Buxglteriya hisobi va audit


Yirik  mashinalashgan  ishlab  chiqarish  mehnat  taqsimoti  hamda



Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/521
Sana05.07.2021
Hajmi7,54 Mb.
#109824
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   521
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Yirik  mashinalashgan  ishlab  chiqarish  mehnat  taqsimoti  hamda 
mashinali  mehnatga  asoslangan  kooperatsiyadir.  Fabrika  ichidagi  mehnat 
taqsimoti tamomila mashinalarning vazifalari bilan belgilanadi.  
Fan-texnika,  texnologiya  va  axborot  tizimidagi  o’zgarishlarga  qarab  R.Aron, 
Dj.  Gelbreyt,  U.Rostou  va  boshqa  olimlar  jamiyat  taraqqiyoti  bosqichlarini  uch 
bosqichga:  industrlashgangungacha  bo’lgan  jamiyat,  industrlashgan  jamiyat, 
yuqori industrlashgan yoki axborotlashgan jamiyatlarga bo’lib o’rganishni tavsiya 
etadilar. 
Bunda  ular  industrlashgangungacha  bo’lgan  jamiyatning  asosiy  belgilari 
sifatida:  a)  aholining  asosan  qishloq  xo’jaligi  bilan  bandligi;  b)  qo’l  mehnatining 
hukmronligi;  v)  mehnat  taqsimotining  juda  sayozligi  (dehqonchilik,  chorvachilik, 
xunarmandchilik,  savdo,  boshqaruv  va  boshqalar);  g)  natural  xo’jalikning 
hukmronligini ko’rsatadi. 
Jamiyat  taraqqiyotining ikkinchi  muhim  bosqichi industrlashgan  jamiyatning 
asosiy belgilari deb: a) ishlab chiqarishning mashinalashganligi; b) sanoatning fan-
texnika yutuqlari asosida rivojlanishi, unda ishchilar sonining ko’payishi; v) shahar 
aholisining qishloq aholisiga qaraganda ko’payishi va boshqalar. 
Taraqqiyotning  uchinchi  muhim  bosqichi  yuqori  darajada  industrlashgan 
jamiyatning  asosiy  belgilari:  a)  xizmat  ko’rsatish  sohasining  yuksak  darajada 
rivojlanishi; b) ishchi kuchining asosiy qismi (60-70%) shu sohada band bo’lishi; 
v)  fanning  bevosita  ishlab  chiqaruvchi  kuchga  aylanishi,  fan  xodimlarining  va 
malakali  mutaxassislar  rolining  oshishi;  g)  iqtisodiyotning  hamma  sohalarida  va 
kundalik  hayotda  axborot  va  hisoblash  texnikalarining  keng  qo’llanilishi;  d) 
tovarlar  va  xizmatlar  sifatiga  putur  yetkazmasdan  iqtisodiy  resurslarning  hamma 
turlarini  tejash  imkonini  beradigan  yangi  texnika  va  texnologiyalarning  keng 
qo’llanilishi va boshqalar. 
Biz yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, texnika va texnologiyadagi o’zgarishlar 
jamiyat  taraqqiyotida  asosiy  rolni  o’ynaydi  va  tashkiliy,  boshqaruv  tizimlarining, 
ishchi-xizmatchilar  tarkibining  o’zgarishiga,  mehnat  unumdorligining  o’sishiga 
olib keladi.  Lekin  bu  texnik o’zgarishlarga  qarab  bir tomonlama  yondashuv  bilan 
jamiyat  taraqqiyoti  qonunlarini  aniqlab  bo’lmaydi.  Ayniqsa,  iqtisodiy  tizimlar  va 


45 
 
ularning  xarakterini  bilishda  ham  texnik  ham  ijtimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlarning 
birgalikda  olib, ularning  o’zaro  bir-biriga ta’sirini va  shu  dialektik aloqadorlik  va 
ta’sir natijasida sodir bo’ladigan taraqqiyot qonunlarini o’rganish zarurdir. 
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy-
iqtisodiy  munosabatlarning  kuchli  ta’sirini  shunda  ko’rish  mumkinki,  bir  necha 
ming  yillab  rivojlanmay  yotgan  texnika  va  texnologiya  taraqqiyoti  tovar  xo’jaligi 
va bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab o’sib ketdi. 
Texnika  taraqqiyotining  hamma  bosqichlari  ya’ni  oddiy  kooperatsiya, 
manufaktura,  mashinalashgan  ya’ni  industrlashgan  ishlab  chiqarish,  yuqori 
darajadagi  industrlashgan,  axborotlashgan  jamiyat  bosqichlari  keyingi  250-300 
yilga, ya’ni tovar xo’jaligi rivoj topgan davrga to’g’ri keladi. SHuning uchun ham 
keyingi  paytda  ko’pgina  iqtisodchilar  jamiyat  taraqqiyoti  bosqichlarini  iqtisodiy 
tizimlarga bo’lib o’rganadilar. 

Download 7,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   521




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish