Buxglteriya hisobi va audit



Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/521
Sana05.07.2021
Hajmi7,54 Mb.
#109824
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   521
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

3.7-jadval  
O’zbekistonda 2004-2008 yillarda davlat ob’ektlarining xususiylashtirilishi 
Yillar 
Xususiylashtirilgan 
ob’ektlar soni 
Xususiylashtirishdan 
tushgan pul mablag’lari, 
mlrd. so’m  
2004 
1228 
78,4 
2005 
980 
80,5 
2006 
673 
70,5 
2007 
631 
111,1 
2008 
392 
130,6 
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. 
Respublikada 
xususiylashtirishning 
manzilli 
yo’naltirilganligi  uning 
navbatdagi  xususiyatidir.  Bu  aholining  barcha  qatlamlariga  mazkur  jarayonda 
aniqroq  va  natijaliroq  qatnashishi  imkonini  beradi.  Xususiylashtirishning  manzilli 
yo’naltirilganligi  uy-joylarning  o’z  egalariga  imtiyozli  yoki  bepul  berilishida, 
aholining  ko’proq  muhtoj  va  zaif  qatlamlarini  qo’llab-quvvatlashning  turli  xil 
dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi 
xo’jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi. 
  O’zbekistonda  xususiylashtirishning  to’lovliligi  uning  navbatdagi  muhim 
xususiyatidir.  Pulni  to’lash  orqali  davlat  tasarrufidagi  korxona  va  ob’ektlarni 
xususiylashtirishda  mulkni  bepul  taqsimlash  bilan  bog’liq  salbiy  holatlar  bartaraf 
etilishi  bilan  birga  qator  muammolarni  hal  qilish  imkoniyati  yaratiladi.  Bulardan 
asosiysi  avvalo  tadbirkorlikni,  xususiylashtirilgan  korxonalarni  davlat  tomonidan 
qo’llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo’ladi, bozor infratuzilmasini 
barpo  etish  uchun  resurslar  vujudga  keladi  va  aholini  ijtimoiy  muhofazalash 
dasturini  ro’yobga  chiqarish  uchun  mablag’lar  jamlanadi.  Davlat  mol-mulkini 
                                                           
16
 Валижонов  А.Р. Особенности современного этапа разгосударствления  и приватизации.  – Восемнадцатые 
Международные  Плехановские  чтения  «Реформирование  и  модернизация  национальной  экономики  – 
стратегический  курс  на  демократизацию  и  обновление  общества»:  Тезисы  докладов  профессорско-
преподавательского  состава  и  специалистов-практиков  (26  марта  2005г).  Выездная  сессия  в  г.Ташкенте.  – 
М.: изд-во РЭА, 2005, с.22-23. 


59 
 
yangi  mulkdorlarga  sotish  yo’li  orqali  ularni  mulkchilikning  boshqa  shakllariga 
aylantirilishi  bilan  birga  xususiylashtirishdan  olinadigan  mablag’lar  shu 
korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo 
etishga ham sarflanadi. 
  Navbatdagi  muhim  xususiyat  –  respublikada  mulkni  davlat  tasarrufidan 
chiqarish  chog’ida  aholi  uchun  kuchli  ijtimoiy  kafolatlar  yaratildi  va  ta’minlandi. 
Ijtimoiy  kafolatlar  bir  butun  imtiyozlar  tizimi  orqali  yaratildi.  Bular 
xususiylashtirilayotgan  korxona  mehnat  jamoasiga  aktsiyalarni  imtiyozli  shartlar 
bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infratuzilma 
ob’ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog’lar 
va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish hamda soliq to’lashda 
ayrim imtiyozlar berish kabilardir. 
  Respublikada  davlat  mulkini  xususiylashtirishning  o’ziga  xos  boshqa 
jihatlari  Prezidentimiz  I.A.Karimov  tomonidan  bayon  qilingan  iqtisodiy 
islohotlarni  amalga  oshirishning  asosiy  qoidalaridan  kelib  chiqadi.  Bular 
quyidagilar: 
a)  davlat  mulkini  xususiylashtirish  respublikada  amalga  oshirilayotgan 
islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi; 
b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi; 
v)  xususiylashtirishni  huquqiy-me’yoriy  jihatdan  ta’minlashda  qonunlarga 
rioya etiladi. 
SHuningdek,  Prezidentimiz  o’zining  2007  yil  yakunlariga  bag’ishlangan 
ma’ruzasida  o’tgan  yilda  davlat  mulkini  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
xususiylashtirish  sohasidagi  yondashuvlar  tubdan  qayta  ko’rib  chiqilgani, 
korxonalar kapitalida davlat ishtirokini keskin kamaytirish bo’yicha qarorlar qabul 
qilinganini  alohida  ta’kidlab  o’tdi.  Ayni  vaqtda  davlat  mulkini  baholash  va 
keyinchalik  xususiy  mulk  sifatida  sotishni  tartibga  soladigan  me’yoriy  bazani 
erkinlashtirish  yuzasidan  ishlar  olib  borilayotgani,  davlat  mulkini  investitsiya 
kiritish  va  boshqa  majburiyatlar  asosida  sotish  uchun  xorijiy  va  mamlakatimiz 
investorlari bilan tuzilgan shartnomalarning umumiy qiymati 3-4 barobar ko’payib, 
310 million dollar hamda 57 milliard so’mni tashkil etgani, jami tushumlarning 65 
foizdan  ortig’i  xususiylashtirilayotgan  korxonalarni  modernizatsiya  qilish  va 
texnik qayta jihozlashga yo’naltirilganligi qayd etildi. 
«Davlat ob’ektlarini xususiylashtirishda biz uchun eng asosiy tamoyil, – deb 
ta’kidladi Prezidentimiz, – bu ishning ko’zini biladigan, omilkor mulkdorlarni jalb 
etish,  korxonalarni  xaqiqiy  egasiga,  xususiylashtirilgan  zavod  yoki  fabrikani 
modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  qayta  jihozlash,  jahon  bozorida 
raqobatga  bardoshli  mahsulot  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishga  qodir  bo’lgan 
mohir menejerlarga topshirish kerak. 
…SHunday  natijaga  erishishimiz  kerakki,  bizning  pirovard  maqsadimiz 
amalga  oshsin  –  barcha  korxonalarni  o’z  ishi  uchun  qayg’uradigan  haqiqiy 
mulkdorlar, haqiqiy mulk egalari boshqarsin»
17

                                                           
17
 Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. 
Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Ислом  Каримовнинг  2007  йилда  мамлакатни  ижтимоий-иқтисодий 


60 
 
Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa – davlat sektori 
bozor  sharoitida  ham  sezilarli  rol  o’ynashini  inkor  qilmaydi.  CHunki 
iqtisodiyotning  davlat  korxonalari    saqlanib  qolishi  kerak  bo’lgan  sohalar  ham 
mavjud.  Bunday  korxonalar  uchun  ularning  bozor  sharoitlariga  tarkiban 
moslashuviga  imkon  beradigan  xo’jalik  yuritish  mexanizmini  ishlab  chiqish  talab 
qilinadi. 
Prezidentimizning 
«Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O’zbekiston 
sharoitida  uni  bartaraf  etishning  yo’llari  va  choralari»  nomli  asarlarida 
ta’kidlanishicha,  mahalliy  organlar  va  tarmoq  tuzilmalari  rahbarlari  tomonidan 
sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar 
ko’rib  ishlayotgan  korxonalarni  saqlab  qolish  uchun  urinishlariga  mutlaqo  yo’l 
qo’yib  bo’lmaydi.  Bunday  korxonalar  soni  bugungi  kunda  200  tadan  oshib, 
ularning  aksariyati  engil  va  oziq-ovqat  sanoati  sohasida  saqlanib  qolmoqda. 
Holbuki,  bu  sohalarda  tez  o’zgaruvchan  bozor  talabi  texnika  va  texnologiyani 
uzog’i  bilan  5-7  yilda,  rivojlangan  mamlakatlarda  esa  bundan  ham  qisqa 
muddatlarda  o’zgartirishni  talab  etadi.  Bunday  vaziyatni  mazkur  korxonalarni 
bankrot  deb  e’lon  qilish  yo’li  bilan  tubdan  o’zgartirish  darkor
18
.  Bu  borada 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008  yil  18-noyabrdagi  PF-4053  sonli 
«Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish 
chora-tadbirlari  to’g’risida»gi  Farmonida  ko’zda  tutilgan  iqtisodiy  nochor 
korxonalarni  moliyaviy  sog’lomlashtirish,    modernizatsiyalash,  texnik  va 
texnologik  jihatdan  yangilash  jarayoniga  tijorat  banklarining  mablag’larini 
kengroq jalb qilishni yo’lga qo’yish tadbirlari muhim hisoblanadi. 
Qarorda  Respublika  Komissiyasining  qarori  asosida  bankrot  korxonalarni 
tijorat  banklariga  sotish  yoki  to’g’ridan-to’g’ri  balansiga  berishning  3  ta 
mexanizmi ko’zda tutilgan: 
1)  bankrot  korxona  kreditorlik  qarzi  tarkibining  70%  va  undan  ortiq  qismini 
bank kreditlari tashkil etsa, u holda korxonani tijorat banklari balansiga berish; 
2) bankrot korxonani auktsion savdolari orqali eng yuqori narxni taklif qilgan 
va tegishli majburiyatni o’z zimmasiga olgan tijorat banklariga sotish; 
3) bankrot korxonani tanlov savdolari orqali tijorat banklariga «nol» qiymatda 
investitsion majburiyat sharti bilan sotish. 
Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni tarkibiy qayta tuzish 
hamda  yangi  xo’jalik  faoliyatini  yo’lga  qo’yish  jarayonlarini  sezilarli  darajada 
tezlashtiradi
19

 

Download 7,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   521




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish