Zamonaviy texnologiyalar



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/379
Sana07.07.2021
Hajmi7,04 Mb.
#111121
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   379
Bog'liq
kimyoni oqitishda zamonaviy texnologiyalar

5-ilova 
1-reja. 
D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi  
haqida umumiy tasnif. 
 
XVIII asr oxirida 25 ta element ma'lum bo‘lib, XIX asrning birinchi choragida 
yana  19  element  kashf  kilindi.  Elementlar  kashf    qilinishi  bilan  ularning  atom 
og‘irliklari,  fizikaviy  va  kimyoviy  xossalari  o‘rganib  borildi.  Bu  tekshirishlar 
natijasida  ba'zi  elementlarning  avvaldan  ma'lum  bo‘lgan  tabiiy  gruppalari 
(masalan,  ishqoriy  metallar,  ishqoriy  yer  metallar,  galogenlar)  ga  o‘xshash 
elementlar  gruppalari  aniqlana  bordi.  Elementlar  va  ularning  birikmalari  haqidagi 
ma'lumotlar kimyogarlar oldiga barcha elementlarni gruppalarga ajratish vazifasini 
qo‘ydi. 1789 yilda A.Lavuazye kimyoviy elementlarning birinchi klassifikasiyasini 
yaratdi.  U  barcha  oddiy  moddalarni  4  gruppaga  (metallmaslar,  metallar,  kislota 
radikallari va "yerlar", ya'ni "oksidlar") ajratdi.  
  1812 yilda Berselius barcha elementlarni metallar va metallmaslarga ajratdi. Bu 
klassifikasiya dag`al va noanik edi, lekin shunga qaramasdan haligacha o‘z kuchini 
yo`qotmay kelmoqda.  
  1829  yilda  Debereyner  uchta-uchta  elementdan  iborat  o`xshash  elementlarning  
gruppalarini  tuzdi  va  ularni  "triadalar"  deb  atadi.  Har  qaysi  triadada  o‘rtadagi 
elementning  atom  og`irligi  ikki  chetdagi  elementlarning  atom  og`irliklari 
yig`indisining 2 ga bo`linganiga teng. O`sha vaqtda ma'lum bo‘lgan elementlardan 
faqat yettita triada tuzish mumkin bo‘ldi.  
  Fransuz  olimi  De  Shankurtua  1863  yilda  elementlar  sistemasini  tuzish  uchun 
silindr o`qiga nisbatan 45° bo`ylab silindr sirtiga spiral chiziqlar chizdi. Har ikki 
spiral  orasini  16  bo`lakka  bo`ldi.  Spiral  chiziqlarga  barcha  elementlarni  ularning 
atom  og`irliklari  ortib  borish  tartibida  joylashtirganida,  o`zaro  o`xshash 


28 
 
elementlarning  atom  og`irliklari  orasidagi  ayirma  16,  32,  48..  ga  teng  bo`lishi 
aniqlandi.  
  Ingliz  olimi  Nyulends  1863  yilda  o`zining  oktavalar  qonunini  kashf  etdi.  U 
elementlarni  ularning  atom  og`irliklari  ortib  borish  tartibida  bir  qatorga 
joylashtirganda,  har  qaysi  sakkizinchi  element  o`z  xossalari  bilan  birinchi 
elementga  o`xshash  bo`lishini  ko`rdi.  Bu  tartib  muzika  notasidagi  gammalar  kabi 
takrorlandi.  
  Nemis  olimi  Lotar  Meyer  1864  yilda  o`z  sistemasini  ishlab  chiqdi.  U  27  ta 
elementni  valentliklariga  karab  olti  gruppaga  bo`ldi.  U  uz  asarini  "atom 
og`irliklarning  son  bilan  ifodalanadigan  qiymatlarida  biror  qonuniyat  borligiga 
shubha bo`lishi mumkin emas" degan ibora bilan tugatdi. Meyer o`zining ikkinchi 
maqolasida  (uning  maqolasi  Mendeleyev  maqolasidan  keyin  nashr  qilingan  edi) 
elementlarning  solishtirma  hajmlari  davriy  ravishda  o`zgarishini  (ya'ni  bir  necha 
elementdan  keyin  qaytarilishini)  kashf  etdi.  Bu  kashfiyot  katta  ahamiyatga  ega 
bo`ldi, lekin davriy qonunni ta'riflash uchun yetarli emas edi.  
  D.I.Mendeleyevdan  oldin  olib  borilgan  ishlarning  hech  birida  kimyoviy 
elementlar orasida o`zaro uzviy bog‘lanish borligi topilmadi. Hech kim elementlar 
orasidagi  o`xshashlik  va  ayirmalar  asosida  kimyoning  muhim  qonunlaridan  biri 
turganligini D.I.Mendeleyevgacha kashf etolmadi. Chuqur ilmiy bashorat va ilmiy 
izlanishlar  natijasida  D.I.Mendeleyev  1869  yilda  tabiatning  muhim  qonuni-
kimyoviy  elementlarning  davriy  qonunini  ta'rifladi.  U  ta'riflagan  davriy  qonun  va 
uning  grafik  ifodasi  -  davriy  jadval  hozirgi  zamon  kimyo  fanining  fundamenti 
bo`lib qoldi.  

Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish