Huquqiy axborotlarni olish tartibi ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasiga muvofiq, fuqaro- larning shaxsiy hayotiga tegishli m a’lumotlardan foydalanilishi mumkin emas. Yuridik muassasalar ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy turmush faktlari va hod- isalarini yoritish ishida faol ishtirok etadilar. Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqarish mumkin: so'nggi yillarda qonunchilikning rivojlanishi ommaviy axborot vosi- talarining huquq sohasidagi faoliyatining normativ negizini yaratib berdi. Shu bilan birga, mazkur qonun hujjatlari mukammal emas, ular tartibga keltirilishi va qat’iy tizimga solinishi lozim. Ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborotlar sohasidagi funksiyalarini quyidagicha tavsiflash mumkin: 1. Axborot funksiyasi: jamiyatning turli ijtimoiy tabaqalari va ijtimoiy guruhlariga axborot berish; yangi qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning tayyorlanishi va qabul qilinishi haqida xabarlar berish. 2. Operativ funksiya: davlatning muhim huquqiy hujjatlariga nisbatan jamiyatning munosabatini aniqlash. 3. Muvofiqlashtirish runksiyasi: ko'pchilik fuqarolar va ijtimoiy tabaqalarda huquqiy qadriyatlar modellarining birligini o'matish. 4. Mafkuraviy funksiya: har bir fuqaro va butun jamiyatda yuksak darajadagi huquqiy ongni tarbiyalash, qonuniylik va hu- quq-tartibot g'oyalarini targ'ib qilish; qonun hujjatlari, institutlari va normalarini ilmiy-amaliy talqin qilish amaliyotini tarqatish; huquq ijod qilish, huquqni qo'llash va muhofaza qilish organlarining faoliyatini yoritib borish. Ko'rib chiqilayotgan sohada hal qilinmagan masalalar juda ham ko'p. Yaqin vaqt ichida quyidagi vazifalarni hal qilish zarur: ommaviy axborot vositalari faoliyati masalalarini yanada puxta tartibga solish; ommaviy axborot vositalarida O'zbekiston huquqi (konstitutsiya- viy, fuqarolik, jinoyat huquqi va boshqalar)ning har xil institut va normalari teng hajmda yoritilishiga erishish; www.ziyouz.com kutubxonasi
tahliliy asosni yanada kuchaytirish - ommaviy axborot vosita larining asosiy vazifasi davlat va huquq haqida umumiy tasawur berish, turli ijtimoiy tabaqalaming huquqiy ongini o'stirishdan ibo rat ekanligini nazarda tutish; materiallar taqdim etishning yuksak madaniyatiga erishish; barcha ommaviy axborot vositalarida davlat va huquq haqidagi ma’lumotlarning muntazam va tizimli oqimlarini tashkil etish. Ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborotlar tarqatish sohasidagi faoliyati rasmiy e ’lon qilish bilan to'ldirilishi lozim. Normativ hujjatlarni rasmiy e’lon qilish - muhim axborot kanal- laridan biridir.