Abdujabbor muhammadiyev


§3.  Tizimlami  tahlil  qilish  metodi



Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/417
Sana06.07.2021
Hajmi6,82 Mb.
#110236
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   417
Bog'liq
Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)

§3.  Tizimlami  tahlil  qilish  metodi
Tizim -bu  komponentlarining  funksiyalariga  bog'liq  bo'lmagan 
ayrim  umumiy  funksiyaning  bajarilishi  bilan  birlashtirilgan  o'zaro 
aloqador,  nisbatan  mustaqil  elementlarning  majmuidir.  Tizim  tush­
unchasi  umumiy  huquq  nazariyasida  va  tarmoq  yuridik  fanlarida 
ancha  keng  qo'lianadi:
huquq  tizimi;
huquqiy  tartibga  solish  tizimi;
davlat organlari  tizimi;
siyosiy tizim;
dalillar  tizimi  (jinoyat,  fuqarolik  yoki  xo'jalik  ishlari  bo'yicha).
Huquq tizimini  o'rganishda  uning  barcha  iyerarxik  pog'onalarida 
«tizim»  atamasi  va  tizimli  tahlil  metodlari  qo'llaniladi.  Bilishning 
ko'pgina  xususiy  metodlari  negizida  tizimli  yondashuv  yotadi.  U 
empirik  faktlarni  umumlashtirishning  usullaridan  biri  bo'lib,  ele- 
mentlarni  bir  butunga  birlashtirish  natijasida  vujudga  keladigan 
integrativ  sifatlarni  aniqlashga  e’tiborni  qaratish  imkonini  beradi.
Qonunni  tizimli  tahlil  qilish  metodologiyasi  tizimni  hosil  qiluvchi 
barcha  aloqa,  omil  va  konstruksiyalarni  aniqlash;  bu  aloqalarni 
maqbullashtirish,  ya’ni  qonunning  sifati  va  samaradoriigini  yaxshi- 
lash;  qonunning  yaxlitligi  va  samaradoriigini  oshirishda  har  bir 
aloqaning  roli  va  funksiyalarini  aniqlashni  o'z  ichiga  oladi.
Tizimli-komponentli  aspekt  tizim  tarkibining  o'rganilishini  aks 
ettiradi.  Bunda  o'zaro  ta’sirini  tizimning  yaxlitligi  ta’minlaydigan 
komponentlar  ajralib  chiqadi.
Tizimli-tuzilmaviy aspekt tizim  elementlarining  ichki  aloqalari  va 
o'zaro  ta’sirini  o'rganishni  nazarda  tutadi.  Tuzilma  tizimning  ichki 
shakli  sifatida  tushuniladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tizimli-funksional  aspekt ushbu tizimning  komponentlari o'rtasida; 
komponentlar  va  tizim  o'rtasida;  tizim  va  u  tarkibiga  kiradigan 
boshqa  tizim  o'rtasidagi  axborot-funksional  bog'liqliklami o'rganishni 
nazarda  tutadi.
Tizimli-kommunikatsion  aspekt tizimning  atrof muhit  bilan  o'zaro 
ta’sirini  o'rganishni  va  salbiy  omillarni  tahlil  qilishni  nazarda  tutadi.
Tizim  tushunchasi  muhim  normativ  huquqiy  hujjat -  qonunga 
nisbatan  ham  qo'llanishi  mumkin.  Qonun —bu  har  xil  vazifalarni 
bajaruvchi,  qonunning  yaxlitligi  va  barqarorligini  ta’minlovchi  har 
xil  darajadagi  va  har  xil  xususiyatlarga  ega  bo'lgan  o'zaro  aloqa 
qiluvchi  norma,  prinsip  va  huquq  tuzilmalarining  yaxlit  majmuidir.
Qonunning  tuzilishida tizim  hosil  qiluvchi omillar vazifasini qonun 
konsepsiyasi,  qonunning  prinsiplari,  boshqaruv  konsepsiyasi,  in­
son  va  fuqaroning  huquq  va  erkinliklarining  in’ikosi  bajaradi. 
Qonunda  umumiy  huquq  nazariyasining  ko'pgina  muhim  kategori- 
yalari -  huquq  subyekti,  huquqiy  tartibga  solish  mexanizmi,  ijtimoiy 
va  yuridik  maqsadlar,  ijtimoiy  munosabatlar,  huquqiy  munosabat­
lar  va  boshqalardan  foydalaniladi.
Amalda  qonunning  tizimliligi  talablari  ba’zan  buziladi.  Bu,  masa­
lan,  huquq  normalari  va  huquq  hujjatlari  o'rtasidagi  ziddiyatlarda, 
ulaming  samarasizligida,  elementlarning  yaxlitligi  va  muvozanati 
prinsipining  buzilishida  o'z  ifodasini  topadi.  Turli  vaqtlarda  va  har 
xil  holatlar munosabati  bilan  e’lon  qilingan  qonun  hujjatlari  ba’zan 
o'zaro  mos  kelmaydi.  Bu  qonunning  qo'llanishi  jarayonida  qiyin- 
chiliklar tug'diradi,  qonunchilikning  samaradorligini  pasaytiradi.  Bu 
esa  normativ  huquqiy  hujjatlarni  tizimga  solish  zaruratini  keltirib 
chiqaradi.

Download 6,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish