Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Shikastlangan binolarni eskirishi va ularni tashxis etish



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

12.2. Shikastlangan binolarni eskirishi va ularni tashxis etish. 
 
Binolarni  vazifasiga  ko‘ra  foydalanish  texnologik  ekspluatatsiya  deb  qabul 
qilingan.  Binoni  yaroqli  holda  saqlash  bilan  bog‘liq  jarayonlar  esa  texnik 
ekspluatatsiya deb ataladi.  
Har bir bino vazifasiga ko‘ra me’moriy jihatdan ko‘rimli, chiroyli va umrboqiy 
bo‘lishi  lozim.  Unda  issiqlik  va  tovush  izolyasiyasi,  hamda  germetiklik 
ta’minlanishi, sanitar-texnik qurilmalar mavjud bo‘lishi kerak.  
Binolarning ekspluatatsiyaga yaroqlilik omilllari 2 guruhda o‘z ifodasini topish 
mumkin:  
Birinchi guruhga fizik-kimyoviy omillar ta’siri ostida konstruktiv ishonchlilik 
va  jismoniy  chidamlilikni  tavsiflovchi  parametrlar,  ayniqsa,  mustahkamlilik, 
barqarorlik,  konstruksiyalarning  namlanishiga  va  muzlashiga  chidamliligi,  yo‘l 
qo‘yiluvchi  deformatsiyalar,  tomqoplamalarning  germetikligi,  gidroizolyasiya  va 
boshqalar kiradi.  
Ikkinchi  guruh  vazifasiga  funksional  muvofiqlikni  tavsiflovchi  parametrlar  – 
ma’naviy  umrboqiylik,  faoliyat-yashash  sharoitlari  (omborxonalardan  tashqari), 


 
295 
 
xususan:  nisbiy  maydon  va  kubaturalari,  xonalarning  harorat-namlik  rejimi, 
to‘siqlarning germetikligi, tovush izolyasiya, namligi va boshqalar kiradi.  
Binolarni qurishda loyihada ko‘rsatilgan parametrlarning qiymatini ta’minlashi 
loyiha  va  QMQ  talablarini  aniq  bajarilishi  qurilish-montaj  ishlarini  yuqori  sifatli 
bo‘lishi orqali ta’minlanadi. Har qanday bino berilgan xizmat muddati mobaynida 
loyihada  ko‘zda  tutilgan  va  qurishda  unga  berilgan  sifat  darajasi  saqlanishini 
hisobga  olgan  holda  quriladi.  Masalan,  devor  etarli  mustahkamlik  va  tovush 
izolyasiya hossalari bilan bir qatorda o‘zining butun xizmat muddati mobaynida 1 
soatda  1  kv.m  yuzasidan  hisobiy  miqdor  kaloriyadan  ko‘p  bo‘lmagan  issiqlik 
o‘tkazishi  kerak,  isitish  tizimi  esa  o‘z  navbatida  xonaga  ma’lum  miqdordagi 
issiqlikni etkazib berishi lozim va shu kabilar.  
Binoning  ma’lum  chegaralarida unga qo‘yilgan parametrlarni saqlash  hossasi 
binoning  ishonchliligi  deb  ataladi.  U  me’yoriy  vaqt  mobaynida  berilgan 
ekspluatatsiyaviy sharoitlarda talab qilinuvchi parametrlarni saqlashi ehtimoli bilan 
baholanadi.  
Ishonchlilik loyihalashtirish jarayonida mustahkamlik, barqarorlik, germetiklik 
va  shu  kabilarni  hisoblash  vaqtida  qo‘yiladi.  Bunda  ashyolarning  xossalarini 
konstruksiyalarning 
ishlash 
sharoiti 
bilan 
bog‘lovchi 
koeffitsientlar 
konstruksiyaning  yaroqli  holda  tutib  qabul  qilinadi.  Binolarning  ishonchliligi  uni 
qurishda  yuqori  sifatli  ashyolardan  foydalanish,  ish  texnologiyasiga  qat’iy  rioya 
qilish, loyiha talablariga to‘la muvofiqlik orqali ta’minlanadi.  
Ekspluatatsiya  jarayonida  binolarning  ishonchliligi  pasayishi  mumkin,  zero 
tabiiy  ta’sirlar  ostida,  asosan tashqi  tarafdan  atmosfera omillari  va  ichki  tarafdan 
turli  tajovuzkor  texnologik  chiqindilar  ta’sirida  konstruksiya  eskiradi  va  syokin-
asta  emiriladi.  Ekspluatatsiya  xizmatining  vazifasi  berilgan  xizmat  muddati 
mobaynida  binolardagi  ko‘zda  tutilgan  parametrlarni  saqlanishini  ta’minlovchi 
chora tadbirlar ishlab chiqilishi va ularni amalga oshirilishdan iborat.  
Bino  parametrlarining  saqlanganligiga,  ya’ni  ularning  ishonchligiga  ko‘plab 
konstruksiyaning  hisobiy  sxemasini  haqiqiy  ish  sharoitiga  mosligidan  to  ashyolar 
sifati  va  ularni  tayyorlash  texnologiyasiga  rioya  qilinishigacha  bo‘lgan  omillar 


 
296 
 
katta ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin, bu omillarning ko‘pchiligi tasodifiy tavsifga ega 
ekanligidan, ishonchlilik extimoli tavsif kasb etiladi.  
Bino ishonchliligi 3 asosiy tavsif bilan baholanadi: 
1) 
buzilmasdan ishlash extimoli (asllik); 
2) 
umrboqiylik; 
3) 
ta’mirlashga yaroqlilik. 
Binoning  umrboqiyligi  deb,  shunday  vaqt  tushuniladiki,  uning  mobaynida, 
ta’mirlashga  ketgan  tanaffuslar  bilan  birga,  binoga  berilgan  chegaralarda 
ekspluatatsiyaviy 
sifatlar 
saqlanib 
qoladi. 
Ular 
to‘liq 
ta’mirlashda 
o‘zgartirilmaydigan qismlar: devorlar, karkaslar, poydevorlar xizmat muddati bilan 
aniqlanadi.  
Binoning  qator  konstruksiyalari  (tom,  pol,  deraza  romlari,  muhandislik 
qurilmalari  va  boshqalar)  odatda  kamroq  umrboqiylikka  ega  bo‘ladi,  shuning 
uchun  ular,  birinchidan,  davriy  ravishda  qoplamalar  bilan  himoyalanadi, 
ikkinchidan eskirish darajasiga qarab o‘zgartiriladi. 
Umrboqiylik asosan 2 xilga bo‘linadi: jismoniy va texnologik  yoki ma’naviy 
umrboqiylik. 
Jismoniy umrboqiylik - konstruksiyalarning jismoniy va texnik: mustahkamlik, 
germetiklik, issiqlik va tovush izolyasiyasi va boshqa tavsiflarga bog‘liq. 
Texnologik  yoki  ma’naviy  umrboqiylik  -  binoning  o‘z  mosligiga,  unda  sodir 
bo‘layotgan funksional yoki texnologik jarayonlarga bog‘liq bo‘ladi. 
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish