Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


-modda.  Gidrotexnika  inshootlarining  xavfsizligi  ustidan  davlat



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

6-modda.  Gidrotexnika  inshootlarining  xavfsizligi  ustidan  davlat 
nazorati 
O‘zbyokiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi katta va alohida 
muhim  suv  xo‘jaligi  ob’ektlarining  texnik  holatini  hamda  bexatar  ishlashini 
nazorat  qilish  davlat  inspeksiyasi  gidrotexnika  inshootlarining  xavfsizligi 
ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi, 
u: 
gidrotexnika  inshootlarining  xavfsizligi  qoidalari  va  mezonlarini  ishlab 
chiqadi; 
manfaatdor  vazirliklar  va  idoralar  bilan  birgalikda  gidrotexnika  inshootlari 
texnik  holatining  puxtaligini  va  ular  ishining  xavfsizligini  ekspertizadan 
o‘tkazadi; 
gidrotexnika 
inshootlarini 
joylashtirish, 
gidrotexnika 
inshootlarini 
loyihalashtirish topshiriqlarini, ularni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini 
kelishib  olishda,  gidrotexnika  inshootlarining  qurilishi  sifatini  nazorat  qlishda, 
ularni  foydalanishga  qabul  qilishda,  shuningdek  gidrotexnika  inshootlaridan 
foydalanish qoidalarini kelishib olishda qatnashadi; 
gidrotexnika  inshootlarining  holatini  hamda  ular  holatining  gidrotexnika 
inshootlarining  xavfsizligi  deklaratsiyalariga  muvofiqligini  tekshirishni  tashkil 
etadi; 
gidrotexnika 
inshootlarining 
xavfsizligini 
ta’minlash 
to‘g‘risida 
ko‘rsatmalar  beradi,  shuningdek  gidrotexnika  inshootlarining  xavfsizligi 
normalari  va  qoidalari  qo‘pol  ravishda  buzilgan  hollarda  xavflilik  darajasi 
yuqori  bo‘lgan  ob’ektlar  jumlasiga  kiruvchi  gidrotexnika  inshootlarini 
loyihalash,  qurish  va  ulardan  foydalanish  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun 
berilgan  litsenziyalarning  amal  qilishini  to‘xtatib  turish  va  tugatish  haqida 
takliflar kiritadi; 


  38 
 
 
gidrotexnika  inshootlari  hududlaridan,  daryolar  o‘zanlari  va  to‘g‘onning 
ularga  tutash  bo‘lgan  quyi  hamda  yuqori  hududlaridan  xo‘jalik  faoliyati  yoki 
boshqa  faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  foydalanishga  (suvni  muhofaza  qilish 
zonalarida er uchastkalari berish bundan mustasno) rozilik beradi; 
daryolarning  o‘zanlarida  va  to‘g‘onning  ularga  tutash  quyi  va  yuqori 
hududlarida  suv  xo‘jaligi  ob’ektlaridan  foydalanishni  amalga  oshiruvchi  yoxud 
xo‘jalik  faoliyati  yoki  boshqa  faoliyat  yurituvchi  tashkilotlarning  faoliyatini, 
agar  bunday  faoliyat  gidrotexnika  inshootlarining  xavfsizligiga  yomon  ta’sir 
ko‘rsatishi  mumkin  bo‘lsa,  taqiqlaydi  yoki  cheklab  qo‘yadi.  Tadbirkorlik 
sub’ektlarining faoliyatini taqiqlash va cheklash sud tartibida amalga oshiriladi, 
bundan  favqulodda  vaziyatlar,  epidemiyalar  hamda  aholining  hayoti  va 
salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq 
holda  faoliyatni  o‘n  ish  kunidan  ko‘p  bo‘lmagan  muddatga  cheklash  hollari 
mustasno; 
gidrotexnika  inshootlarining  muhofaza  qilinishini  tashkil  etish  ustidan 
nazoratni amalga oshiradi; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Maxsus  vakolatli  organning  gidrotexnika  inshootlarining  xavfsizligini 
ta’minlash  to‘g‘risidagi  ko‘rsatmalari  foydalanuvchi  tashkilotlar  ijro  etishi 
uchun majburiydir. 
Gidrotexnika 
inshootlari 
O‘zbyokiston  Respublikasi  Gidrotexnika 
inshootlarining  kadastriga  kiritiladi.  Kadastrni  yuritish  tartibi  O‘zbyokiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish