163
Javob: N.N.Zinin o‘zining qarzdor studentlaridan imtihon olishni shogirdi
S.P.Borodinga topshiradi.Ulardan biri alkaloidlar haqida gapiraturib, "nomining
oxirida "-in" qo‘shimchasi bor moddalar-alkaloidlardir", deganida, bu javobni
eshitgan Zinin miriqib kuladi va "Sizning-cha, men va Borodin ham alkaloidlar
ekanmizda", degan edi.
"Sut bilan kirib, jon bilan birga chiqadigan kislota"-nima?
Javob: Bu sut kislotasidir. U sut orqali iste'mol qilinadi. Uglevodlarning
aerob va anaerob parchalanishi, glikoliz va glikogenoliz, biologik oksidlanish va
qaytarilish sut kislotasi hosil bo‘lishi bilan kechadi. Undagi energiya o‘zgarishlari
evaziga hayot harakati sodir bo‘ladi. O‘lim sodir bo‘lganda bu jarayon tugaydi:
C
6
H
12
O
6
→ 2CH
3
CH(OH)COOH
Chumoli tishlagan kimyogar chumoliga haykal qo‘yib, chumoli so‘lagidan
asal olganmi ?
Javob: Ha. Buyuk kimyogar A.M.Butlerov zo‘r ovchi bo‘lgan va ov
o‘ljasini poylab chumolilarga ko‘p bora talangan. U hasharotlarga hurmati ramzi
sifatida o‘z tomorqasida chumoliga mo‘jazgina haykal o‘rnatgan. Chumoli
so‘lagida HCHO va HCOOH doimo bo‘ladi. Tajriba o‘tkaza turib u dunyoda
birinchi marta chumoli aldegididan shirin sharbat hosil qilgan:
6HCOH→C
6
H
12
O
6
Toshko‘mirning eng yorug‘ "oqishi" nima
Javob: XIX asrning birinchi yarmida London ko‘chalarini yoritish uchun
toshko‘mirni quruq haydashdan hosil bo‘lgan smoladan foydalanilgan. Havo
soviganda chiroqlar xiralashgan. Sababini aniqlash uchun M.Faradeyga murojaat
qilishgan. U toshko‘mir smolasidan +5,6
0
C da muzlaydigan yonuvchi komponent-
benzolni topgan. Yoritgichlar quvvati benzolning agregat holatiga bog‘liqligi
toshko‘mirning eng yorug‘ va "oqishi" samarasini belgilagan.
Qaysi mashhur kimyogar-organik kimyoga bor-budini shu ilmga qoldiqsiz
sarflagan.?
Javob: Akademik A.E.Chichibabin ("Osnovnie nachala organicheskoy
ximii" nomli mashhur darslik muallifi) yolg‘iz qizi Natalyani o‘zi kabi kimyogar
bo‘lishi uchun MXTI (Moskovskiy ximiko-texnologicheskiy institut im.
D.I.Mendeleyeva) da o‘qitdi. U qiz diplom oldi amaliyotini o‘ta turib oleumli
rezervuarga yiqilib tushadi va tom ma'noda, erib yo‘q bo‘ladi. Otasi ko‘zining oqu
qorasi bo‘lgan bu qiz jonini otasining organik-kimyogarlik hayotiga fido qildi,
hisob. Olim esa o‘z umrini chet elda g‘aribona yakunlaydi.Shuning uchun
A.E.Chichibabin organik kimyoga bor-budini sarflagan kimyogar deb kinoya
qilinadi.
Odamzod o‘rgimchakka qarab, osma ko‘prik qurishni o‘rgandi, mushuklarni
kuzatib, fotoapparat diafragmasi va nur qaytargichlarni kashf qildi. Aytingchi,
ilonni kuzatib, odamzod nimani yaratdi?
Javob: Shpritsni
Qaysi o‘simlik yig‘ib olinganidan so‘ng, uning 90% yoqib yuboriladi, 10%
esa tashlab yuboriladi. U qaysi o‘simlik?
Javob: tamaki
Do'stlaringiz bilan baham: