To’liq bandlilik deganda biz ishlab chiqarishga yaroqli bo’lgan barcha
resurslardan to’la unum bilan foydalanishni tushunamiz. Ishchi majburiy ishsiz
bo’lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo’lgan
barchani ish bilan ta’minlashi zarur, haydaladigan yerlar yoki kapital uskunalar
ham bo’sh qolmasligi lozim.
Ishlab chiqarishning to’liq hajmi, resurslarni samarali taqsimlashni, ya’ni
ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko’p hissa qo’shadigan qilib
foydalanishni va mavjud texnologiyalarning eng yaxshisini qo’llashni ham
bildiradi.
Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini jadval ma’lumotlaridan foydalanib
yanada aniqroq tasvirlash mumkin (4-jadval).
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |