ta’sirini o'matish, davlatning ko'rsatib o'tilgan sohalardagi siyosat-
larini qat’iy chegaralab qo'yish;
ijtimoiy ahamiyatga molik sohalarda axborotlarning yaratilishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
va tarqatilishini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, axborotlashtirish
ta’sirida sodir bo'ladigan o'zgarishlami prognostik baholashni tashkil
etish;
ta’lim sohasidagi yangi texnologiyalami rag'batlantirish;
axborot jamiyatini yaratish jarayonida tug'iladigan yetuk muam-
molarning muhokama qilinishi va hal etilishiga yordam berish.
Ommaviy axborot vositalari va siyosiy axborotlarning boshqa
manbalari jamiyatga mamlakat va jahonda sodir bo'layotgan vo-
qea-hodisalar haqida o'z vaqtida va to'g'ri axborot berib borilishi-
ni ta’minlashlari zarur. Bunda yolg'on siyosiy axborotlarning be-
rilishi, ommaviy axborot vositalaridan bir tomonlama partiyaviy
manfaatlarda foydalanilishi qat’iy istisno etilishi lozim. Axborotlar
sohasidagi siyosatning muhim maqsadlaridan biri ommaviy axborot
vositalarining monopoliyalashtirilishi tendensiyalarini yengishdan
iborat bo'lishi kerak. Davlatning islohotchilik siyosatiga qarshi
bo'lgan siyosiy guruhlar, partiyalar va harakatlarning mafkuraviy
faoliyatiga o'z vaqtida javob qaytarish zarur.
M a’naviy-huquqiy sohada bu siyosat qabul qilinayotgan qonunlar
va boshqa normativ hujjatlar, jamiyatning huquqiy hayotidagi bar
cha e’tiborga molik hodisalar haqida fuqarolarga to'liq axborot
berib borilishini ta’minlashi lozim. Ommaviy axborot vositalarida
bolalik va o'smirlikning ma’naviy manfaatlarining himoya qilinishi
ta’minlanishi zarur.
O'zbekiston jamiyati turmushining m a’naviy va huquqiy
asoslarini mustahkamlash maqsadida jinoyatchilikni dastlabki bos-
qichida ogohlantirish tizimini zudlik bilan tiklash, uning samarador-
liginini oshirish uchun huquqiy axborotlarni tartibga solishga ki-
rishish talab etiladi. Axloqiy mavzulardagi ko'rsatuv va eshittirish-
lar sonini oshirish hamda ularning sifatini yaxshilash lozim. Diniy
mavzudagi ko'rsatuv va eshittirishlarning m a’naviy potensialidan
foydalanish zarur.
Normativ-huquqiy sohada: jahon andozalariga mos keladigan
axborotlar va axborotlashtirish to'g'risidagi izchil demokratik qonun
hujjatlarini ishlab chiqish, «Huquqiy axborotlar to'g‘risida»gi Qonunni
tayyorlash va qabul qilish; ko'rib chiqilayotgan sohada huquqni
qo'llash amaliyotini mustahkamlash; tarqatilayotgan huquqiy axborot-
laming soni va sifatini oshirish maqsadga muvofiqdir. Bu ayniqsa
xususiy kompyuter firmalari tomonidan tarqatiladigan qonun huj-
jatlari va boshqa normativ hujjatlarning matnlariga tegishli.
www.ziyouz.com kutubxonasi
VI BOB. A X B O R O T XAVFSIZLIG I SOHASIDAGI
M U N O SA B A TLA R N IN G HUQ UQ IY MASALALARI
Do'stlaringiz bilan baham: |