Marketing tadqiqoti dizayni - 1) marketing tadqiqoti jarayoni va
modelini loyihalashtirish va tuzish; tadqiqotni o‘tkazish, marketing
axborotlarini izlab topish uchun oqilona rejalarni ishlab chiqish. Qo‘lda
yoki axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi mumkin; 2)
marketing tadqiqoti subyektlari xulq-atvorining o‘zgarish holatlarini
o‘rganish va bashorat qilish bo‘yicha ijodiy jarayon.
Marketing tizimi - bozor muhitining mustaqil, foyda olish
maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish
bo‘yicha o‘zaro uzluksiz aloqada buluvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar
majmui. Marketing tizimi o‘z ichiga quyidagilarni kiritadi; ishlab
chiqaruvchi firma, ta’minotchi firma, raqobatchi firma vositachi firma,
iste’molchi (bozor).
211
Do'stlaringiz bilan baham: |