O’zbekiston Respublikasida asosiy kapitalni moliyalashtirish manbalari
tarkibiy tuzilmasi, foizda
Moliyalashtiris
h manbalari
Yillar
2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008
Jami
100,
0
100,
0
100,
0
100,
0
100,
0
100,
0
100,
0
100,
0
100,
0
SHu jumladan:
- byudjet
mablag’lari
30,3
21,5
25,0
17,7
14,9
12,8
10,7
9,0
9,0
- korxona va
aholi
mablag’lari
39,1
41,3
52,0
52,9
55,6
60,3
60,0
59,0
53,9
- bank kreditlari
7,5
8,1
1,6
1,9
2,3
2,9
3,4
3,1
5,0
- chet el
investitsiya-
lari va kreditlari
21,7
28,0
20,4
26,3
24,5
19,2
19,0
22,8
25,9
- nobyudjet
fondlar va
boshqa qarz
mablag’lari
1,4
1,1
1,0
1,2
2,7
4,8
6,9
6,1
6,3
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Korxonalar va aholining o’z mablag’lari hissasi dastlab, 1994 yildagi 58,4%
dan 2000 yilga kelib 39,1% ga qadar pasaygan. CHunki bu davrda korxonalarning
moliyaviy mustaqillik darajasi ancha past edi. 2008 yilga kelib bu ko’rsatkich
53,9% ni tashkil etishi ularning moliyaviy mustaqilligi oshib borayotganligini
ko’rsatadi.
Keyingi yillarda kapitalni ko’paytirish manbalarida qarz mablag’lari
ishtirokining roli keskin oshsada, lekin kreditning solishtirma hissasi
ko’tarilmayapti. 2000-2008 yillarda qarz mablag’larining hissasi 30,6% dan 37,2%
88
gacha tebranib turgan bo’lsa, bank kreditining hissasi 7,5% dan 5,0% gacha
pasayib bordi. Buning sababi – 2002 yildan boshlab markazlashgan kreditlarning
to’xtatilib, kreditlashning faqat tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishidir.
Biroq, bu tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklari rolining ortib
borayotganligini anglatmaydi. Hozirgi vaqtda tijorat banklari aktivlari va jami
kapitalining hajmlari 2000 yilga nisbatan tegishli ravishda 7,6 va 7,4 baravar
ko’paydi. Aholining omonat qo’yilmalari hajmi 38 baravar, bank kassalariga naqd
pul mablag’larining tushumlari – 8,1 baravar, iqtisodiyotning real sektoriga kredit
qo’yilmalari – 5 baravar ko’paydi. SHu bilan birga, tijorat banklari hamon samarali
investitsiya markazlariga aylangani yo’q, korxonalarni modernizatsiya qilish va
texnologik qayta jihozlashda o’z kapitali bilan sust qatnashmoqda. Banklarning
kapitallashuv darajasini keskin oshirish, bank tizimi barqarorligi, ishonchli pul
muomalasi, banklar tomonidan naqd mablag’lar to’siqsiz va to’liq berilishi
kafolatlarini yaratish vazifalari dolzarbligicha qolmoqda
49
.
Tahlillar ko’rsatadiki, tadbirkorlik kapitalini ko’paytirish manbalarida qarz
mablag’lari rolining oshishi asosan xorijiy kreditlarning ko’payishi hisobiga yuz
bergan. Bu esa respublikada chet el kreditlari bo’yicha kafolatlarning yuqori
darajasi va tijorat banklari kreditlari bo’yicha foiz stavkalarining beqarorligi bilan
izohlanadi.
Respublika hukumati tadbirkorlik kapitalini ko’paytirishda to’g’ridan-to’g’ri
xorijiy investitsiyalarni jalb etish va qo’shma korxonalarni rivojlantirishga katta
e’tibor bermoqda. 2008 yilda iqtisodiyotga kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi
1,7 mlrd. AQSH doll.ni tashkil etib, bu 2007 yilga nisbatan 46 foiz ko’p. Mazkur
investitsiyalarning 74 foizini to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar tashkil etadi.
Zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilish zaruriyati, tadbirkorlik bo’yicha ilg’or
xorijiy tajribalarni o’zlashtirish va investitsiya muhitining yaxshilanishi borasida
amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatga bevosita chet el
investitsiyalarini olib kirish faollashib, kapital qo’yilmalarning umumiy hajmida
chet el investitsiyasi tarkibi sezilarli darajada o’zgardi. Agar chet el investitsiyalari
ishtirokidagi korxonalar soni 1992 yilda 120 taga yaqin bo’lgan bo’lsa, 2007 yil
boshiga bu miqdor 2919 taga yetdi, ya’ni 24 baravar ortdi. CHet el investitsiyalari
uchun yoqilg’i-energetika kompleksi, avtomobilsozlik va maishiy elektronika,
oltin qazib olish asosiy tarmoqlarga aylandi
50
.
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish o’zaro bog’langan ichki jarayonga:
asosiy kapitalning eskirishi, ya’ni amortizatsiya jarayoni va amortizatsiya fondidan
mehnat vositalarini jismoniy shaklda tiklash uchun foydalanishga tayanadi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud: ulardan
foydalanish jarayonida va harakatsiz turish natijasida, tabiiy kuchlarning ta’sirida
jismoniy eskirish.
49
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Қарори. “Банк тизимини янада ривожлантириш ва бўш пул
маблағларини банк айланмасига жалб этиш чора-тадбирлари тўғрисида”, 2007 йил 7 ноябрь // Халқ сўзи,
№221 (4374), 2007 йил 8 ноябрь, 1-б.
50
Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари.
89
Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish natijasida jismoniy
eskirganda, ular texnik, ishlab chiqarish xossasini va iste’mol qiymatini asta-sekin
yukotib boradi. Ayni vaqtda asosiy kapital tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy
eskirishi ham mumkin. Bunday eskirish qiymati qoplanmaydi va u yo’qotishni
bildiradi. Bu yo’qotish asosiy kapitalning harakatsiz turish natijasidagi eskirishiga
teng bo’ladi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma’naviy jihatdan ham
eskiradi. Ma’naviy eskirishning ikki xil turi mavjud bo’lib, u bir-biridan farq
qiladi.
Ma’naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlanadigan
tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining
pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab turgan uskunalarni yangilari bilan
almashtirishni zarur qilib qo’ymaydi, chunki ishlab turgan va yangi uskunalarning
texnika darajasi bir xil bo’lib qolaveradi. Biroq, ancha past qiymatga ega bo’lgan
mehnat vositalarining keng qo’llanishi shunga olib keladiki, ilgari sotib olingan
mehnat vositalari qiymatining bir qismi yo’qoladi.
Ma’naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli
mashinalarning ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari o’rnatilgan mehnat
vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lmay qoladi va natijada ular
yangilari bilan almashtiriladi. Ma’naviy eskirishdan ko’riladigan zararning oldini
olishning asosiy yo’li mehnat qurollaridan ancha samarali foydalanish hisoblanadi.
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir
qismi amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |