jamg'armalari va tashkilotlari soni ko'paydi. Respublika axborot
jabhasi milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi kanallardan biriga ay-
landi.
Milliy xavfsizlikning axborot sohasidagi asosiy yo'nalishlaridan
biri axborot olishda va undan foydalanishda inson va fuqarolar-
ning konstitutsion huquqlariga rioya qilish, jamiyatning ma’naviy
qadriyatlarini, milliy an’analarini, davlatning madaniy va ilmiy po-
tensialini saqlash va rivojlantirish, mahalliy va xalqaro hamjamiy-
atga davlat siyosati bo'yicha haqqoniy ma’lumotlarni yetkazish
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan bog'liq bo'lgan O'zbekistonning davlat siyosatini va ichki
hamda xalqaro hayotdagi xodisalar bo'yicha davlat mavqeini in-
formatsion jihatdan ta’minlash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |