bilan tartibga solinadi.
Axborot normalari axborotlar sohasidagi munosabatlarning xu-
susiyatidan kelib chiqib axborot ishlab chiqarish, tarqatish va
undan foydalanishda huquq subyektlarining huquqlari, burchlari
va javobgarligini tartibga soladi. Bunday normalar bilan tartibga
solingan axborotlar sohasidagi munosabatlar huquqiy munosabat
larga aylanadi. Masalan, konstitutsiyaviy qonun hujjatlari miq
yosida negiz xususiyatiga ega bo'lgan axborot normalari amal
qiladi (bu O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29, 30 va
boshqa moddalari).
Shu narsa e ’tiborga molikki, normativ hujjatlarga huquq va
siyosat sohasini axborotlashtirish jarayonlariga taalluqli bo'lgan
normalar ham kiritilmoqda. «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-
ga saylovlar to'g'risida»gi qonunning 25-moddasiga binoan saylov
kuni tashviqot yuritish, yuqori axborot markazlaridan quyi axborot
markazlariga biron-bir ma’lumot uzatilishiga yo'l qo'yilmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bir qator m a’muriy qonun hujjatlarida davlat organlarining
axborotlar sohasidagi maqomini, axborot olish va uzatishdagi
huquq va majburiyatlar, bu normalami buzganlik uchun javobgar
lik asoslari va tartibini o'rnatuvchi yoki ularga aniqlik kirituvchi
axborot-huquqiy normalar mavjud.
Xalqaro huquq hujjatlarida ham juda ko'p huquqiy normalarga
duch kelish mumkin. Masalan, Inson huquqlari umumiy deklarat-
siyasining 19-moddasida belgilangan normaga muvofiq har bir
odam har qanday vositalar bilan va davlat chegaralaridan qat’iy
nazar erkin axborot qidirish, olish va tarqatishga haqlidir.
Harbiy-siyosiy sohada nazorat qilish va o'zaro tekshirish tarti
bini tartibga soladigan axborot normalari o'matiladi. Bundan dav-
latlar o'rtasidagi ishonch darajasini oshirish maqsadi ko'zlanadi.
Alohida axborot-huquqiy normalar «tematik» normativ hujjatlar-
ga ham kiritilgan. Masalan, bunday normalar ekologik, demografik
qonun hujjatlari, fan-texnika taraqqiyoti haqidagi qonun hujjatlari
va boshqa tarmoq qonun hujjatlarida mavjud1.
Axborot normalarini quyidagicha turkumlash mumkin: konstitut-
siyaviy axborot normalari - umumiy mazmunga ega axborot qoi-
dalari, insonning axborot olish huquqi, uni amalga oshirish ka-
folatlari va mexanizmlarini o'rnatuvchi axborot normalari. Amal
qilish sohasiga qarab universal, mintaqaviy va partikulyar axborot
normalari; yuridik kuchiga qarab - imperativ va dispozitiv axborot
normalari; huquq tizimidagi funksiyalariga qarab - moddiy va
protsessual axborot normalari; yaratish usuli va mavjudlik shakli-
ga (manbasiga) qarab - shartnomaviy, xalqaro axborot normalari
hamda xalqaro tashkilotlarning qarorlari farqlanadi.
1 Axborot normasi tushunchasini kengaydrish mumkin emas. Chunonchi, ma’lum
axborot «yuki»ga ega bo‘lsa-da, o'zining ichki tabiatiga ko'ra boshqa huquqiy
tartibga solish sohasiga mansub bo'lgan huquq normalari axborot normalari
hisoblanmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |