va mamlakatlar o'rtasida aloqalaming yo'qligi, axborotlarning ochiq- oydin yoki oshkora keng tarqalishini istamaslik shular jumlasi- dan. 4. Til bilan bog'liq to'siq. Axborotni olish imkoniyati mavjud, ammo u foydalanuvchi bilmaydigan tilda yozilgan. Bu holda u mazkur hujjatdan bosh tortadi. Huquqiy axborotlarning tarqatilishi ba’zan ortiqchalik bilan ham bog'liq bo'ladi. Huquqiy axborotlarning ijobiy ortiqchaligidan butun kommunikatsiya jarayonini maqbullashtirish maqsadi ko'zlanadi. Ijobiy ortiqchalik ommaviy axborot vositalari tomonidan ham qo’llanadi (aholi yaxshi o'zlashtirishi uchun o'ziga xos vaziyatlar www.ziyouz.com kutubxonasi
qayta-qayta takrorlanadi).Qonun chiqaruvchi ijobiy ortiqchalikdan normativ hujjatlarning idrok etilishi darajasini oshirish uchun foy- dalanadi. Informatika qoidalaridan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bevosita bog'liq bo'lgan ko'pgina asosiy qonun- larda mazkur muammoga bevosita daxldor bo'lgan konstitutsiyaviy norma va qoidalarning ifoda etilishi maqsadga muvofiqdir. Salbiy ortiqchalik axborot jarayonining maromini buzadi. U o'ziga xos «to'siq» yoki «shovqin» vazifasini bajaradi. M a’muriy- buyruqbozlik sharoitlarida qabul qilingan ko'pgina qonun hujjatlar- iga xos bo'lgan deklarativ norma va qoidalar shular jumlasidandir. Deklarativ qonun va normalaming xususiyati shundaki, ular amal ga oshirish mexanizmiga ega emas. Bunday qonunlar tartibga solish va o'zini o'zi tartibga solish funksiyasini bajarmaydi va shuning uchun ham salbiy ortiqchadir. Normativ huquqiy hujjatlarni tayyorlash saviyasining yuqoriligi salbiy ortiqchalikni yengish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Axborotlar ni ma’lum asosiy tushunchalar kiritish, deklarativ qoidalarni bar- taraf etish, hujjat konsepsiyasini chuqur ishlab chiqish yo'li bilan tuzish mumkin. Normativ matniga mazkur hujjatni tavsiflovchi prin- siplarning kiritilishi ham samarali bo'lishi mumkin. Axborot-kommunikatsiya jarayonining so'nggi bo'g'ini - axborot- lardan qaror qabul qilish (hukm chiqarish, qonun loyihasini ishlab chiqish, yuridik hujjat tuzish va h.k.) uchun foydalanishdir. Moddiy resurslardan foydalanishdan farqli o'laroq, axborotlardan foydalan ish ularning yo'qolishiga (yoki o'zgarishiga) olib kelmaydi. Bu axborotlardan qayta-qayta foydalanish imkonini beradi. Axborotlardan foydalanish quyidagilami o'z ichiga oladi: axborot ni idrok etish; uning shubhasiz to'g'riligini baholash, mantiqiy va kasbiy yuridik tahlildan o'tkazish, undan mantiqiy - induktiv (xu- susiydan umumiygacha) va deduktiv (umumiydan xususiygacha) xulosalar chiqarish uchun foydalanish; qaror qabul qilish (jinoyat, fuqarolik, xo'jalik ishi bo'yicha).