Marketing qarori - 1) iste’molchilarning tovar va xizmatlarga
talabini barqaror shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur
bo‘lgan marketing tadbiri yoki tadbirlari majmui variantlar ichidagi
tanlash, javob; 2) firma, tovar va xizmatlarning raqobatchilik ustunligini
saqlab qolish yoki yaxshilash uchun marketing tizimi subyekt va
obyektlariga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish.
Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi - 1) marketing
vazifasini bajarishning ko‘rib chiqilayotgan (kutilayotgan) ko‘plab
variantlari orasidan tanlab olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining
natijasi, foydalilik ko‘rsatkichi; 2) marketing vazifasini bajarishning tanlab
olingan variantining iqtisodiy samara keltirish qobiliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |