1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi
Ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qo’llaniluvchi barcha resurslar ishlab
chiqarish omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta
omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo’lishi shart.
Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy
qobiliyatlarining yig’indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega
bo’lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o’zi emas yoki uning
mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |