Buxglteriya hisobi va audit


-jadval   O’zbekiston YAIMda tovarlar va xizmatlar ulushi



Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/521
Sana05.07.2021
Hajmi7,54 Mb.
#109824
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   521
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

1-jadval  
O’zbekiston YAIMda tovarlar va xizmatlar ulushi  
(joriy narxlarda) 
Ko’rsatkichlar 
2000 yil 
2008 yil 
mlrd. so’m 

mlrd. so’m 

YAlpi ichki mahsulot  
3194,5 
100,0 
36839,4 
100,0 
SHu jumladan: 
 
 
 
 
Ishlab chiqarilgan tovarlar 
qiymati 
 
1614,2 
 
50,5 
 
16725,1 
 
45,4 
Ko’rsatilgan xizmatlar 
qiymati 
1173,9 
36,8 
16688,2 
45,3 
Sof soliqlar 
406,4 
12,7 
3426,1 
9,3 
Manba: O’zbekiston Republikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. 
 
Jadvaldan  ko’rinadiki,  mamlakatimizda  xizmat  ko’rsatish  sohasi  sezilarli 
ravishda  rivojlanib  bormoqda.  Respublika  YAIMdagi  xizmatlarning  ulushi  2000 
Ишлаб чиқариш 
Номоддий ишлаб чиқариш 
 
Моддий ишлаб чиқариш 
Моддий 
неъматларни 
ишлаб чиқариш 
Моддий 
хизматлар 
кўрсатиш 
 
Номоддий 
хизматлар 
кўрсатиш 
 
Номоддий 
неъматларни 
ишлаб чиқариш 
 


26 
 
yilda 36,8 foizni tashkil qilib, uning 8,1 foizi transport va aloqaga, 9,5 foizi savdo 
va  umumiy  ovqatlanishga,  19,2  foizi  boshqa  xizmatlar  ulushiga  to’g’ri  kelgan 
bo’lsa,  2008  yilda YAIMdagi  xizmatlarning  ulushi  45,3  foizga  yetib,  uning  12,7 
foizi  transport  va  aloqaga,  9,1  foizi  savdo  va  umumiy  ovqatlanishga,  21,5  foizi 
boshqa  xizmatlar  ulushiga  to’g’ri  kelgan.  «2008  yili  aloqa,  axborotlashtirish, 
moliya,  bank,  transport  xizmati  ko’rsatish,  maishiy  texnika  va  avtomobillarni 
ta’mirlash  sohalari  ancha  yuqori  sur’atlar  bilan  rivojlandi.  So’nggi  to’rt  yil 
mobaynida 
yiliga 
o’rtacha  50  foiz  o’sishni  ta’minlayotgan  axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalari 
sohasida 
xizmat 
ko’rsatish 
jadal 
rivojlanayotganini  alohida  ta’kidlash  lozim»
9
.  Bu  esa  mamlakatimizda  keyingi 
yillarda  aholining  turmush  sharoitini  yaxshilash  uchun  olib  borayotgan  kompleks 
tadbirlar  qatorida  2006-2010  yillarda  xizmat  ko’rsatish  va  servis  sohasini 
rivojlantirishni  jadallashtirish  Davlat  dasturining  amalga  oshirilishi  natijasi 
hisoblanadi.  Dasturning  asosiy  maqsadi
 
  aholiga
 
  xizmatlar  ko’rsatish  va  servis 
sohasini  jadal  rivojlantirish  uchun  qulay  sharoit  yaratish,  uning  iqtisodiyotdagi 
ulushini  oshirish,  xizmat  ko’rsatish  sohasi  tarmoqlarida  band  bo’lganlar  sonini 
ko’paytirish  va  shu  asosda  aholi  daromadlarini  oshirishdan  iborat  bo’lib,  unda 
quyidagi yo’nalishlardagi chora-tadbirlar ko’zda tutilgan: 
- xizmat  ko’rsatish  sohalarida  tadbirkorlarning  faolligini  kuchaytirish  uchun 
qulay shart-sharoitlar yaratish; 
- xizmat  ko’rsatish  sohasining  YAIMdagi  ulushini  2010  yilga  kelib  49%ga 
yetkazish; 
- xizmat  ko’rsatish  sohasida  band  bo’lganlar  sonini  2010  yilga  qadar  ikki 
martaga oshirish; 
- qishloq aholisiga ko’rsatiladigan xizmat hajmi va turlarini ko’paytirish; 
- yangi istiqbolli xizmat turlarini jadal rivojlantirish; 
- xizmatlar eksporti hajmini oshirish; 
- xizmatlar  va  servis  sohasi  uchun    yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  va 
qayta tayyorlash.  
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o’z navbatida ikki bo’linmadan — birinchi va 
ikkinchi  bo’linmalardan  iborat  bo’ladi.  Birinchi  bo’linmada  ishlab  chiqarish  va 
xizmat  ko’rsatish  korxona  va  tashkilotlarining  ishlab  chiqarish  iste’moli  uchun 
zarur  bo’lgan  vositalar  –  stanok,  mashina,  asbob-uskuna,  xomashyo  va  turli 
materiallar ishlab chiqariladi. Ikkinchi bo’linmada esa xalq iste’moli uchun zarur 
bo’lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqariladi. 
Birinchi  bo’linmada  ishlab  chiqarishdan  chiqqan  tovarlar  shu  yilning  o’zida 
ikkinchi bo’limda va xizmat ko’rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida 
ishlatilishi  mumkin,  ikkinchi  bo’linmada  yaratilgan  tovarlar  va  nomoddiy  soha 
xizmatlari  o’z  navbatida  birinchi  bo’linma  uchun  zarurdir.  SHuning  uchun  ular 
o’rtasida doimo iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo’lib turadi. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  har  qanday  ishlab  chiqarish,  bir  tomondan 
iste’mol qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va 
                                                           
9
  Каримов  И.А.  Жаҳон  молиявий-иқтисодий  инқирози,  Ўзбекистон  шароитида  уни  бартараф  этишнинг 
йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 25-б. 


27 
 
mehnatning  sarflanishi,  yangi  qiymatning  yaratilishi,  boshqacha  qilib  aytganda, 
qiymatning o’sish jarayonidir. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ishlab  chiqarish  jarayonining  ikki  tomonini 
quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (2-chizma). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 7,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   521




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish