Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти


 Kesh xotira. Xotira modullarini yig‘ish va



Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/71
Sana06.07.2021
Hajmi9,61 Mb.
#110913
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71
Bog'liq
2 5399949105793338090

2.2. Kesh xotira. Xotira modullarini yig‘ish va 
 ularning xillari. 
 
Protsessorlar  har  doim  xotiraga  nisbatan  tez  ishlagan.  Protsessorlar 
ham,  xotira  ham  parallel  ravishda  takomillashtirilib  kelinmoqda. 
Konveyerli  va  superskalyar  arxitekturali,  unumdorligi  juda  katta  bo‘lgan 
protsessorlar 
ishlab 
chiqarilmoqda. 
Xotira 
qurilmalarini 
ishlab 
chiqaruvchilar  esa  birinchi  galda,  uning  hajmini  oshirishga  harakat 
qilmoqdalar,  tezkorligini  emas.  Shuning  uchun  ham  protsessorlar  va 
xotiralarning  ishlash  tezliklari  orasidagi  farq  yana  ham  kattalashmoqda. 
Tezliklarning  bunday  farqlari  tufayli,  protsessor  xotiraga  unga  kerakli 
so‘zni o‘qib olish uchun  murojaat qilganida, bir nechta  mashina sikllarini 
bekor  o‘tkazib  yuborishiga  to‘g‘ri  kelayapti.  Xotira  protsessorga  nisbatan 
qanchalik sekin ishlasa, shunchalik ko‘proq sikllar davomida protsessor uni 
kutib turishi kerak bo‘layapti. 
Bu  muammoni  hal  qilishning  bir  nechta  yo‘llari  mavjud  ekan. 
Shulardan  biri,  uncha  katta  bo‘lmagan  hajmga  ega,  ammo  nisbatan  ancha 
tez ishlaydigan, protsessor bilan asosiy xotira orasida joylashgan xotiradan 
foydalanish  ekan  (2.6-rasm).  Bunday  xotira  kesh-xotira  deb  ataladi 
(«cacher»  -  fransuz  tilida  «yashirish»  degan  so‘zni  anglatadi).  Kesh-
xotirada  dastur  tomonidan  ko‘p  ishlatiladigan  so‘zlar  yoki  asosiy 
xotiraning  ma’lum  bir  qismi  saqlanadi.  Asosiy  xotiraning  bu  qismi,  o‘sha 
paytda  ishlayotgan  dastur  tomonidan  ko‘proq  foydalanilishi  mumkin 
bo‘lgan qismi bo‘ladi. Bu lokallik tamoili deb ataladi (rus tilida – принцип 
локальности). 
Buyruqlar  va  ma’lumotlarni  qanday  saqlanishiga  qarab  kesh-
xotiraning  ikki  xili  mavjud.  Buyruqlar  ham,  ma’lumotlar  ham  birgalikda 
saqlanadigan kesh-xotira birlashtirilgan kesh-xotira deb ataladi (rus tilida - 
объединенная  кэш-память).  Buyruqlar  alohida,  ma’lumotlar  alohida 
saqlanadigan kesh-xotira esa alohida ajratilgan kesh-xotira deb ataladi (rus 


53 
 
tilida  -  разделенная  кэш-память).  Hozirgi  kompyuterlarda  ko‘proq 
alohida ajratilgan kesh-xotiradan foydalanilmoqda [16,17,28].  
 
 
 
2.6-rasm. Kesh-xotira joylashgan o‘rni. 
 
Kesh-xotirani  qo‘llashning  –  bir,  ikki  va  uch  sathli  variantlari 
mavjud. 2.7-rasmda uch sathli kesh-xotiraga ega bo‘lgan tizim keltirilgan. 
Birinchi  sath  kesh-xotirasi  (L1)  markaziy  protsessor  ichida  joylashgan 
bo‘lib,  u  buyruqlar  uchun  (L1-I)  va  ma’lumotlar  uchun  (L1-D) 
mo‘ljallangan odatda 16 dan 64 Kbayt gacha xajmga ega bo‘lgan alohida 
ajratilgan  kesh-xotiradan  iboratdir.  Protsessor  yonida  u  bilan  bitta  blokda 
joylashgan  ikkinchi  sath  kesh-xotirasi  (L2)  esa,  512  Kbayt  dan  1  Mbayt 
gacha  xajmga  ega  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan,  buyruqlar  ham,  ma’lumotlar 
ham  birgalikda  saqlanadigan,  birlashtirilgan  kesh-xotiradan  iborat  bo‘ladi. 
Uchinchi  sath  kesh-xotirasi  protsessor  joylashgan  plataga  o‘rnatilgan 
bo‘lib,  u  bir  necha  megabayt  xajmga  ega  bo‘lgan  statik  tezkor  xotira 
qurilmasidan  (TXQ)  iborat  bo‘ladi  (rus  tilida  –  статическое  оперативное 
запоминающее устройство - ОЗУ). 
Statik  TXQ  dinamik  TXQ  dan  ancha  tez  ishlaydi.  Qoida  bo‘yicha 
birinchi  sath  kesh-xotirasidagi  barcha  ma’lumotlar,  ikkinchi  sath  kesh-
xotirasida,  ikkinchi  sath  kesh-xotirasining  barcha  ma’lumotlari  esa, 
uchinchi  sath  kesh-xotirasida  ham  yozilgan  bo‘ladi.  Kesh-xotiraning  bir 
necha  xillari  mavjud:  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  akslantiriluvchi  kesh-xotira  (rus 
tilida – кэш-память прямого отображения) va assotsativ kesh-xotira. 

Download 9,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish