0
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIK
VAZIRLIGI
ANDIJON QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI
“BUXGLTERIYA HISOBI VA AUDIT” kafedrasi
“ IQTISODIYOT NAZARIYASI ”
fanidan
TAYANCH MA`RUZALAR MATNI
ANDIJON -2016
1
KIRISH
Har tomonlama kamol topgan yuksak ma`naviyatli shaxsni tarbiyalab
yetishtirishda, uning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o`ynovchi
fan iqtisodiyot nazariyasi fanining ushbu dasturi jamiyatning iqtisodiy negizi,
uning tarkibiy qismlari, umumiqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, iqtisodiy hodisa
va jarayonlarning mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning amal qilish
qonuniyatlari, bozor iqtisodiyotining tarkib topish xususiyatlari, o`tish davridagi
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning natijalari, iqtisodiy o`sish va unga ta`sir
etuvchi omillar, jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendentsiyalari kabi
masalalarni qamrab olgan. Xususan, mazkur fanning ahamiyati keyingi yillarda
ro`y berayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni
bartaraf etish yo`llari va choralarini izlab topish va izchil amalga oshirish hamda
bu borada erishilayotgan yutuqlar orqali ham yaqqol namoyon bo`ladi.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi magpruzasida
erishilgan yutuqlar borasida shunday fikrlarni bildirdilar: “... bugungi kunga kelib
biz o`z oldimizga qo`ygan asosiy maqsadimizga erishdik, deb aytish uchun barcha
asoslarimiz bor.
Buning tasdig`ini mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish jarayoni
hech qachon ortga qaytmaydigan, qatgpiy va izchil tus olgani, odamlarimiz
o`zgarib, ularning siyosiy va fuqarolik faolligi oshayotgani, ongu tafakkuri
yuksalib, yon-atrofda bo`layotgan barcha voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg`usi,
ertangi kunga ishonchi ortib borayotgani misolida ko`rish, anglash qiyin emas.”
1
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani talabalarni jamiyatda ro`y beradigan iqtisodiy
qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo`lishda,
mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh
qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda zarur bo`lgan bilimlar bilan
qurollantiradi. SHuningdek, bu fan jamiyatning har bir ahzosini g`oyaviy jihatdan
1
I.A.Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish kontseptsiyasi: O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Qo`shma
majlisidagi ma`ruzasi. T.: O`zbekiston, 2010. – 56 b.
2
yo`naltirish, ma`naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini
oshirishga ahamiyatli ta`sir ko`rsatadi.
3
Do'stlaringiz bilan baham: |