14. ГЛОССАРИЙ
Populyasiya
Ma’lum maydonni egallagan va biologik sikllarning umumiy maromiga
ega bo’lgan bir tur individlarining guruhi. Populyasiya muhit
o’zgarishiga o’z genofondini qayta qurish
orqali javob beradigan
evolyusiya jarayonining elementar birligi bo’lib hisoblanadi.
Tabiiy ekotizim
Tabiiy muhitning obyektiv tarzda mavjud bo’lgan qismi, u hududiy
chegarasiga ega bo’lib, unda tirik va notirik elementlar yagona birlik
sifatida o’zaro ta’sir ko’rsatadi va bir-biri bilan modda va energiya
almashinish bo’yicha bog’langan bo’ladi.
Turlar xilma-xilligini
saqlash
Populyasion turlar tarkibini muhofaza qilishga, turlar sonini ular mavjud
bo’lishini ta’minlaydigan darajada saqlab turishga qaratilgan tadbirlar
majmui (u siyosiy va diniy bo’lishi mumkin).
Atrof muhit
Tabiiy muhit, tabiiy va tabiiy –
antropogen, hamda antropogen
obyektlar komponentlarining majmuasi.
Biosfera
Yerning tirik organizmlar yashaydigan tashqi qobig’i. U tirik
moddalarni (o’simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar), organomineral
mahsulotlarni (torf, neft, toshkumir) biokos moddalarni (tirik
organizmlar yordamida hosil qilinadi),
fazoviy moddalarni va turoq
qatlamini o’z ichiga oladi. Biosferaning chegarasini muhitning tirik
organizmlar mavjudligini cheklaydigan omillar aniqlaydi. Biosfera
to’g’risidagi qonunni akademik V.I. Vernadskiy yaratgan va
rivojlantirgan.
Landshaft
Tabiiy hududiy majmua, u yerda turli tabiiy komponentlar (relyef, tog’
jinslari, iqlim, suv tuproq, hayvonot va o’simliklar dunyosi) o’zaro
bog’langan va o’zaro munosabatda bo’lib joyning ma’lum
bir turini
hosil qiladi, insonning xo’jalik faoliyati natijasida hosil bo’lgan
landshaftlar antropogen landshaft deyiladi.
Noqulay sharoitdan qochish
Yashab qolish usuli. Ancha qulay yashash joyini izlash faolligida
namoyon bo’ladi. Bu faqat makonda harakatlanishga qodir bo’lgan
harakatchan hoyvonlar uchun xosdir. Masalan, ba’zi bir hayvonlar uya
va in qurib, unda o’ziga ancha qulay bo’lgan mikroiqlim yaratadi,
qushlar uzoqlarga uchib ketadi.
Cheklovchi omil
Muhitning organizm chidamlilik chegarasidan chiquvchi omili.
Ularga
harorat, yorug’lik, havo, tuproq va boshqalar kiradi.
Organizm
Har qanday tirik mavjudot notirik tabiatdan ma’lum xossalarining
to’plami bilan (xujayra tuzilishi va moddalar almashinishi) ajralib
turadi, harakatlanish, o’sish, rivojlanish va ko’payish xususiyatlariga
ega. Shuningdek organizmga irsiylanish va moslanish xususiyatlari ham
xosdir.
O’rmon
Atrof tabiiy muhitning muxim tarkibiy qismi. U asosiy kislorod manbai
bo’lib
hisoblanadi, flora va faunaning genefondini saqlaydi, iqlimni
yumshatadi, tuproqni suv va shamol eroziyasidan ko’chish va boshqa
noxush jarayonlardan ximoya qiladi;
ular egallagan hududda suv
rejimini boshqaradi; insonnig ruhiyatiga yaxshi ta’sir ko’rsatuvchi
sanitariya – gigiyenik sharoit yaratadi. Shuningdek o’rmon yog’och
manbai sifatida bebaho tabiiy resurslardir. Rossiya eng katta yog’och
zaxirasiga ega: undagi o’rmonlarning umumiy maydoni butun dunyo
o’rmon resurslarining qismiga teng.
Tur hayotining fiziologik
davomiyligi
Organizmning faqat fiziologik imkoniyatlari bilan belgilanadigan hayot
davomiyligi. U nazariy jihatdan mumkin bo’ladi.
Insoniyat
Yer yuzida yashayotgan barcha odamlardan tashkil topgan populyasion
tizim. Bu populyasiyaning o’sishi tabiiy resurslar va hayot sharoiti
bilan, genetik va ijtimoiy –iqtisodiy jarayonlar bilan chegaralanadi.
Aholining o’sish dinamikasini maxsus fan – demografiya o’rganadi. U
o’tmishda odamlar sonining o’zgarishi sabablarini aniqlaydi va
kelajakda bu o’zgarishlarning qanday borishini bashorat qiladi.
Rossiyada keyingi 10-15 yilda demografik holat kritik holga kelib qoldi:
o’lim tug’ilishga nisbatan 2 marta oshib ketgan.
Hayvonot
dunyosi
Ma’lum bir hududda tarqalgan va tabiiy erkin eshash holatida bo’lgan
hamma yovvoiy hayvonlar turlari va individlarning majmuasi.
Hayvonlarning asosiy ekologik vazifasi moddalar va energiyaning
biotik aylanmasida ishtirok etishi bo’lib, bu tabiiy ekotizimlarning eng
muhim komponenti va qimmatbaho biologik resursidir.
Qizil kitoblar
O’simliklar hayvonlar va boshqa organizmlarning yo’qolib ketayotgan,
noyob va yo’qolib ketish xavfli ostida turgan turlarining ro’yxatini o’z
ichiga olgan kitob. Qizil kitoblarning bir necha variantlari mavjud.
Bular halqaro, federal va viloyat qizil kitoblaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: