Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

2. 
 
30-yillar  psixologiyasi  -  bu  yillar  psixologiyasi  mashhur  rus  psixologlari  L.S.Vigotskiy, 
P.P.Blonskiy  va  I.P.Pavlovlar  nomi  bilan  bog’liqdir.  Bu  davrda  umumiy  psixologiya,  bolalar 
psixologiyasi va pedagogik psixologiya sohasida bir qancha muhim tadqiqotlar vujudga keldi. 
L.S.Vigotskiy  (1896-1934)  umumiy,  bolalar  va  pedagogik  psixologiya  bo’yicha  bir  qancha 
tadqiqotlar  olib  bordi.  1917  yilda  Moskva  universitetining  tarix-filosofiya  fakultetini  tamomlagach, 
Gomelda  ilmiy-pedagogik  faoliyatini  boshlaydi.  A.S.Vigotskiy  1924  yilda  MGUga  ishga  chaqiriladi, 
shunday so’ng psixologiya institutida, N.K.Krupskaya nomidagi tarbiya Akademiyasida ishlaydi. Ana 
shu davrda uning psixologik tadqiqotlar olib borish sohasidagi faoliyati boshlanadi. 
Odamda oliy nerv psixik funksiyalarining paydo bo’lishi, psixik jarayonlarni o’rganish usullari, 
odam  ongining  ijtimoiy-tarixiy  mohiyati,  logik  xotira,  ixtiyoriy  diqqat,  tushuncha  va  tafakkurga  oid 
fikrlari 30-yillar psixologiyasida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 
L.S.Vigotskiyning  “Tanlangan  psixologik  tadqiqotlar”  (Moskva,  1966),  “Yuqori  psixik 
funksiyalar  taraqqiyoti”  (  Moskva,  1960)  kabi  asarlari  30-yillar  psixologiyasiga  qo’shilgan  munosib 
hissadir. 
Ivan  Petrovich  Pavlov  (1849-1936)  mashhur  rus  fiziolog-psixolog  olimidir.  I.P.Pavlov  birinchi 
bo’lib oliy nerv faoliyatining qonuniyatlari haqidagi ta’limotni yaratdi. 
Ryazandagi  diniy  bilim  yurtini  1864  yilda  tamomlab,  seminariyada  o’qishni  davom  ettirishga 
kirishgan  I.P.Pavlovni  seminariya  ta’limi  qiziqtirmaydi.  Shundan  so’ng  I.P.Pavlov  Peterburg 
universitetiga  o’qishga  kiradi.  U  universitetda  a’lo  baholarga  o’qish  bilan  birga  ilmiy  ish  ham  olib 
boradi.  I.P.Pavlov  1874  yilda  universitetni  oltin  medal  bilan  tugatgach,  medisina-xirurgiya 
akademiyasining  uchinchi  kursidan  o’qishni  davom  ettiradi.  Akademiyada  o’qish  davomida  10  dan 
ortiq ilmiy asar yaratadi. Bu asarlari uchun ham u oltin medal bilan mukofotlanadi. 
I.P.Pavlov  1879  yilda  o’qishni  a’lo  baholar  bilan  tugatib,  professor  S.P.Botkin  laboratoriyasida 
ishlaydi va 1883 yilda medisina fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya yoqlaydi. 1890 
yilda akademiyaning professor lavozimiga ko’tariladi va 1891 yildan boshlab eksperimental medisina 
institutining fiziologiya bo’limini boshqaradi. 
I.P.Pavlovning 1904 yilda ovqat hazm qilish organlari sohasidagi tadqiqotlari Nobel mukofotini 
oladi.  Shundan  so’ng  I.P.Pavlov  keng  shuhrat  qozona  boshlaydi.  1913  yilda  uning  tashabbusi  bilan 
oliy nerv faoliyatini o’rganish uchun eksperimayental medisina instituti qoshida maxsus bino quriladi 
va bu yerda maxsus kameralarda shartli reflekslar o’rganila boshlaydi. 
I.P.Pavlov rahbarligida 1921 yilda Leningrad  yaqinidagi Koltushi (hozirgi Pavlovo) qishlog’ida 
biologik  stansiya  qurildi.  Keyinchalik  bu  stansiya  psixologik  tadqiqotlarning  ilmiy  markaziga 
aylantirildi. 
Akademik  I.P.Pavlov  umrining  oxirigacha  eksperimental  medisina  laboratoriyasi  va  Koltushi 
qishlog’idagi biologik stansiyaga rahbarlik qildi. 
Shunday  qilib,  akademik  I.P.Pavlov  va  uning  shogirdlari  tomonidan  olib  borilgan  psixologik 
tadqiqotlar 30-yillar psixologiyasi taraqqiyotida muhim o’rin egalladi va bu davrga kelib psixologiya 
fani o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko’tarildi. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish