qilish maqsadida amaldagi jinoyat qonunchiligi bazasi mustahkam-
landi. Masalan, 1986-yilda AQSH Kongressi tomonidan «Kom-
pyuterlar yordamida amalga oshiriladigan firibgarlik va
suiiste’molliklar to‘g‘risida»gi Qonun, 1 9 9 0 -yil Buyuk Britaniya
parlamenti tomonidan «Kompyuterlardagi suiiste’molliklar
to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi1. Bu mamlakatlarda ushbu so
hadagi qonunlaming qabul qilinishi kompyuter, axborot texnologi-
yalariga oid jinoyatchilikning kamayishi, umuman olganda, uni
nazorat qilish tizimini shakllantirishga olib keldi. Nazarimizda re-
spublikamizdagi mavjud shu soha qonunchiligi rivojlangan mam-
lakatlar tajribasidan kelib chiqib takomillashtirilsa maqsadga mu
vofiq bo'lar edi.
Axborot texnologiyalari mulkdori va egalari qoidabuzardan quy-
idagilarni talab qilishga haqli:
huquqni tan olish;
huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadi-
gan yoki uni buzilishi xavfini tug'diradigan harakatlarning oldini
olish;
olinmay qolgan foyda bilan birga keltirilgan zararni qoplash;
huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o'zgartirish.
1 V.S.Komissarov. «Prestupleniye v sfere kompyutemoy informatsii: ponyatiye i
otvetstvennost». Yuridicheskaya mir. №2, str.10
www.ziyouz.com kutubxonasi
Fuqarolik huquqida belgilangan talablarni bajarmaydigan jis
moniy va yuridik shaxslar huquq buzuvchilar deb tan olinadi.
Sudlar qonunchilikda belgilanganidek javobgar yoki huquq buz-
ilishiga yetarli asos bor deb tanilgan shaxslarga ma’lum harakat-
larni tayyorlash, foydalanish, sotish, ijaraga berish, chetdan kel-
tirish, shuningdek qonunsiz ishlab chiqilgan deb taxmin qilina-
yotgan asarlar nusxalarini savdoga kiritish maqsadida egalik qil
ish, saqlab turish, sodir etishni taqiqlash haqida qaror chiqarish
mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1097-moddasida
oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza
qilish huquqining boshqa shaxsga o'tishi tartibi ham belgilangan.
Ma’lumki, axborot texnologiyalari bilan ishlaydigan elektron alo-
qa vositalari axborotlar manbai yoki ommaviy axborot vositasi
sifatida reklama bilan ham shug'ullanib keladilar. Nazarimizda,
axborot texnologiyalariga asoslangan reklama faoliyati ham huqu
qiy jihatdan qayta ko'rib chiqilishi kerak. Reklamadan o'zgalaming
foydalanishini zamon talabi va bozor qonunniyatlari asosida mus
tahkamlash zarur. Reklamani tayyorlash, tarqatish va undan foy
dalanishdan kelib chiqadigan munosabatlar doirasi litsenziyada
rasmiylashtiriladi. Litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari ro'yxati
esa O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan.
Axborot texnologiyalaridan biznesning turli ko'rinishi - u bilan
savdo qilish, uni ijaraga berish, unda reklamada foylanash kabilar
va boshqa faoliyatlarda huquqiy munosatlami tartibga solib borish-
da doimiy ravishda qonunchilik takomillashtirib borilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |