Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Konstruksiyalardagi himoya qoplamalari. Ularning turlari va



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

12.8. Konstruksiyalardagi himoya qoplamalari. Ularning turlari va 
vazifasi  
 
Qurilish konstruksiyalarining himoya qoplamalari ularni tajavuzkor muhitning 
ta’siridan  muhofaza  qilish  uchun  mo‘ljallangan.  Darz  hosil  bo‘lish,  fakturaning 


 
316 
 
buzulishi,  ifloslanishi,  rangini  yo‘qotish  va  shu  kabilar  keltirib  chiqaruvchi 
qoplamaning  himoya  va  bezak  hossalarini  yo‘qolishi  bino  ekspluatatsiya  qilishga 
topshirilganidan so‘ng birinchi yillardanoq boshlanadi. Agar himoya qoplamasini 
o‘z  vaqtida  qayta  tiklanmasa,  u  holda  tashqi  tajavuzkor  muhit  ta’siri  ostida 
konstruksiyaning  o‘zi  buzila  boshlaydi.  U  holda  binoning  belgilangan  hizmat 
muddati  ichida  ekspluatatsiyaviy  yaroqliligini  ta’minlash  uchun  talay  mehnat  va 
mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi.  
Himoya  qatlami  umrboqiyligining  aytarli  darajada  etarli  emasligining  bosh 
sabablaridan  biri  turli  muhitlarda  konstruksiyani  himoyalash  mexanizmini  yaxshi 
o‘rganilmaganligi, qoplama hizmat muddatini va qayta tiklash davriyligini hisobiy 
aniqlashning ishonchli usullarining yo‘qligi hisoblanadi.  
Himoya  qoplamalarining  ishonchliligi  va  umrboqiyligini  belgilab  beruvchi 
asosiy  omillar  adgeziya,  o‘tkazib  yuborish,  himiyaviy  barqarorlik,  fizik-mexaniq, 
dielektrik va bir qancha shu kabi xossalarni hisoblash qabul qilishgan.  
Himoya qatlamlarining, shu jumladan konstruksiyalarning yuza qatlamini 
buzilishini keltirib chiqaruvchi bosh omil quyidagi ta’sirlar natijasida kelib 
chiquvchi kuchlanish hisoblanadi: 
1)  Konstruksiya,  xususan  uning  himoya  qoplamasi  kirishish  va  ko‘pchish 
jarayonlari holatida namlikning notyokis taqsimlanishi; 
2)  Haroratning notyokis taqsimlanishi; 
3)  Konstruksiyaning yoki uning himoya qoplamasining hususiy og‘irligi; 
4)  Konstruksiyaga bo‘ladigan shamol yuklanishi; 
5)  Mexaniq ekspluatatsiya yuklari. 
Agar keyingi 3 turdagi ta’sirlar hisoblashlarda yuzalarga olib va qo‘llansalar, 
birinchi, ikkinchi turdagi ta’sirlar muxandislik hisoblarida xozircha deyarli hisobga 
olinmaydi.  Binobarin  o‘tkazilgan  tadqiqodlardan  shu  narsa  ma’lum  bo‘layoptiki 
birinchi,  ikkinchi  tur  namlanish  va  harorat  o‘zgarishni  ta’siri  ostida  yuzaga 
keluvchi kuchlanish buzilishda asosiy omil bo‘lib qolayapti. 
Qoplamalarning himoyalanish mexanizmining 3 turini ajratish mumkin: 
1)  adgeziyali; 


 
317 
 
2)  to‘siqli; 
3)  aralash.  
Himoya  mexanizmi  adgeziyali  bo‘lgan  qoplamalar  uchun  qoplamaning 
konstruksiyaga  bo‘lgan  adgeziyasini,  uning  elastikligi,  mexaniq  mustahkamligini 
va  harorat  o‘zgarishida  barqarorligini  ta’minlash  muhim  hisoblanadi.  Bunday 
qoplamalarda  tashqi  muhit  namligini  o‘zgarishini  keltirib  chiqaradigan  ichki 
kuchlanish nomaqbul hisoblanadi. Atrof muhit havosining nisbiy namligi 60-65% 
dan  pasayish  qoplamalarda  ichki  kuchlanishning  rivojini  va  mexaniq  buzulish 
natijasida  ularni  ishdan  chiqilganini  keltirib  chiqaradi.  Plyonkalarni  namlik 
bo‘yicha  ekspluatatsiya  qilishda  eng  qulay  rejim  65%  atrofida  bo‘lgani 
hisoblanadi.  
To‘siqli  mexanizmga  ega  bo‘lgan  qoplamalar  uchun  himoya  plyonkasining 
diffuzion  tavsifi  katta  ahamiyatga  ega.  Bunday  plyonkalarning  mexinik 
xossalarining yuqori bo‘lishi shart, zero tajavuzkor muhitning ta’sir etishida uning 
butunligini saqlash muhim hisoblanadi.  
Amaliyotda  ko‘pincha  himoya  mexanizmi  aralash  bo‘lgan  qoplamalar 
uchraydi. Bunday qoplamalarning qo‘llanishi plyonkalarning adgeziyali, mexaniq 
va diffuzion sifatlari birday ahamiyatga ega bo‘lganligi ba’zan plyonka qalinligini 
oshirish  yo‘li  bilan  to‘siqli  sifatni  ta’minlashga  intiladilar.  Biroq  plyonka 
qalinligini  oshirish  adgeziyani  pasayishiga  va  plyonkaning  himoya  sifatlarini 
yomonlashuvchiga olib keladi.  
Himoyalanish  mexanizmidan  qat’iy  nazar  qoplama  sifatining  muhim 
ko‘rsatkichi  IK-  spektroskopiya  usuli  bilan  aniqlanishi  mumkin  bo‘lgan  ularning 
ximiyaviy barqarorligi hisoblanadi.  
Adgeziyali  himoya  mexanizmiga  ega  bo‘lgan  qoplamaning  umrboqiyligini 
adgeziya ko‘rsatkichi bilan yoki plyonkaning mexaniq hossalari bo‘yicha aniqlash 
mumkin.  
Aralash  himoya  mexanizmiga  ega  qoplama  uchun  umrboqiylikni  korroziya 
boshlanishi  vaqti  bo‘yicha  yoki  konstruksiya  korroziyasining  tezligi  bo‘yicha 
aniqlash qulay hisoblanadi.  


 
318 
 
Panellarning tashqi pardozida darzlar vujudga kelishi yuza qatlamining, ba’zan 
esa  devor  jismini  buzilish  jarayonidan  darak  beradi.  Hosil  bo‘lgan  darzlar 
konstruksiya  ichiga  uni  buzish  mumkin  bo‘lgan  namlik,  kislorod,  tuz  changlari, 
tajavuzkor  gazlarni  o‘tkazib  yuboradi.  Ayniqsa  katta  panellarda  haroratning 
o‘zgarishidan kelib chiqadigan darzlar xavfli hisoblanadi.  
Klinik  shifoxonaning  maydoni  betondan  qilingan  panellarini  faktura 
qatlamidagi  darzlarni  hosil  bo‘lishi  va  rivojlanishini  uzoq  vaqt  asliy  tadqiq  etish 
uning bosh sababini aniqlash imkonini beradi: 
1)  devor  qalinligi  va  panel  yuzasidagi  uchastkalar  bo‘yicha  turli  beton 
qatlamlari kirishish devormatsiyasining notyokisligi; 
2)  har bir panelning va umuman binoning harorat deformatsiyasi; 
3)  tashish  va  montaj  qilishning  noto‘g‘ri  amalga  oshirilishi  va  boshqa 
omillar. 
Zaifroq  ashyolarda  darzlar  kattaroq  o‘lchamga  ega  bo‘ladi.  Masalan,  kvarsli 
to‘ldiruvchidan  iborat  faktura  qatlami  karbonatli  mayda  donaligiga  qaraganda 
qaraganda tezroq buziladi.  
qoplamaning himoyalanish mexanizmiga va konsturksiyaning yuza qatlamidan 
kelib chiqib, ularning xizmat muddati ularning asosiy himoya sabablari bo‘lgan: 
-  adgeziya va o‘tkazmaslikni yaxshilanganida; 
-  himoya 
qoplamasi  ostida  namlik  yig‘ilishini  notyokis  etuvchi 
o‘tkazuvchanlikni chegaralanganda oshishi aniqlanadi.  
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish