jinoyatchilikka qarshi kurashning ancha samarali vositasi hisobla- nadi. Interpolning kartotekasi uch bo'limdan iborat: alohida jinoyatlar haqidagi ma’lumotlar dosyesi; fotosuratlar va o'n barmoqli dakti- lokartalar to'plami; xalqaro xususiyatga ega jinoyatlar ro'yxatga olingan hujjatlar. Interpolning telekommunikatsiya tarmog'i uch bo'g'inli tuzilishga ega. Birinchi bo'g'in 190 ta Milliy Markaziy Byuro va 14 ta kichik byuroni o'z ichiga olgan. Ikkinchi bo'g'in mintaqaviy stansiyalarni o‘z ichiga oladi. Bu stansiyalar o'z mintaqalari uchun ma’lumotlar to'playdi va uzatadi. Uchinchi bo'g'in Lionda joylashgan markaziy stansiyani o'z ichiga oladi. Bu stansiya turli mintaqalardan kela- digan axborotlar oqimini nazorat qiladi va muayyan milliy markaziy byurolarga mintaqaviy stansiyalar orqali axborot uzatib turadi. AQ SH Kongressi tomonidan Jahon huquqiy axborotlar kom pyuter tarmog'i (JLIN) loyihasi ishlab chiqildi. Uning vazifasi bar- www.ziyouz.com kutubxonasi
cha davlatlarning normativ hujjatlari massivlarini birlashtirish va ulardan foydalanish imkoniyatini yaratishdan iborat. Huquqiy axborotlar milliy fondi tushunchasi shakllanmoqda. O'zbekistonning huquqiy axborotlar milliy fondi vazifasini Adliya vazirligining Huqu qiy axborotlar ilmiy markazi bajaradi. Jahon va xalqaro kompyuter tarmoqlarining tashkil etilishi mu- rakkab huquqiy masalalarni hal qilish zarurati bilan bog'liq. «Xalqaro axborot almashishda ishtirok etish to‘g‘risida»gi Qonun ana shu muammoga bag'ishlangan. U xalqaro axborot almashish - O'zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali axborot mah- sullarini uzatish va olish, shuningdek axborot xizmatlari ko'rsatishni tartibga soladi. Mazkur qonun shuningdek O'zbekiston Respubli kasining davlat axborot resurslarini to'ldirish uchun respublika hududiga olib kiriladigan hujjatlashtirilgan axborotlaming (shu jum ladan sotib olinadigan hujjatlashtirilgan axborotlaming) tarkibini aniqlash tartibini hamda ularni sotib olish tartibini ham belgilaydi. Xalqaro axborot almashish sohasida monopolistik faoliyat va g'irrom raqobatga yo'l qo'ymaslik va buning oldini olish respublika monopoliyaga qarshi organi tomonidan O'zbekiston Respublikas ining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Xalqaro axborot almashish natijasida olingan noto'g'ri (yolg'on) xorijiy hujjatlash tirilgan axborotlarni O'zbekiston Respublikasi hududida tarqatilish- iga yo'l qo'yilmaydi. Axborot tizimlarini xalqaro axborot almashish vositalari tarkibiga kiritish mazkur axborot tizimlari xalqaro kodga ega bo'lgan taqdirda amalga oshiriladi. Xalqaro axborot almashish vositalari tarkibiga davlat axborot tizimlarini kiritish O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat texnik komissiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Hukumat aloqasi xizmatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.