Buxglteriya hisobi va audit


 O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari



Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/521
Sana05.07.2021
Hajmi7,54 Mb.
#109824
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   521
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

1. O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari. 
 
Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  davrining  umumiy  mazmuni  iqtisodiy 
munosabatlarning  alohida  unsurlarini  isloh  qilish  yoki  iqtisodiy  siyosatga 
tuzatishlar  kiritish  emas,  balki  butun  iqtisodiy  munosabatlar  tizimini 
o’zgartirishdan iboratdir. 
Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  davri  –  ma’muriy-buyruqbozlik  tizimini 
bartaraf  etish  yoki  tubdan  o’zgartirish  hamda  bozor  tizimining  asoslarini 
shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir. 
1980-1990  yillarga  kelib  dunyoda  ro’y  bergan  muhim  o’zgarishlar  iqtisodiy 
taraqqiyot  istiqbollari  to’g’risidagi  nazariyalarni  qaytadan  ko’rib  chiqish  va  ularga 
jiddiy  o’zgartirishlar  kiritishni  zarur  qilib  qo’ydi.  CHunki,  bu  vaqtga  kelib  g’arbiy 
mamlakatlarda  uzoq  vaqtdan  beri  (A.Smit  davridan  boshlab)  hukm  surib  kelgan 
erkin  iqtisodiy  tartibga  solish,  ya’ni  iqtisodiyotning  o’zini-o’zi  tartibga  solish 
g’oyasi  ham,  iqtisodiyotni  markazlashtirilgan  tarzda  tartibga  solish  va  boshqarish 
g’oyasi  ham  inqirozga  uchradi.  Bunday  sharoitda  iqtisodiy  taraqqiyotning  sifat 
jihatdan yangi yo’llarini qidirib topish zarur bo’lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko’pgina 
rivojlangan  mamlakatlarning  tajribalari  umumlashtirilib,  iqtisodiyotning  yangi 
taraqqiyot  yo’li  –  ongli  ravishda  boshqariladigan  va  tartibga  solinadigan  bozor 
iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo’lni tanladilar. Lekin bunday 
bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari (modellari) xilma-xil bo’lib, ularning umumiy va 
xususiy tomonlari farqlanadi. 
Jahon  tajribasida  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishning  barcha  yo’llari  umumlashtirilib, 
quyidagi uchta asosiy turga bo’linadi: 
1) rivojlangan mamlakatlar yo’li; 
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li; 
3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li; 


 
24 
4)  sotsializm  g’oyalarini  samarali  bozor  iqtisodiyotini  vujudga  keltirish 
mexanizmi bilan qo’shib olib borish yo’li (Xitoy, Vetnam). 
Bu  yo’llar  turli  tuman  va  har  xil  bo’lishiga  qaramay  ularda  umumiylik 
mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga 
o’tishni  maqsad  qilib  qo’yadi  va  mazkur  iqtisodiyotning  qonun-qoidalari,  amal 
qilish mexanizmi ko’p jihatdan umumiy bo’ladi. SHu bilan birga har bir yo’lning 
o’ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning 
ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo’lishidan kelib chiqadi. 
Masalan,  bozor  munosabatlariga  o’tishning  rivojlangan  mamlakatlar  yo’lida 
oddiy  tovar  xo’jaligidan  erkin  raqobatga  asoslangan  klassik  yoki  erkin  bozor 
iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tiladi. 
Mustamlakachilikdan  ozod  bo’lib,  mustaqil  rivojlanayotgan  mamlakatlarning 
bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lining xususiyati – bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan 
erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’lining 
muhim 
belgisi 
markazlashtirilgan, 
ma’muriy-buyruqbozlikka 
asoslangan 
iqtisodiyotdan  hozirgi  zamon  rivojlangan  bozor  tizimiga  o’tishdan  iboratdir.  Bu 
yo’lning  boshqa  yo’llardan  farqi  shundaki,  totalitar  iqtisodiyotning  bozor 
iqtisodiyoti  bilan  umumiyligi  yo’q,  ular  batamom  bir-biriga  zid.  SHu  bilan  birga 
uchinchi  yo’lda  bozor  munosabatlariga  o’tayotgan  mamlakatlarning  o’zi  o’tish 
sharoitlari,  iqtisodiy  rivojlanish  darajasi,  mulkchilik  va  xo’jalik  yuritish  shakllari 
bilan  bir-birlaridan  farqlanadi.  Bularning  hammasi  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishning 
mazkur yo’lining o’ziga xos xususiyatlaridir. 
Jahon  tajribasi  ko’rsatishicha,  bozor  iqtisodiyotiga  revolyutsion  yo’l  bilan, 
ya’ni  jadal  usulda  yoki  evolyutsion  yo’l  bilan,  ya’ni  bosqichma-bosqich  o’tish 
mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o’tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan 
iqtisodiy  munosabatlarni  birdagina  va  batamom  sindirish  talab  etilib,  «karaxt  qilib 
davolash»  usuli  («shokovaya  terapiya»)  deb  ataladi.  Eski  iqtisodiy  munosabatlarni 
bosqichma-bosqich  yangi  bozor  munosabatlariga  aylantira  borib,  samarali  bozor 
iqtisodiyotini  shikastsiz  vujudga  keltirish  mumkin.  Islohotlar  tajribasi  shuni 
ko’rsatadiki, evolyutsion yo’l kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va 
muqarrardir. 
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llarigina emas, balki uning 
andozalari  ham  xilma-xildir.  Eng  avvalo,  ular  shunday  bozor  iqtisodiyoti  vujudga 
keltirilayotgan  va  amal  qilib  turgan  mamlakatlarning  milliy  xususiyatlari  va 
an’analari bilan farq qiladi. SHu boisdan bozor iqtisodiyotining ma’lum andozalari 
ularni  amalga  oshiruvchi  muayyan  mamlakatga  mansubligiga  qarab  ajratiladi. 
Masalan,  Germaniya,  Janubiy  Koreya,  Turkiya,  Argentina,  Polsha  andozalari  va 
hokazo.
31
 
Ma’muriy-buyruqbozlik  iqtisodiyotidan  hozirgi  zamon  bozor  iqtisodiyotiga 
o’tishning  zarurligi  iqtisodiy  o’sish  ekstensiv  omillaridan  foydalanish 
imkoniyatlarining  tugab  borishi  bilan  notovar  iqtisodiyotning  amal  qilish 
layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. 
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega:  
                                                           
31
 Каримов И.А.  Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли. Т.: Ўзбекистон, 1993, 23-
бет. 


 
25 
1)  uning  moslashuvchan  emasligi,  ro’y  berayotgan  o’zgarishlarga  juda 
sekinlik bilan moslashib borishi;  
2)  xo’jalik  yuritish  tashabbuskorligini  «yo’qotib  yuborish»  oqibatida 
samaradorlikning o’ta darajada pasayib ketganligi. 
Ma’muriy-buyruqbozlik  iqtisodiyotidan  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  turli 
mamlakatlarda umumiy tendentsiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, 
chuqur  institutsional  (eng  avvalo,  mulkchilik  munosabatlarida)  o’zgarishlarni  o’z 
ichiga  oladi,  biroq,  bir  vaqtning  o’zida  moliyaviy  barqarorlashtirish  chora-
tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi. 
Ma’muriy-buyruqbozlik  tizimini  o’zgartirish  mazkur  tizim  asosining 
o’zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini 
anglatar  ekan,  bunday  turdagi  o’zgarishlarni  tizimiy  islohotlar  deb  atash 
maqsadga muvofiq bo’ladi. 
O’tish  davrida  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirishning  asosiy  yo’nalishlari 
bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 
1.  Iqtisodiyotni  erkinlashtirish.  Erkinlashtirish  –  bu  xo’jalik  hayotining 

Download 7,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   521




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish