PCI Express shinasi. PCI Express texnologiyasining mohiyati,
parallel shinalar o‘rniga, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishni amalga
oshiruvchi ko‘p sonli turli xil qurilmalarni, yuqori tezlikka ega
ma’lumotlarni ketma-ket tarzda uzatib beruvchi bog‘lanishlar bilan
almashtirshdan iboratdir. Bu ISA/EISA/PCI shinalarida amalga oshirilgan
shinali topologiyadan, lokal kompyuter tarmoqlarining topologiyasiga,
ya’ni kommutatsiyalanadigan Ethernet texnologiyasi topologiyasiga
o‘tishni anglatadi. PCI Express, kompyuter tarkibiga kirgan qurilmalar –
protsessor, asosiy xotira va ma’lumotlarni kiritish chiqarish qurilmalarini
bog‘lovchi, universal kommutator rolini bajaradi. PCI Express ning
kofiguratsiyasi 5.10-rasmda keltirilgan. 5.11-rasmda esa PCI Express ning
protokollar steki va paketining formati keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |