ishlab chiqarish miqyosining o’sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara. ba’zi hollarda ijobiy miqyos samarasi ta’siri barham topuvchi ishlab chiqarish
hajmi bilan salbiy miqyos samarasi kuchga kiruvchi ishlab chiqarish hajmi
o’rtasidagi tafovut juda ahamiyatli bo’lishi mumkin. bu ikkala chegara orasidagi
maydonda barcha resurslarning 10%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining ham
mutanosib ravishda 10%ga ko’payishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli
boshqarish bo’yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish
imkoniyatini beradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot
birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi.