Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти



Download 9,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/71
Sana06.07.2021
Hajmi9,61 Mb.
#110913
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71
Bog'liq
2 5399949105793338090

    20.  НЕ  (NOT)  -  inkorlash  amalini  bajaruvchi  element  sxemasi  qanday 
tuzilgan va u qanday ishlaydi? 
    21.Ikkita  kirishga  ega  НЕ-И  (NOT-AND)  –  mantiqiy  ko‘paytirish  va 
inkorlash  amallarini  bajaruvchi  element  sxemasi  qanday  tuzilgan  va  u 
qanday ishlaydi? 
    22.Ikkita  kirishga  ega  НЕ-ИЛИ  (NOT-OR)  –  mantiqiy  qo‘shish  va 
inkorlash  amallarini  bajaruvchi  element  sxemasi  qanday  tuzilgan  va  u 
qanday ishlaydi? 
 
 
 
 
 
 
 
 


47 
 
2. ASOSIY VA YORDAMCHI XOTIRA QURILMALARI 
 
2.1. Asosiy xotira. Xotiraning adreslari.  
Baytlarning tartiblanishi 
 
 
Asosiy  xotira  –  kompyuterning  dasturlar  va  ma’lumotlarni  saqlash 
uchun  mo‘ljallangan  komponentidir.  Xotira  ma’lum  bir  uzunlikka  ega 
bo‘lgan  axborotlarni  saqlovchi  yacheykalardan  iborat  bo‘ladi.  Hozirgi 
kompyuterlarning  xotirasi  8-bitli,  ya’ni  bir  baytli  yacheykalardan  iborat 
bo‘lib,  xotiraga  ana  shu  baytlarning  adreslari  orqali  murojaat  qilinadi. 
Baytlarni guruhlarga birlashtirilib so‘zlar (rus tilida – слово) hosil qilinadi. 
1,  2,  4  va  8  baytli,  ya’ni  8,  16,  32  va  64-bitli  yoki  razryadli  so‘z 
uzunliklariga    ega  kompyuterlar  mavjud  [1,5,11].  Ushbu  qo‘llanmada 
kompyuter 
xotirasining 
so‘z 
uzunliklarini, 
protsessorlar 
ichki 
registrlarining  uzunliklarini  ifodalashda  va  boshqa  holatlarda  razryad 
iborasi qo‘llanilgan.  
2.1-rasmda 8-razryadli so‘z uzunligiga ega asosiy xotira tasvirlangan.  
 
2.1-rasm. 8-razryadli so‘z uzunligiga ega 64 Kbaytli asosiy xotira. 


48 
 
Ushbu asosiy  xotirada yacheykalar adreslarining qiymati 0000 dan FFFF 
gacha  o‘zgarishi  mumkin.  Asosiy  xotiraning  umumiy  xajmi  64  Kbayt 
(FFFF  –  16  bit,  2
16
=65536  bayt).  Hozirda  bunday  hajmli  xotiralar  – 
o‘rnatiladigan kompyuterlarda, ya’ni kontrollerlarda ishlatilmoqda. Odatda 
asosiy xotira adreslari 16-lik sanoq sistemasida ifodalanadi. 
2.2-rasmda  so‘z  uzunligi  32-razryadga  teng  bo‘lgan  asosiy  xotira 
tasvirlangan.  Bunday  so‘z  uzunligiga  ega  xotiralar,  Pentium  protsessorlari 
o‘rnatilgan  kompyuterlarda  ishlatilmoqda.  Ularda  yacheykalarning 
adreslari  0000  0000  dan  FFFF  FFFF  gacha  o‘zgarishi  mumkin. 
Xotiraning umumiy xajmi 4 Gbayt (FFFF FFFF  – 32 bit, 2
32
= 4294967296 
bayt).  So‘z  uzunligi  32-razryadli  xotiralarda  baytlar  o‘ngdan  chapga  yoki 
chapdan o‘ngga qarab joylashtirilishi mumkin.  
 
 
 
2.2-rasm. 32-razryadga so‘z uzunligiga ega, baytlari teskari tartibda  
joylashtirilgan 4 Gbaytli asosiy xotira. 


49 
 
2.2-rasmda 
keltirilgan 
xotirada 
Pentium 
protsessorli 
kompyuterlardagi  kabi,  baytlar  o‘ngdan  chapga  qarab  joylashtirilgan.  Bu 
baytlarni  teskari  tartibda  joylashtirish  deb  ataladi  (rus  tilida  –  обратный 
порядок следования байтов). 
2.3-rasmda esa baytlar to‘g‘ri tartibda joylashtirilgan xotira chizmasi 
keltirilgan. Bu xildagi xotira baytlar to‘g‘ri tartibda joylashtirilgan xotira 
deb  ataladi  (rus  tilida  –  прямой  порядок  следования  байтов)  va  u  
SPARС oilasiga mansub protsessorlarga ega bo‘lgan serverlarda ishlatiladi.  
 
 
 
 2.3-rasm. 32-razryadga so‘z uzunligiga ega, baytlari to‘g‘ri tartibda  
joylashtirilgan 4 Gbaytli asosiy xotira. 
 
Buyruqlarni  xotiradan  o‘qish  misolida,  xotiraga  murojaat  qilish 
qanday  amalga  oshirilishini  ko‘rib  chiqamiz.  2.4-rasmda  asosiy  xotiraga 
murojaat qilish jarayoni ko‘rsatilgan. 


50 
 
Protsessorning  IP  (Instruction  Pointer)  yoki  PC  (Program  Counter) 
deb  nomlanuvchi  registri,  tartib  bo‘yicha  bajarilishi  kerak  bo‘lgan  buyruq 
adresini  ko‘rsatish  uchun  ishlatiladi.  Ushbu  registr  buyruqlar  sanagichi 
yoki  buyruqlar  ko‘rsatgichi  deb  nomlanadi.  PC  registrida  yozilgan  adres, 
ya’ni  navbatdagi  bajarilishi  kerak  bo‘lgan  buyruqning  adresi, 
protsessorning  adres  shinasi  yordamida  asosiy  xotira  bilan  bog‘lanuvchi 
porti  -  adres  registri  orqali  xotiraning,  xotira  adresi  registriga  uzatiladi. 
Shundan  so‘ng  xotiraning  ma’lumotlar  registriga  ushbu  adres  bo‘yicha 
yozilgan  ma’lumot  chiqariladi.  Bu  ma’lumot,  ma’lumotlar  shinasi  orqali 
protsessorning  registrlaridan  biriga,  masalan  akkumulyatorga,  ya’ni  A 
registriga kelib tushadi.   
 
 
2.4-rasm. Asosiy xotiraga murojaat qilish jarayoni. 


51 
 
Zamonaviy  kompyuterlarda  asosiy  xotiraga  murojaat  kilishning  ikki 
xil rejimi mavjud (2.5-rasm): 
     1.Real  rejim  –  1  Mbayt  gacha  bo‘lgan  asosiy  xotira  uchun,  bu  rejim 
kompyuter  MS  DOS  operatsion  tizimida  ishlagan  paytida  qo‘llanilagan. 
Hozirda bu, MS DOS operatsion tizimini emulyasiya qilishda ishlatiladi. 
     2.Himoyalangan  rejim  –  xotira  xajmi  1  Mbaytdan  ko‘p  bo‘lgan  xolda, 
ya’ni  bu  kompyuterlar  Windows  operatsion  tizimida  ishlay  boshlagandan 
buyon qo‘llanilgan rejim hisoblanadi. 
             
2.5-rasm. Real va himoyalangan rejimlarda asosiy xotiraning tuzilishi. 
 
Real rejimda xotiraga murojaat qilish segmentlarga murojaat qilish orqali, 
himoyalangan  rejimda  esa,  sahifalarga    murojaat  qilish  orqali  amalga 


52 
 
oshiriladi.  Bitta segmentning xajmi – 64 Kbayt, sahifaning xajmi esa – 4 
Kbaytga ega bo‘ladi.   
 
 
 

Download 9,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish