yulduz va Quyoshga qarab oriyentirlash
(dunyo tomonlarini
aniqlash). Oltin Qoziq yulduziga qarab shimolga, demak, dunyoning
boshqa tomonlariga bo‘lgan yo‘nalishni ham aniqlash mumkin. Agar
old tomoningiz bilan shimolga qarab tursangiz, o‘ng tomoningiz sharq,
chap tomoningiz g‘arb, orqa tomoningiz janub bo‘ladi (9-rasm). O‘zi
turgan joyni ufq tomonlariga nisbatan aniqlash oriyentirlash deyiladi.
Shimol, janub, sharq, g‘arb ufqning asosiy tomonlari, shimoli-sharq,
shimoli-g‘arb, janubi-sharq va janubi-g‘arb esa oraliq tomonlaridir.
Bular yanada kichikroq oraliq tomonlarga bo‘linadi. Masalan, shimol-
shimoli-sharq, janub-janubi-sharq (10-rasm).
Ufq tomonlarini yulduzlarga qarab faqat kechasi aniqlash mumkin.
Kunduzi-chi? Kunduzi Quyoshga qarab aniqlasa bo‘ladi. Buning uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |