axborotning boshqa resurslardan ustuvorligi ta’minlanadi;
jamiyat negizini eng yangi axborot texnika va texnologiyalari
yordamida bilimlarni avtomatlashtirilgan yo'sinda jamg'arish,
saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish tashkil etadi;
axborot texnologiyalari global xususiyat kasb etadi;
butun kishilik taraqqiyotining yagona axborot maydoni vujudga
keltiriladi, informatika vositalari yordamida har bir inson butun
jahondagi axborot resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatiga
ega bo'ladi;
ko'pgina ishlovchilar axborotlar, ayniqsa, ularning eng oliy
shakli - bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va
amalga oshirish bilan band bo'ladi;
www.ziyouz.com kutubxonasi
kishilik taraqqiyoti va evolutsiyasining barcha bosqichlariga
doir axborotlarni o'z ichiga olgan global kompyuter xotirasi vu
judga kelti riladi;
iqtisodiy bilimlar va texnologik axborotlarga asoslangan infor-
matsion iqtisodiyot rivojlanadi.
Axborot jamiyati konsepsiyasi fan va amaliyot sohasining
e’tiborini qozondi. Shu bilan birga, unga baho berishda ma’lum
darajada ehtiyotkoriik talab etiladi. Qator ilmiy maqolalarda axborot
jamiyati va axborot texnologiyalarining ahamiyatini haddan tashqari
oshirib ko'rsatish (absolyutlashtirish) kuzatiladi.
Ilmiy futurologiya bo'lajak ijtimoiy taraqqiyotning konsepsiyalari
haqidagi ma’lumotlami olishni nazarda tutadi. Ular jumlasiga: postin
dustrial jamiyat; posttotalitar jamiyat; aralash jamiyat konsepsiya-
larini kiritish mumkin.
Jumladan, «aralash jamiyat» - bu har xil ijtimoiy kuchlar va
ulaming tuzilmalari o'rtasidagi aloqalarning xususiyati jihatidan
prinsipial farq qiladigan yangi ijtimoiy tuzum shaklidir. Rivojlanayo-
tgan va rivojlangan m am lakatlarda kapitalizmdan ham,
«sotsializrmdan ham tubdan farq qiladigan yangi ijtimoiy tuzumlar
vujudga keladi. Bu ijtimoiy taraqqiyotning yangi, zamonaviy shak
lidir. Ta’bir joiz bo'lsa, bu «postkapitalistik» yoki «postsotsialistik»
jamiyatdir.
Aralash jamiyatning negizida awalambor har xil xo'jalik yuritish
shakllari - iqtisodiyotning xususiy, jamoaviy va davlat tarmoqlar-
ining rivojlanishi, raqobatlashishi, o'zaro aloqa qilishi va uzviy
bog'lanishi yotadi. Ijtimoiy sohada ijtimoiy-sinfiy tabaqalanish sekin-
asta zaiflashib boradi, ijtimoiy-professional tipga o'rin bo'shatadi
va h.k.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tipi mulkchilik shakllari, boyliklam-
ing taqsimlanishi va ijtimoiy tuzilma bilan belgilanadi. Metodologik
nuqtai nazardan axborot jamiyatini barpo etish konsepsiyasi futu-
rologik konsepsiyalar bilan aniq muvofiqlashtirilishi lozim. Bu un
ing ijtimoiy-iqtisodiy tabiatini tushunishga yordam beradi. Bunday
muvofiqlashtirish mavjud emas, bu esa mazkur konsepsiyaning
pozitsiyasini beixtiyor zaiflashtiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |