3-mavzu:
Biotsenoz xaqida ta‘limot. Biotsenozlar (jamoalar) haqida
tushuncha. Organizmlar orasidagi munosabat tiplari, turlararo
munosabatlar
Reja:
1. Biotsenoz xaqida ta‘limot
2. Biotsenozlar (jamoalar) haqida tushuncha.
3. Antibioz, simbioz, neytralizm munosabatlar
Tayanch iboralar: biotsenoz, fitosenoz, zootsenoz, mikrosenoz, trofik aloqalar,
forik munosabatlar, fabrik munosabatlarda, neytraliim, konkurensiya,
amensalizjm, mutualizm
3.1.
Biotsenoz xaqida ta‘limot.
Biotsenozlar tushunchasi, ta‘rifi va asosiy belgilari, biotsenoz ichidagi munosabatlar
Tabiyatda har xil turlar populatsiyalari birlashib, yuqori tuzilish va xususiyatlarga ega bo‘lgan
biologik birliklar yoki biotzenozlarni hosil qiladi. Biotsenozlar-bu o‘simlik, hayvon va
mikroorganizmlar populatsiylari guruhidan iborat bo‘lib, ma‘lum joyda birlikda yashashga
moslashgan biologik birlikdir. «Biotsenoz» atamasini 1877-yili nemis zoolog olim Myobius
fanga kiritgan. Membius biosenozni quyidagicha ta'riflaydi, ya'ni:
1.Biosenozga ma'lum joyda uchraydigan mikro va makroskopik formalar, o'simlik va
hayvonlarning hamma massasi kiradi;
2.Biosenozni hosil qiluvchi turlar bir-birlari bilan bog'langan va bir-birlariga qaramdir;
3.Biosenoz tashqi muhit omillari ta'siri ostida bo'ladi;
Quruqlikdagi biotsenoz bir xil yashash joyi, muhiti hududini egallasa, suv muhitidagi
biotsenozlar suv havzalarining qismlari bo'yicha bo'linadi, har qanday biotsenoz va biotop
(biologik organizmlar yashaydiganjoy) bilan dialektik birlik, yuqori darajada tuzilgan
biogeosenozni hosil qiladi.
Biogeotsenoz turli katta-kichik ekosistemalarda bo'ladi va ko'p xil murakkabligi bilan
farqlanadi. Masalan, o'rmon, tundra, dasht, cho'l biogeotsenozlari bir-birlaridan keskin
farqlanadi.
Biotsenoz o'z navbatida quyidagi komponentlarga bo'linadi: fitosenoz — o'simliklar,
zootsenoz — hayvonlar, mikrosenoz — mikroorganizmlar guruhlari.
Biotsenoz va uning komponentlarini bir-biridan ajratib bo'lmaydi, ularni har xil tur hamda
darajadagi bir biologik uyushma deb qarash kerak.
Biotsenozda ekologik nisha tushunchasi
• Turning umumiy biologik sistema ichidagi biotik munosabatlar va uning abiotik omillarga
bo‘lgan talabi, turning ekologik darajasi, yashash uchun ozuqa joyi-nishasi deb aytiladi.
• Ekologik joy-nisha tushunchasi ancha keng, ya‘ni makondagi nisha yoki makondagi ma‘lum
joy nisha; trofik nisha; ko‘p gomerli yoki giper hajimli nisha kabilar tushuniladi
• BiBiotsenoz ichida uchraydigan u yoki bu tur o'rtasidagi ko'p biotik munosabatlar — ozuqa
va yangi yashash joyni egallash ularning biosenoz ichidagi hayotiy o'rnini aniqlaydi.
• Professor V.N.Beklemishev tadqiqotlari bo'yicha biotsenozda turlararo bevosita va bilvosita
munosabatlar quyidagi 4 turga bo'linadi, ya'ni: trofik, topik, forik va fabrik munosabatlar.
• Ular quyidagicha ta'riflanadi:
• 1) Trofik aloqalar, munosabatlar biosenozdagi bir turning ikkinchi tur bilan, uning tirik
vakillari yoki o'lik qoldiqlari, mah-sulotlari bilan oziqlanish jarayonidan kelib chiqadi.
Masalan, ninachilarning hasharotlar bilan oziqlanishi, qo'ng'izlarning molok go'ng arilar
changi, yo'lbarslar turli o'ljalar, ularning qoldiqlari bilan oziqlanishi misol bo'ladi.
• osenozda turlararo munosabatlar tarifi.
• ) Tropik aloqalar, munosabatlar, bir tur hayot-faoliyati natijasida ikkinchi turning yashash
muhiti, fizikaviy va kimyoviy sharoiti o'zgaradi, ya'ni bir tur ikkinchi tur uchun yashash mu-
hitini yaratadi. Masalan, tirik organizmlar ichida uchraydigan ichki parazitlar yashashi uchun
ot, sigir, odam tanasi muhit hisoblanadi.
• 3) Forik munosabatlarda biosenozdagi bir tur ikkinchi turning tarqalishiga yordam beradi. Bu
holatda tashuvchi vazifasini ko'pchilik hayvonlar o'taydi (zooxoriya); hayvonlar juni, tanasiga
o'simlik urug'lari ilinib, yopishib bir joydan ikkinchi joyga tushadi.
• 4)Fabrik munosabatlarda biosenoz ichidagi bir tur o'zining yashash joyi uchun ikkinchi tur
qoldig'i, o'lik yoki tirik qismlaridan foydalanadi. Masalan, qushlar uya qurish uchun o'simlik
bargi, poyasi, butalar shoxi, boshqa qushlar patlari, hayvonlar junlari, paxta va lattalardan
ham foydalanadi. Daryolardagi toshlar ustida uchraydigan qurtlar loyqa, o'simliklar shoxi,
poyasi, bargidan foydalanadi.
• Biosenoz ichidagi har bir aniq tur o'zi uchun qulay fizikaviy muhitda yaxshi o'sadi, ko'payadi
va rivojlanadi. Tur tarqalishida fiziologik va sinekologik optimumlar farqlanadi.
• Fiziologik optimum — bu biotsenoz ichidagi turning o'sish, ko'payish va rivojlanishi uchun
hamma abiotik omillarning qulay bo'lishidir.
• Sinekologik optimum — bu biotsenoz ichidagi biotik aloqalar bo'lib, shu yerdagi tur boshqa
turlar ta'siri (raqobati, yirtqichlar, parazitlar)dan holi sharoit turning yaxshi rivojlanishiga
imkon beradi. Jumladan, don ekinlarining kushandasi gessen pashsha-sining ko'payib
ketishiga, uning ashaddiy dushmani parazit pardaqanotli hasharotning kam bo'lishidir.
4.Biosenoz vaqt bo'yicha doim turg'un va bir xil holatda bo'ladigan guruhlardan iborat
bo'ladi;
5.Biosenozni hosil qiluvchi vakillar o'z joylarida, biosenoz ichida ko'payish xususiyatlariga
egadir.
Hozirgi vaqtda Membius ko'rsatib o'tgan biosenozning shu belgilari o'zining tabiiy
xususiyatlarini saqlab qolgan.
3.2. Biotsenozlar (jamoalar) haqida tushuncha.
Jamoa — Ekosistemasining tirik ajralmas qismi bo‗lib, ma‘lum bir hududni egallagan,
bir-biriga o'zaro ta‘sir qo'rsatuvchi populatsiyalar yig'indisi hisoblanadi.
Masalan, emanlar jamoasi yoki shuvoqlar jamoasi deganda ana shu hududlarda yashovchi
barcha o‗simliklar va hayvonlami o'z ichiga oluvchi tirik organizmlar jamoasini e‘tiborga
olib, ularda emanlar va shuvoqlar us- tunlik qiladi. Shu sababli bu jamoalami emanlar yoki
shuvoqlar jamoasi deb yuritiladi.
Ba‘zi bir jamoalami aniqlash qiyinlik tug'diradi, chunki bu jamoaga kimvchi bir-birlari bilan
o'zaro munosabatda bo'lgan komponentlar o'z chegarasidan tashqariga chiqib ketgan bo'lishi
mumkin. Jamoa bu dinamik harakatda bo'lgan birlik bo'lib, unda har xil tropik darajada
bo'lgan organizmlar hayot kechiradi, jamoa orqali energiyalar oqimi hamda ozuqa
moddalaming uzluksiz almashinuvi bo'lib turadi.
Jamoaning tizimi ma‘lum vaqt ichida asta-sekinlik bilan shakllanadi. Bunga m iso I qilib,
vulqonlar ta‘sirida hosil bo'lgan yalong'och tog' jinslarida asta-sekinlik bilan jamoaning hosil
bo'lish jarayonini model qilib olish mumkin. Bunday jinslarda tuproq hali hosil bo'lmaganligi
sababli ularda daraxtsimon o'simliklar o'sa olmaydi. Biroq, har xil yo'llar bilan bu verlarga
kelib qolgan suvutlari va lishayniklar o'sib joylashib oladilar va jamoaning dastlabki tizimini
shakllantiradilan Sekin-asta halok bo'lgan va parchalangan suvo'tlari va lishayiiiklaming
qoldiqlari bu yerlarda tuproq qatlamining hosil bo'lishiga olib keladi, natijada, bunday
joylarda moxsi- monlar va paporotniklarning o'sishi va rivojlanishi uchun imkoniyat vu-
judga keladi. Pirovardida ulardan so'ng yuqori taraqqiy etgan urug'li o'simliklaniing o'tsimon,
bo'tasimon va hattoki daraxtsimon vakillari paydo bo'la boshlaydi. Ana shu yuqorida aytilgan
sxemalardagidek ma‘lum davr ichida bir turlarning ikkinchi bir turlar bilan almashinishi
ekologik sulcsessiya deyiladi. Shunday jamoalarning hayvonlar dunyosida ham bir turning
ikkinchi tur bilan almashinib turishi kuzatiladi. Bunday almashinib turishga turlarning
almashinishi yoki qo'shni jamoalardan turlarning mi- gratsiyasi (kirib kelishi) sabab bo'ladi.
Tog' jinslaridagi dastlabki paydo bo'lgan suksessiyalar birlamchi sukses- siyalar deyiladi.
Birlamchi suksessiyadan farq qilib ikkilamchi suksessiya deb ilgari tirik organizmlar
yashagan qoldiqlari bo'lgan, biroq hozirgi kunda o'simliklari juda kam rivojlangan joylarda
boshlanayotgan suksessiyaga ayti- ladi. Ana shunday ikkilamchi suksessilarga misol qilib,
kesilgan o'rmonlarni, qishloq xo'jaligida foydalanib keliiigan, biroq kuygan va tashlab
qo‗yilgan yerlarni olish mumkin. Ana shunday joylarda o'simliklarning sporalari, uaig'lari,
vegetativ ko‗payish organlari (Udizpoyalar, piyozboshlar) saqlanib qolib, suksessiyaning
shakllanisliiga ta‘sir ko'rsatadilar. Birlamchi va ikkilamchi suksessiyalarda ham uni o‗rab
turgan flora va fauna hal qiluvchi rolni o‗ynaydi, ana shular ishtirokida suksessiyalar bo‗lib
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |