« Dasturiy ta’minlash vositasi noto'g'ri ishlashi natijasida axborotning yo'qolishi: — dasturiy ta’minlash vositasining xatolari natijasida ma’lumotlaming yo'qolishi yoki o'zgarishi; — sistemaning kompyuter viruslari bilan zararlanishi. Sistemaga g'ayriqonuniy kirish bilan bog'liq yo'qotishlar: — axborotdan g'ayriqonuniy tarzda nusxa ko'chirish, uni yo'q qilib yuborish yoki soxtalashtirish; — begona shaxslarning sirini tashkil etuvchi maxfiy axborot bilan tanishish. Arxiv ma’lumotlari noto'g'ri saqlanishi natijasida axborotning yo’qotilishi. Xizmat ko'rsatuvchi xodimlar va foydalanuvchilarning xatolari: — ma’lumotlar tasodifan yo'q qilib yuborilishi yoki o'zgartirilishi; — dasturiy ta’minlash vositasidan noto'g'ri foydalanish.