Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

Nazorat uchun savollar 
1. Qurilish konstruksiyalarini  texnik iqtisodiy baholash. 
2. Konstruksiyani iqtisodiy baholash mezonlari. 
3. Ekspluatatsion harajatlarni aniqlash. 
4. Kelishuvlarni qiyoslash usuli. 
5. Daromadli yondashuv. 
6. Atrof muhitni iqtisodiy bahoga ta’siri. 
 
 
 


 290 
 
 
XII  BOB.  BINOLARNI TEXNIK EKSPLUATATSIYA QILISHNI 
TASHKILLASHTIRISH 
12.1. Texnik ekspluatatsiyaning mazmuni va vazifasi  
Hozirgi zamon turar-joy va jamoat binolari o‘zida muhandislik tizimlari va 
inshootlarning  murakkab  majmuasini  ifoda  etadi.  Ularni  ekspluatatsiya  qilish 
uchun  bino  unsurlari  ashyolarining  eskirish,  edirilish  va  buzilish  asosiy 
qonuniyatlarini,  hamda  binolarni  o‘z  vaqtida  ta’mirlashga  berish,  ko‘rikdan 
o‘tkazishni ta’minlovchi tashkiliy tadbirlarni bilish lozim.  
To‘g‘ri  texnik  xizmat  ko‘rsatish  va  rejaviy-ogohlantiruv  ta’mirlash  ishlari 
binolarining  me’yoriy  xizmat  muddatini  ta’minlaydi.  Texnik  ekspluatatsiyani 
tashkillashtirishda  binolarni  konstruksiya  va  qurilmalari  materialini  hoh 
me’yoriy, hoh barvaqt edirilishini va eskirishini keltirib chiqaruvchi sabablarni 
bilish lozim.  
Binolar vazifasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:  
1) fuqaro binolari va ularga quyidagilar taalluqli; 
a) turar-joy va jamoat
b) xizmat ko‘rsatuvchi va maishiy; 
v) jamoat- madaniy (teatrlar, shifoxonalar, o‘quv binolari); 
2) sanoat  binolari  (ishlab  chiqarish  va  transport  extiyojlariga  xizmat 
ko‘rsatuvchi,ssex, issiqlik elektr stansiyalari va boshqa shu kabi binolar).  
3) qishloq xo‘jalik binolari.  
Binolarni  ekspluatatsiya  qilish  qurilgan  ob’ektlardan  foydalanishni,  ya’ni 
ularning  xonalari  bo‘sh  qolmasligini  ko‘zda  tutadi.  Masalan,  ekspluatatsiya 
turar-joy  xonalaridan  fuqarolarning  yashashi  nazarga  olinadi.  Istiqomat 
qiluvchilarning  extiyojini  qondirish  barcha  muhandislik  tizimlarini  (suv 
o‘tkazgichlar, oqava suvlar, issiq suv  ta’minoti, issiqlik ta’minoti, shamollatish, 
lift qurilmalari) me’yorida ishlab turishi lozim.  
Binolar  ekspluatatsiyasi  2  turga  bo’linadi.  Binolarga  xizmat  ko‘rsatish  va 
binolarni texnik ekspluatatsiya qilish (12.1-rasm). 


 291 
 
 
Binolarga  texnik  xizmat  ko‘rsatish  deganda  ularning  xonalaridan, 
muhandislik  tarmoqlaridan,  atrofidagi  xududdan  foydalanish  mobaynida  lozim 
bo‘lgan holda tutilishi ta’minlashga aytiladi. Xizmat ko‘rsatish pasport ishlarini, 
tashkilotlar  bilan  yashovchilar  o‘rtasidagi  o‘zaro  hisob-kitoblarni,  bino 
hovlisidagi sanitariya tozalash va supurish-sidirishlarni ko‘zda tutadi.  
Texnik  ekspluatatsiya  esa  rejaviy-ogohlantiruv  (kapital  va  joriy)  va  ko‘zda 
tutilmagan ta’mirlashlarni o‘tkazishni, hamda ko‘riklar va qurilmalarni sozlashni 
nazarda tutadi.  
Bino  va  uning  ayrim  konstruksiyalari  ekspluatatsiya  mobaynida  tabiiy 
omillar ta’sirida eskiradi. Bunday eskirish jismoniy eskirish deyiladi. Binolarni 
buzilishsiz  ishlatishni  ta’minlash  uchun  eskirish  jarayonini  to‘xtatib  turishga 
yoki  uni  daf  etishga  yo‘naltirilgan  tadbirlarni  o‘rnatilgan  talablar  asosida 
o‘tkazish  lozim.  Biroq  boshlang‘ich  holatni  to‘la  tiklashni  hatto  kapital 
ta’mirlashlar  natijasida  hali  amalga  oshirib  bo‘lmaydi.  Gap  faqatgina  binoning 
barcha  unsurlarini  me’yoriy  muddatlarda  durust  ishlatishni  ta’minlovchi 
tadbirlar ustida borayapti.  
Ta’mirlash ishlari bo‘lmagan holda esa eskirish jarayoni tezlashadi va bu 
holat binoni barvaqt ishdan chiqishiga olib keladi. 
Me’yoriy  xizmat  muddati  deganda  binoning  asosiy  yuk  ko‘taruvchi 
konstruksiyalarining  o‘rtacha  yig‘ma  muddatiga  aytiladi.  Bu  muddat  ichida 
binoning  yuk  ko‘taruvchi  konstruksiyalari  o‘z  vazifalarini  bajaradi,  ya’ni 
binoning  umrboqiyligi  deyiladi.  Binoning  me’yoriy  xizmat  muddati  uning 
vazifasiga, hamda qo‘llaniladigan ashyo va konstruksiyalarga bog‘liq.  


 
292 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
12.1-rasm. Binolarga texnik xizmat ko‘rsatish tadbirlari sxemasi

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish