘rinlari bilan tashkil
etilgan. Tribunalar ostida xizmat ko‘rsatish xonalari joylashgan.
Xuddi shunday ikki qavatli tribuna Neapol shahridagi stadionda
ham qo‘llanilgan bo‘lib, tribunaning ikkinchi qavati birinchi qa-
vati uchun himoya yopmasi ko‘rinishida xizmat qiladi.
Tribunalarning to‘lishi va tomoshabinlarning evakuatsiyasi
luk lar orqali amalga oshirilib, ular qabul qilingan o‘tish joylariga
qurilgan. Luklar orqali o‘tish sistemasi ikki yuklama ochiq yoki
bir varakay tarqalish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bir varakay
tarqalish tomoshabinlarning luklar oldida to‘planishini kamay-
tirib, evakuatsiyani bir tekis tashkil etish imkonini beradi. Tomo-
shabin o‘rinlarini seksiyalarga bo‘lish har bir seksiyadagi qator 50
46
o‘rindan oshmasligi va qator chuqurligi 75-80 sm bo‘lishi kerak.
Tomoshabin o‘rini o‘lchamlari: uzunligi bo‘yicha 40-42 sm, eni
30-35 sm, o‘rindiqning o‘tish polidan balandligi 45 sm, qator
oralig‘idagi o‘tish joyining eni 45 sm.
Do'stlaringiz bilan baham: |