Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355


Orentations and the Emergence of the Biopsychosial Approach.USA 2011 )



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

Orentations and the Emergence of the Biopsychosial Approach.USA 2011 ) 
 
1.4. G’arb olimlarining psixologik qarashlari
Psixologiya tarixida psixikaning paydo bo’lishiga oid bir qancha fikrlar mavjuddir. Bulardan biri 
filosofiya tarixida Dekart nomi bilan bog’liq bo’lgan “antropopsixizm” nazariyasidir. Bu nazariyaning 
mohiyati shundaki, u psixikaning paydo bo’lishini odamning paydo bo’lishi bilan bog’laydi va psixika 
faqat  odamlarda  mavjuddir  degan  g’oyani  olg’a  suradi.  Bu  psixikaning  paydo  bo’lishi  muammosiga 
bir tomonlama yondashishdir. 
Psixologiya  tarixida  psixikaning  paydo  bo’lishi  haqida  yana  bir  qancha  turli-tuman  fikrlar  bor. 
Uzoq asrlar davomida psixika (ruhiy  hayot) va uning paydo bo’lishi, taraqqiyoti masalalariga har  xil 
nuqtai nazardan yondashib kelindi. Bundan milliard yillar burun neorganik (jonsiz) materiya negizida 
organik (jonli) materiya vujudga keldi. Ruhiy hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishi ana shu davrdan 
boshlandi.  Uzoq  tarixiy  davr  jarayonida  rivojlangan  jonli  organizm  oddiy  hujayradan  oliy 
bosqichgacha - insongacha bo’lgan taraqqiyot davrini bosib o’tdi. 
Psixikaning  taraqqiyoti  uning  harakati,  o’zgarishidir.Qadimgi  filosoflar  ruhiy  hodisalarning 
rivojlanishini  turlicha  talqin  etib  keldilar,  uni  ilohiy  kuchga  bog’lab  tushuntirishga  harakat  qiladilar. 
Masalan,  grek  filosofi  Fales  (eradan  avvalgi  624-547  yillar)  odamning  ruhiy  hayotini  bug’  shaklida 
tasavvur  qilgan  va  uning  asosida  suv  yotadi  degan.  Anaksimen  esa  (eradan  avvalgi  588-525  yillar) 
ruhiy  hayotning  manbai  havodir  deb  ta’lim  bergan.  Geraklit  (eradan  avvalgi  544-488  yillar)  ruhiy 
hayotning manbaini olov deb targ’ib qilgan. 
Qadimgi  filosofiyaning  mashhur  namoyandalari  Suqrot  (eradan  avvalgi  469-399)  va  Platon 
(eradan  avvalgi  427-347  yillar)  ham  inson  psixikasi,  ruhiy  hayoti  haqida  butunlay  boshqacha 
nazariyani olg’a surganlar. Ularning fikricha, tana va jon boshqa-boshqa qismlardir. Guyoki jon inson 
tanasiga “ideal” dunyodan kiradi-yu, ma’lum vaqtdan so’ng yana o’sha dunyoga qaytib ketadi. 
Mashhur  filosof  Demokrit  esa  (eradan  avvalgi  460-370  yillar)  inson  organizmi  atomlardan 
tashkil topgan, uning ruhi mayda atomlardan iborat degan fikrni olga suradi. 



 
Psixologiya  tarixida  psixika  va  uning  taraqqiyoti  haqida  turli-tuman  fikrlar  yuqoridagilardan 
tashqari ham juda ko’p. 
Psixik  hodisalarni  materialistik  nuqtai  nazardan  talqin  etishda  mashhur  grek  filosofi 
Aristotelning(eradan avvalgi 384-322 yillar) xizmati kattadir. 
Aristotel  qadimgi  filosoflardan  birinchi  bo’lib  psixologiyani  alohida  fan  sifatida  qaradi,  psixik 
hodisalarga  materialistik  nuqtai  nazardan  yondashdi.  Mashhur  filosofning  “Etika”,  “Ritorika”, 
“Metafizika”, “Hayvonlar tarixi” kabi asarlarida turli psixik hodisalarga oid fikrlar juda ko’p.  Buyuk 
olimning “Jon haqida” nomli asari psixologiya tarixida birinchi sof psixologik asardir. 
Aristotel  o’zigacha  bo’lgan  filosoflarning,  jumladan,  o’z  ustozi  Platonning  psixologik 
qarashlarini tahlil qildi. 
Aristotelning psixologik ta’limotida ruh va tananing o’zaro munosabati problemasi muhim o’rin 
tutadi.  “Ruh,  -  deydi  Aristotel,  o’z  tabiatiga  ko’ra  hukmron  asosdir,  tana  esa  tobe  narsadir.  Forma 
materiyaga nisbatan qanday bo’lsa, ruh ham tanaga nisbatan xuddi shunday. U (ruh) hayotga ma’no va 
yo’nalish  beradi,  ruh  ta’sir  qiladi  va  harakatlantiradi,  tana  esa  ta’sirlanadi  va  harakatga  keladi.  Ruh 
tirik tananing sababi va manbaidir”. 
Aristotelning ruh va tana munosabatiga oid ta’limotiga xos g’oya shundan iboratki, ruh va tanani 
alohida-alohida qarash ilmiy nuqtai nazardan to’g’ri bo’lmaganidek, ruhni birlamchi, tananing manbai 
deyish  ham  haqiqatga  to’g’ri  kelmaydi.  Bu  kabi  jo’z’iy  yetishmovchiliklarning  manbai  Aristotel 
yashagan davr, muhit va sharoitning ta’siri natijasidir. 
Aristotelning turli psixik hodisalar haqidagi fikrlari hozirgi psixologiya fani uchun ham muhim 
nazariy  ahamiyatga  ega.  Uning  sezgilar,  hissiyot,  irodaviy  harakatlar,  tafakkur,  tasavvur  haqidagi  va 
boshqa psixik hodisalarga oid fikrlari buning dalili hisoblanadi. 
Aristoteldan  keyin  ham  filosoflarning  psixologiyaga  oid  fikrlari  turlicha  shaklda  bayon  qilinib 
kelindi. 
Epikurning (eradan avvalgi 342-271  yillar) fikricha ruh butun organizmga tarqalgan juda nozik 
jismdir, uni g’ayrijismiy deyish alahsirashdan boshqa narsa emas. 
O’rta  asrlarga  kelib  Sharqda  ham  ,  G’arbda  ham  Aristotelning  psixologik  ta’limoti  hukmron 
bo’lib qoldi. Bu ta’limot keyinchalik metafik yoki rasionalistik psixologiya ismi bilan yuritildi.  
Metafizik deb atalishining sababi shundaki, bu ta’limotga asosan ruh g’ayrijismiy bir narsa deb 
tushuntiriladi.  Uning  tekshirish  metodi  quruq  mulohazadan  iborat  bo’lib,  tajribadan  ajralgan  holda 
bo’lganligi uchun rasionalistik nomi bilan ham yuritiladi. 
Ruhning  mohiyati,  kuchi,  tanaga  bo’lgan  munosabati,  tana  o’lgandan  keyingi  taqdiri 
masalalarida  o’rta  asr  mutafakkirlari  turli-tuman  mulohazalar  bayon  qildilar.  Ammo,  ular  bu  sohada 
Platon va Aristotelning fikrlariga hech qanday yangilik kirita olmadilar. 
X1X  asrning  oxirlariga  kelib  psixologiyada  tarixiy  psixologiya,  yosh  psixologiyasi  va 
zoopsixologiya kabi tarmoqlar paydo bo’ldi. 
Tarixiy  psixologiya  odam  psixikasi  va  ongining  paydo  bo’lishi  va  taraqqiyot  bosqichlari 
masalalarini o’rganadi. 
XX asr boshlariga kelib barcha fanlar uchun bo’lganidek, psixologiya fanining taraqqiyoti uchun 
ham  keng  yo’l  ochib  berildi.  Biz  XX  asr  psixologiyasini  taraqqiyot  nuqtai  nazaridan  quyidagicha 
davrlashtirishni maqsadga muvofiq deb topdik. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish