ma’lumotlar bazalari kiradi. Viloyatlarda ko'p sonli hududiy axborot
markazlari va xizmatlari tashkil etiladi. Bu yerda ikki yo'nalishda
faoliyat ko'rsatish zarur:
1) idoraviy va milliy miqyosdagi barcha huquqiy axborot
markazlari va xizmatlarini integratsiya qilish;
2) mintaqaviy miqyosda tashkil etilgan markaz va xizmatlarni
integratsiya qilish, ya’ni bu o'rinda mintaqalararo hamkorlik
haqida gap boradi.
MDHga a’zo davlatlar o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning
kengayishi va chuqurlashishiga har bir mamlakatning huquqiy
hujjatlari haqidagi tezkor, to'liq va to'g'ri ma’lumotlaming mavjud
emasligi to'sqinlik qilib turibdi. Milliy qonunchiliklarning jadal o'sishi,
ular o'rtasida tuzilgan ko'p tomonlama va ikki tomonlama bitimlar
sonining ko'payib borayotgani, shuningdek milliy qonunchiliklar
Do'stlaringiz bilan baham: |